Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.34K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.73K links
Download Telegram
🇺🇿 #Xabarlar #Korrupsiyaga_Qarshi_Kurash

Korrupsiya - jamiyat rivojiga to'siq


Sergeli tumani hokimligining faollar zalida, bugun, 6-dekabr kuni, korrupsiya holatlarining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🖋 Seminarda Sergeli tumani hokimi E.Shukurov, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati B.Rasulev hamda hokimlik apparat xodimlari, tuman prokuraturasi mas’ullari, tuman IIO FMB mas’ul xodimlari, tuman adliya bo‘limi xodimlari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, tumandagi korxona tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Hozirgi davrda korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadlariga faqat tashkiliy-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. O‘ylaymizki, jamiyat kushandasi bo‘lgan ushbu illatga qarshi kurashda nafaqat davlat tashkilotlari, balki, jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz mas’uldir.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

"Korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat"

Bugun Sergeli tuman hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi, tuman hokimligi xodimlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilari, xotin-qizlar faollari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tumanda sodir bo‘lgan korrupsiya holati, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish holatlari chuqur tahlil qilindi va ishtirokchilarining savollariga batafsil javob olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

"Korrupsiya jamiyatni turli yo'llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illat"

Bugun Sergeli tuman hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi mas’ul xodimi, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi raisi o'rinbosari, Turon Fanlar Akademiyasi Akademigi T.Matibayev, tuman hokimligi xodimlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchilari, xotin-qizlar faollari va mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarorining mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tumanda sodir bo‘lgan korrupsiya holati, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish holatlari chuqur tahlil qilindi va ishtirokchilarining savollariga batafsil javob olindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM