Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.8K subscribers
37.9K photos
3.39K videos
20 files
9.55K links
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

"Yutong" rusumli elektrobus ishtirokida sodir bo’lgan yo'l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 19-fevral kuni soat 14:05 larda, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, saroy raqami 153-bo'lgan, 40-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q (staji 33yil) boshqaruvidagi elektrobus, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi bo'ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko’ra qon bosimining oshganligi sababli boshqaruvni yo'qotib yo'l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan. Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo'q. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan qo’shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

📝Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani "Bunyodobod" MFY Sergeli 6a ichki ko'chalarda piyodalar yo’lagi yo’qligi haqida ma'lumot e'lon qilingan edi.

✔️O'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, "Bunyodobod" 6a-mavzesi ichki ko'chalarida piyodalar yo’lagi yo’qligi bo’yicha mazkur massiv 2017-yil "Arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish davlat dasturi" doirasida bosh planga asosan qurilish ishlari amalga oshirilgan.
32 avtobus to’xtash joyi oldidagi noqonuniy savdo do’koni bo’yicha Sergeli tuman kadastr agentligi mas'ul xodimlari tomonidan yer nazorati ishlari olib borildi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan "Roziya-Umar Invest Group" mas’uliyati cheklangan jamiyati zimmasiga qaror qonuniy kuchga kirganidan so‘ng 15 kun muddatda Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli 6A-mevzesi, 18-uy ro‘parasida joylashgan, 14 kv.m o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi shuningdek noqonuniy qurilgan 14 kv.m qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etish majburiyati yuklatilgan va Bosh Prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi tomondan ijroga qaratilganligini ma’lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

✔️ Sergeli tumanida sodir boʻlgan yongʻin haqida maʼlumot.

Bugun, 5-aprelda Toshkent shahar Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot tarqaldi.

Zudlik bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar berilib, soat 12:43 da yong‘in o‘chirildi.
Yong‘in natijasida 20 kv.m. maydonda qurilish chiqindilari yongan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.


Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali “3 yil boʻldi domga koʻchib kelganimizga, lekin haligacha kadastri yoʻq” degan sarlavxada xabar tarqaldi.

Yuqoridagi xabarlar yuzasidan Sergeli tuman hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Sergeli tumani, “Quruvchilar” MFY hududida "PSK-2" MCHJ tomonidan 2018-2020-yillar davomida ko'p qavatli turar joylar qurish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur MCHJning bank bilan bog'liq qarzdorligi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Holat yuzasidan “PSK-2” MCHJga xonadonlar uchun umumiy toʻlov qilgan fuqarolar 56 nafar boʻlib, shundan Sud hukmiga koʻra, xonadonlar uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgan 21 nafar fuqarolar hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng, qolgan 21 nafar fuqarolar yaʼni, xonadonlar uchun toʻlovlarni qisman toʻlaganlar, ushbu toʻlovlar ular tomonidan toʻliq amalga oshirilgandan soʻng, kadastr idorasiga qoʻyilgan taʼqiqlarni bekor qilib, mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati yuklatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, dastlabki tergov va sud jarayonlarida murojaat qilmagan 14 nafar fuqarolarga Sergeli tuman IIO FMB TBda jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 228-moddalari bilan alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, jabrlanuvchi fuqarolar belgilangan tartibda Sergeli tuman IIO FMB TB ga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali Sergelidagi kafedan ko'p miqdorda tutun chiqayotgani aks etgan video tarqaldi.

Sergeli tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan zudlik bn joyiga chiqib vaziyat o'rganildi. O'rganish natijasida "Sof" kafesining dudbo'ron ichidagi yog'lari erib, qizishi natijasida oshxonaning katta yo'l tarafi 0,5 kv.m qismida kichik yong'in yuz bergan hamda tezlik bilan yong'in o'chirilganligi aniqlandi.

Mazkur holat oqibatida hech kimga zarar yetmagan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Bugungi kunda Sergeli tuman hokimligiga “SERGELI CITY” turar-joy obyekti, manzili, narxi yuzasidan fuqarolar tomonidan koʻplab murojaat va savollar kelib tushmoqda.

✔️Yuqoridagilardan kelib chiqib, “SERGELI CITY” koʻp qavatli turar-joy obyekti loyihasi Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashmaganligini, ushbu xususiy koʻp qavatli turar-joy obyekti Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani hududida joylashganligini maʼlum  qilamiz. 

Oʻz navbatida fuqarolardan xususiy uy-joy sotib olishda aldanib qolmasliklarini, tasdiqlangan kadastr pasportiga ega boʻlgan uylarni xarid qilishlarini tavsiya etamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Sergeli tumani, "Qo'shqo'rg'on" MFY hududiga sanoat zonasi qurilishi yuzasidan xabarlar e'lon qilindi.

✔️ Sergeli tumani hokimligi shuni ma'lum qiladiki, hozirgi kunda "Qo'shqo'rg'on" mahallasida hech qanday sanoat zonasi qurilishi rejalashtirilmagan. O'tgan yilda shu haqidagi fikr va g'oyalar rad etilgan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani "Mirzo Tursunzoda" va "Mehrigiyo" koʻchalari kesishmasida qurilayotgan “Madadkor” MFY markazi haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli Farmoniga asosan, mahallalarni qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan shaxslar faoliyatini va hamkorligini samarali taʼminlash maqsadida “mahalla yettiligi” faoliyatini tashkil etilishi belgilangan.
Mazkur qaror asosida mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “mahalla yettiligi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Qaror ijrosi boʻyicha birinchi navbatda “mahalla yettiligi” faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zarur bino va moddiy texnik bazasi bilan taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida, jumladan, Sergeli tumanidagi barcha MFY binolari xatlovdan oʻtkazildi. Moslashgan binolarda joylashgan mahallalar, shuningdek, “mahalla yettiligi” oʻz faoliyatini toʻlaqonli amalga oshirish uchun sharoit boʻlmagan
7 ta MFY binolari roʻyxati shakllantirilib,
mazkur mahallalarda “mahalla yettiligi”ga zarur sharoit yaratish va zamonaviy “mahalla markazlari”ni barpo etish belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-yanvardagi tegishli qaror asosida mazkur 7 ta mahalla, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan hududda “Madadkor” mahalla fuqarolari yigʻini markazi barpo etilmoqda. Mazkur obyektda kelajakda mahalla idorasi, aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha xizmat koʻrsatish obyektlari va yoshlarni taʼlimga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻquv markazlari tashkil etiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda,  Sergeli tumanida joylashgan “Sariq Bola Pizza” ovqatlanish maskani tomonidan, shu yilning 2-iyun kuni soat 19:00da, “1-iyun – Bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan, mazkur ovqatlanish maskani tomonidan, “…pissa harid qilgan mijozlarga aksiya doirasida bepul oʻyinchoqlar tarqatiladi…” degan xabar berilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sergeli tuman hokimligi shuni maʼlum qiladiki, ommaviy tadbirlarni oʻtkazish tartib-qoidalariga muvofiq, mazkur aksiyani oʻtkazish bekor qilindi, shuningdek fuqarolarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, holatni toʻgʻri tushunishingizga umid qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq sahifasida "Sergeli tumani, "Jaloyir" ko'chasida Gastronomik ko'cha tashkil etilishida yo'l yoqasidan ariqlar kovlanib, daraxtlar tomiriga zarar yetkazildi" mazmunida xabarlar tarqaldi.

✔️ Sergeli tumani hokimligi shuni ma'lum qiladiki, hozirgi kunda "24/7 Gastronomik ko'cha" tashkil etilishi munosabati bilan Sug'diyona va Jaloyir ko'chasida qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Kuni kecha, "Jaloyir" ko'chasining yo'l yoqasidagi avval mavjud bo'lgan eski ariqlar lotoklari olib tashlanib, endilikda mazkur manzilda "Yashil hudud" tashkil etilib, yangi lotoklar yo'lning qismiga ya'ni daraxtlardan uzoqroq masofada joylashtirilishi ko'zda tutilgan.

Ta'kidlab o'tish joizki, mazkur ko'chalarda daraxtlarga zarar yetkazuvchi hech qanday qazish ishlari olib borilmagan.


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Daryo bo'yi" MFY raisi saylovi yuzasidan tanqidiy material e'lon qilindi.

Sergeli tumani hokimligi ishchi guruhi tomonidan o'rganilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Daryo bo'yi" MFY raisi lavozimi vakant bo'lganligi sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 16-martdagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-320-IV sonli qaroriga asosan, joriy yilning 29-sentabr kuni “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi vakillar ishtirokida oʻtkazilgan saylov natijalariga koʻra, Xudoyorov Erkin Ochilovich 83 foiz ovoz toʻplab “Daryo bo'yi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi etib saylanganligini hamda noqonuniy holatlar aniqlanmaganligini maʼlum qilamiz.

📌Mahalla fuqarolari yig’ini raisi, hududdagi aholining ochiq, muqobillik va shaffof tarzda, saylovga kelib ishtirok etgan hamda saylovga kela olmagan yotoqli fuqarolarning komissiya a'zolari tomonidan xonadonlariga borib yig'ilgan ovozlarining natijasiga ko‘ra saylanganini, va shuningdek noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, mazkur mahalla raisligi uchun qayta saylov o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Gazeta.uz internet nashrida Sergeli tumani, “Sugʻdiyona” mahallasi hududida tashkil etilayotgan 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik va turizm koʻchasiga oid maqola eʼlon qilindi.
Unga koʻra, asosiy yoʻlning transport qatnoviga moʻljallangan qismini bir tomonlama yoʻlga qisqarishi oqibatida ushbu yoʻlda va  mahallaning ichki koʻchalarida tirbandliklar yuzaga kelishi boʻyicha taxminlar ilgari surilgan.

Mazkur holatga aniqlik kiritadigan boʻlsak, joriy yilda umumiy uzunligi 1,3 km ni tashkil etuvchi gastronomik va turizm koʻchasi tashkil etilib, aholini madaniy xordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish, bundan tashqari, 45 ta tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Buning hisobiga, mazkur koʻchada 300 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratiladi va yiliga 4 mlrd. soʻmdan ortiq budjet tushumlari tushishi taʼminlanib, toʻliqligicha ijtimoiy sohaga, xususan, taʼlim va tibbiyot yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Mazkur koʻchani master rejasini ishlab chiqish jarayonida keng jamoatchilik fikri, shuningdek, aholining takliflari ham inobatga olingan. Kuni kecha Gazeta.uz internet nashrida keltirilgan holatlar ham tahlil qilinganligi va bundan kelib chiqib, loyihaga tegishli qoʻshimchalar kiritilayotganligini  maʼlum qilamiz.

❗️Ushbu koʻchada eng asosiy jihat sifatida piyodalar xavfsizligini taʼminlash, hududni toʻlaqonli yashil va zamonaviy saylgoh koʻrinishiga olib kelinishiga ahamiyat qaratilmoqda.
Mahallaning ichki koʻchalaridagi transport oqimi va jadalligini oʻrnatilgan tartibda barqarorlashtirish maqsadida 1,3 km. uzunlikdagi koʻchaning faqatgina 400 metr qismini bir tomonlama qatnov yoʻnalishida tashkil etish, qolgan asosiy koʻchalarni oʻzgarishsiz qoldirish koʻzda tutilmoqda.
Bundan tashqari, transport oqimini samarali boshqarish maqsadida yoʻllarning qatnov qismidagi oʻzgarishlarni inobatga olib, 24/7 rejimda ishlaydigan gastronomik va turizm koʻchasiga tutash boʻlgan 4 ta asosiy chorraha svetoforlari boʻyicha harakatlanish vaqti oraliqlari qayta koʻrib chiqiladi. Natijada, nafaqat asosiy koʻchada, tumanning tutash boshqa koʻchalarida ham transport oqimi tartibga solinadi.

📌Mazkur koʻchaning asosiy qatnov qismi joriy yilning 1-noyabr kunidan foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Sergeli tuman hokimiyati tomonidan ushbu koʻchani aholi uchun yanada qulay va jozibador koʻrinishga keltirish boʻyicha keng jamoatchilik, xususan OAV takliflarini inobatga olishga va joriy etishga tayyorligi maʼlum qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun fuqarolardan yana bir bor uzr soʻraymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Rasmiy_munosabat

Sergeli tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Habibiy" mahallasidagi "Simple Town" ko‘p qavatli turar-joy majmuasiga oid xabarlar yuzasidan shuni ma'lum qiladiki,

"Simple Town" turar-joy majmuasida qurilish ishlari yakunlanib, fuqarolar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xonadonlarni topshirish 2024-yil dekabr oyi oxirigacha rejalashtirilgan. Ayni paytda 20 ta xonadonning uy egalari o‘z xonadonlariga ta'mirlash ishlari maqsadida kirib, yashab kelmoqda.

Mazkur ko‘p qavatli uyning kadastr hujjatlari hozirda quruvchi tashkilot tomonidan 2024-yil dekabr oyi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Kadastr hujjatlari to‘liq shakllantirilgandan so‘ng, gaz tarmog‘iga ulash ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

Shu bilan birga, Sergeli tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mazkur masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Sergeli tumani hokimligi mazkur masalani o‘z nazoratiga olgan bo‘lib, quruvchi tashkilot bilan hamkorlikda barcha hujjatlarni tayyorlash va kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tushirish jarayonlari jadallashtirilmoqda.

Fuqarolarimizdan rasmiy manbalarga ishonishlarini so‘raymiz. Har qanday qo‘shimcha savollar yuzasidan Sergeli tumani hokimligi yoki quruvchi tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin.

Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM