Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi
Sergeli tuman hokimligi binosida tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qabuldan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish va aholining hayot sifatini oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Hokim tomonidan har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va muammolarni imkon qadar tez hal qilish uchun kerakli topshiriqlar berildi.
___
В здании хокимията района Сергели прошел очередной прием граждан, организованный под руководством хокима района Элбека Шукурова.
Основной целью мероприятия было решение насущных проблем граждан и принятие мер для улучшения качества жизни населения. Хоким дал указания ответственным специалистам для скорейшего разрешения каждого вопроса и выполнения соответствующих поручений.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasi aholisi uchun yangi yo‘l qurilib, asfaltlandi
Sergeli tumani "Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasi aholisi uchun muhim bo‘lgan yo‘l qurilishi yakunlandi. ilgari vaqtinchalik foydalanilgan yo‘l o‘rniga yangi asfalt yo‘li yotqizildi.
Mazkur yo‘l "Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasidan "Yuqori darxon" mahallasidagi 76-sonli maktabga borish uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Ilgari bu hududda doimiy yo‘l mavjud bo‘lmaganligi sababli, o‘quvchilar va mahalla aholisi noqulayliklarga duch kelayotgan edi. Hozirda yangi yo‘l qurilishi va asfaltlash ishlari to‘liq yakunlanib, xavfsiz va qulay harakatlanish imkoni yaratildi.
Ushbu yo‘l aholining talab va murojaatlari asosida qurilib, u yerda yashovchi fuqarolar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun katta qulaylik yaratdi. Bundan tashqari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida ham qo‘shimcha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 284-maktabda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan "Yosh jurnalistlar klubi" ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida Oliy Majlis deputati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kecha Sergeli tumani 7-sonli umumta’lim maktabida Oliy Majlis deputati V. Fayzieva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Deputat aholi tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va mazmunli o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim, ijtimoiy masalalar va mahalliy muammolar muhokama qilindi. Deputat aholini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tumandagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda
Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy qurilmalar ko‘p hollarda piyodalar yo‘laklarini egallab, transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, tegishli idoralar tomonidan ushbu obyektlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish va qonuniy chora ko‘rish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida Sergeli tumanining umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, hudud obodonligi yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, aholining yashash joylarida tirbandliklar kamayib, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.
Tadbirkorlar va aholini qonuniy me’yorlarga rioya qilishga chaqirib, barcha qurilish va tadbirkorlik faoliyatlari belgilangan tartibda olib borilishi lozimligini eslatib o'tamiiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy liboslar – millat ko‘rki!
Mustaqil O‘zbekistonimiz, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Yaxshi xulq va barkamol axloqning shakllanishida "Vatan" deb ataluvchi muqaddas maskan bilan uning jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi va ko‘z ochgan buloqlari bilan hamnafas bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqib, milliy urf-odat va an’analarni yoshlar ongiga singdirish, axloqiy fazilatlarni millat ravnaqi uchun xizmat qildirish, yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu qadriyatlarga mas’uliyat hissini uyg‘otish maqsadida Toshkent Amaliy fanlar universitetida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz – Giyohvandlikka qarshimiz!
Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi.
Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga va oilasiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 301-umumtaʼlim maktabida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi rahbari G.Xudayberganova, Tuman vrach-narkologi V.Davronov ishtirokida maktabning 9-11-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga jalb qilish maqsadida tumandagi «Madadkor» mahallasida "Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik" shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yarmarkada Toshkent shahridagi 12 ta tumandagi 24 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 11-sonli Oilaviy poliklinika, "Barakat Alfa" MChJ, Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, "Uztex" MChJ, "Jetaur" avtosaloni, 10-sonli Oilaviy poliklinika kabi tashkilotlar jami 45 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Natijada, 27 nafar xotin-qizga ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish borasida yo‘llanmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahalladagi ishlar bilan tanishdi
Sergeli tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari "Daryo bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar hamda ijtimoiy yordam mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM