#Qor_tozlash_ishlari_davom_etmoqda
#BSK
#Mahalla
Tumanda qorli ob-havoda obodonlashtirish va xavfsizlik ishlari samarali tashkil etilmoqda
Tuman hokimligi fuqarolardan qishki mavsumda ehtiyotkorlikni oshirish hamda ijtimoiy tartib-qoidalarni rioya qilishni so‘raydi.
___
Районный хокимият призывает граждан быть осторожными в зимний период и соблюдать общественный порядок.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergelida Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Sergeli tumani Ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan Amaliy fanlar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimiz Konstitutsiyasining ahamiyati, asosiy tamoyillari va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini ta'minlashdagi o‘rni keng yoritildi. Unda davlat idoralari vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Mazkur tadbir davomida 16 yoshga to‘lgan yoshlarga tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportlari topshirildi. Ushbu marosim yoshlar hayotidagi unutilmas lahzalardan biri bo‘lib, ular davlatning to‘laqonli fuqarosi sifatida o‘z huquq va burchlarini anglashga undaydi.
Tadbir yakunida Konstitutsiyamizning 32 yilligi mamlakatimizda adolatli, demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanligi qayd etilib, bu kun har bir fuqaroga faxr va mas’uliyat tuyg‘usini uyg‘otishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda fuqarolik ongini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida urg‘u berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz Konstitutsiyasi nafaqat huquqiy hujjat, balki davlatimiz mustaqilligi va fuqarolar erkinligini ta'minlovchi poydevor sanaladi. Jamoa o‘z faoliyati davomida adolat, tenglik va demokratik qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlab, yosh avlodga huquqiy madaniyatni singdirish borasida alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Tadbir davomida Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti N.Xodjayeva boshchiligidagi universitet jamoasi Konstitutsiyamizning har bir bandida mujassam bo‘lgan qadriyatlarni targ‘ib etish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda jamiyatda fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ular yoshlarni huquqiy bilimga ega, ongli va faol fuqarolar sifatida shakllantirish uchun yangi tashabbuslarni amalga oshirishni maqsad qilishdi.
Davlatimizning bosh qomusiga hurmat va ehtirom ko‘rsatgan holda, barchani qonunlarga rioya qilishga, huquqiy savodxonlikni oshirishga va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida birdamlik bilan harakat qilishga chorlab qolamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10 Dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!
Bugun yuragimizda yurtimizga bo‘lgan cheksiz muhabbatni uyg‘otuvchi, erkin va mustaqil Vatanimizning faxr va iftixorini ulug‘lovchi kun. 10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun!
Madhiyamiz – bu xalqimizning o‘ziga xos timsoli, mustaqilligimizning ramzi, ona zaminimizning ulug‘vorligini tarannum etuvchi qo‘shiqdir. U har birimizni yurtimizga mehr-muhabbat bilan xizmat qilishga, ezgu amallar bilan o‘z hissamizni qo‘shishga undaydi.
Keling, bugun Vatanimiz madhiyasini qalbimizda yangratib, bu aziz zamin uchun doimo g‘ururlanishimizni bir bor eslaylik! Har bir yurak urishida “O‘zbekiston” nomini yashnatish nasib qilsin!
#OzbekistonMadhiyasiKuni #10Dekabr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahallalarda gaz ta'minoti yaxshilanmoqda!
Hozirda "Ko'hna qumariq" mahallasida, Sergeli tumani gaz ta'minoti xodimlari tomonidan qishki mavsumga tayyorgarlik doirasida gaz bosimi yaxshilanishi bo‘yicha keng ko‘lamli ta'mirlash va sozlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar mahallamiz aholisining gazdan foydalanish sharoitlarini yanada yaxshilash, qish kunlarida issiq va xavfsiz gaz ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, gaz ta'minotini barqarorlashtirish uchun barcha texnik jihatlar, jumladan, tarmoqning holati va bosimni nazorat qilish tizimlari yangilanmoqda. Xodimlarimiz tomonidan olib borilayotgan bu ishlar, ayniqsa, sovuq qish kunlarida mahalla ahlini qulay gaz ta'minoti bilan ta'minlashga qaratilgan.
Tuman bo'ylab bu kabi yangiliklar va yangilanishlarni kuzatib borishda davom eting!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Gaz ta'minoti xavfsizligini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda
So'nggi yillarda gaz ta'minoti sohasida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yangi standartlar va me'yorlar joriy etilmoqda. Gaz tarmog‘ining xavfsizligini oshirish, potentsial halokatlarni oldini olish va gazdan foydalanishni yanada xavfsiz qilish uchun mamlakatimizda ko'plab yangilanishlar amalga oshirilmoqda.
Gaz tarmog‘ida o‘rnatilgan asbob-uskunalar va qurilmalarning xavfsizlik talablariga mosligi, gaz bosimini boshqarish tizimlarining samaradorligi, shuningdek, gaz sizib chiqishiga qarshi tizimlarning mavjudligi qat'iy nazorat qilinadi. Yangi qoidalar asosida tarmoqni modernizatsiya qilish, tarmoqdagi teshiklar va buzilishlarni aniqlash tizimlarini kuchaytirish va xavfli holatlar yuzaga kelganda tezkor javob berish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Bundan tashqari, aholi o'rtasida xavfsizlik bo'yicha tushuntirish ishlari ham kengaytirilmoqda. Gazdan foydalanishda xavfsizlikni ta'minlash uchun aholiga o'quv mashg'ulotlari o'tkazilib, ularning to'g'ri ishlatish tartibi va ehtiyotkorlik choralarini bilishlari ta'minlanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Yangihayot tumanida idora va tashkilot xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha hududiy bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 45 yoshgacha bo‘lgan xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.
Turnir davomida jamoalar qizg‘in bahs olib borib, tomoshabinlarga hayajonli va raqobatga boy o‘yinlarni namoyish etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
Musobaqa so‘nggida g‘olib jamoalar maxsus sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi. Turnir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Sergeli tuman hokimligi majlislar zalida 2024-2025-yillar qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish, energetika, kommunal va ijtimoiy soha obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yirik avariyalarning oldini olish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sektor rahbarlari, tegishli idoralar mas’ullari va kommunal xizmat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ijtimoiy obyektlarning isitish tizimlarini mavsumga tayyorlash, elektr va issiqlik ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mas’ullarga favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish uchun shtablar faoliyatini kuchaytirish va barcha xizmatlarni shay holatga keltirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish: Sergeli tumanida amalga oshirilgan ishlar
2024-yil 7-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatda xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu qaror ijrosi doirasida Sergeli tumanida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, «Jo‘nariq» mahallasida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan S. Umrzoqova hamda «Yuqori Darxon» mahallasida qandolatchilik bilan shug‘ullanayotgan M. Sharipovaning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganilib, ularga zarur ko‘mak va maslahatlar berildi. Ushbu faoliyatlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, balki hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tumandagi boshqa xotin-qizlarning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga ko‘mak berish maqsadida turli seminarlar, moliyaviy ko‘mak dasturlari hamda malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. Bunday sa’y-harakatlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanidagi maktablarda ta’lim sifati va kitobxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda
Bugun Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 7-sonli va 351-sonli umumta’lim maktablari hamkorligida ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning bilim va ma’naviy kamolotini boyitishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida mehmonlar maktab hayoti, o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Ular maktab ma’muriyati, pedagoglar jamoasi va o‘quvchilar bilan muloqot qilib, kitobxonlik madaniyatini oshirishning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Tashrif chog‘ida “Bilganlarimizning cheki bor, bilmaganlarimizning cheki yo‘q. Bilmagan narsalarimizni o‘qib o‘rganishimiz va o‘zaro tajriba almashishimiz kerak” degan fikrlar ustozlar va o‘quvchilar bilan ochiq muloqotda alohida ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM