Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.28K subscribers
38.4K photos
3.45K videos
20 files
9.74K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

"Juma ma’naviyat kuni" doirasida Botirjon Ergashev bilan ijodiy uchrashuv

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi va Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Sergeli tumani 317-IDUMda “Juma ma’naviyat kuni” doirasida “Mendirman o‘sha she’ri yaralish tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirga shoir, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning mashhur qo‘shiqlar muallifi, taniqli jamoat arbobi Botirjon Ergashev tashrif buyurdi.

Uchrashuvda o‘quvchilar taniqli shoirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qimmatli javoblar olishdi. Tadbir yakunida mehmon o‘quvchi yoshlarga esdalik sovg‘alarini ulashdi. Mazkur davra suhbati nafaqat ijodiy ilhom, balki ma’naviy ozuqa ham bag‘ishladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanidagi kanallar tozalandi va tartibga keltirildi


Sergeli tumani hududidagi "Yuqori darxon" hamda "Junariq" mahallalaridan oqib o'tuvchi kanal kanallar boshqarmasi xodimlari tomonidan tozalanib, tartibga keltirildi. Ushbu ishlar hudud aholisi uchun qulaylik yaratish va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Tozalash jarayonida kanallarning suvoqava o'tkazuvchanligini oshirish, ularni atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan holatga keltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shu kabi tozalash va obodonlashtirish ishlari tumanning boshqa hududlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida kamondan otish bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyuldagi “Kamondan otish sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Sergeli tumanida mahalla yoshlarining ishtirokida kamondan otish sport turi bo‘yicha tuman bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish qilib, ushbu sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ushbu tadbir sportning ommalashuvi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Hokim_qabuli

Tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi

Sergeli tuman hokimligi binosida tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.


🔍Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlardagi muammolari har tomonlama o‘rganildi.

Mazkur qabuldan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish va aholining hayot sifatini oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Hokim tomonidan har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va muammolarni imkon qadar tez hal qilish uchun kerakli topshiriqlar berildi.

📌Bu kabi qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda ularning muammolariga yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
___

В здании хокимията района Сергели прошел очередной прием граждан, организованный под руководством хокима района Элбека Шукурова.

🔍В ходе приема было рассмотрено более 30 обращений граждан, касающихся таких вопросов, как жилье, занятость, социальная защита, образование и здравоохранение. Все эти проблемы были детально проанализированы.

Основной целью мероприятия было решение насущных проблем граждан и принятие мер для улучшения качества жизни населения. Хоким дал указания ответственным специалистам для скорейшего разрешения каждого вопроса и выполнения соответствующих поручений.

📌Такие приемы являются важным шагом в установлении открытого диалога с гражданами и в поиске эффективных решений их проблем.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar

"Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasi aholisi uchun yangi yo‘l qurilib, asfaltlandi

Sergeli tumani "Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasi aholisi uchun muhim bo‘lgan yo‘l qurilishi yakunlandi. ilgari vaqtinchalik foydalanilgan yo‘l o‘rniga yangi asfalt yo‘li yotqizildi.

Mazkur yo‘l "Yangi qo‘shnilar" turar-joy majmuasidan "Yuqori darxon" mahallasidagi 76-sonli maktabga borish uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Ilgari bu hududda doimiy yo‘l mavjud bo‘lmaganligi sababli, o‘quvchilar va mahalla aholisi noqulayliklarga duch kelayotgan edi. Hozirda yangi yo‘l qurilishi va asfaltlash ishlari to‘liq yakunlanib, xavfsiz va qulay harakatlanish imkoni yaratildi.

Ushbu yo‘l aholining talab va murojaatlari asosida qurilib, u yerda yashovchi fuqarolar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari uchun katta qulaylik yaratdi. Bundan tashqari, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida ham qo‘shimcha ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

📢 "Yosh jurnalistlar klubi" loyihasi start oldi!

Bugun 284-maktabda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan "Yosh jurnalistlar klubi" ning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📍Tadbirda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi rahbari G.Xudayberganova, tuman Axborot xizmati rahbari Sh.Ibrohimova, tuman ta'lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha bosh mutaxassis G.Ro'ziyeva, Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universiteti talabasi Z.Mardiyeva ishtirok etishdi. Tadbir davomida klub a’zolari jurnalistika sohasining asosiy yo‘nalishlari, intervyu va reportaj tayyorlash sir-asrorlari bilan tanishishdi. Shuningdek, kelgusida mashhur jurnalistlar va blogerlar ishtirokida qiziqarli muloqot o‘tkazilishi rejalashtirildi.

📝 Klub a’zolari bundan keyin ham turli amaliy mashg‘ulotlar, master-klasslar va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🎤 Bugungi uchrashuvda jurnalistikaga qiziquvchi yoshlarning faol ishtiroki va kuchli motivatsiyasi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Bu klub kelajakda iqtidorli jurnalistlarning shakllanishida muhim bosqich bo‘lishiga ishonamiz!

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida Oliy Majlis deputati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kecha Sergeli tumani 7-sonli umumta’lim maktabida Oliy Majlis deputati V. Fayzieva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Deputat aholi tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va mazmunli o‘tdi.

Uchrashuvda ta’lim, ijtimoiy masalalar va mahalliy muammolar muhokama qilindi. Deputat aholini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi.

✍️ Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Tumandagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda

🔼Sergeli tumani hokimligi vakillari tomonidan tuman bo‘ylab noqonuniy qurilmalar aniqlanib, ularni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy qurilmalar ko‘p hollarda piyodalar yo‘laklarini egallab, transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, tegishli idoralar tomonidan ushbu obyektlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish va qonuniy chora ko‘rish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar natijasida Sergeli tumanining umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, hudud obodonligi yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, aholining yashash joylarida tirbandliklar kamayib, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.

Tadbirkorlar va aholini qonuniy me’yorlarga rioya qilishga chaqirib, barcha qurilish va tadbirkorlik faoliyatlari belgilangan tartibda olib borilishi lozimligini eslatib o'tamiiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Milliy liboslar – millat ko‘rki!

Mustaqil O‘zbekistonimiz, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Yaxshi xulq va barkamol axloqning shakllanishida "Vatan" deb ataluvchi muqaddas maskan bilan uning jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi va ko‘z ochgan buloqlari bilan hamnafas bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqib, milliy urf-odat va an’analarni yoshlar ongiga singdirish, axloqiy fazilatlarni millat ravnaqi uchun xizmat qildirish, yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu qadriyatlarga mas’uliyat hissini uyg‘otish maqsadida Toshkent Amaliy fanlar universitetida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Biz – Giyohvandlikka qarshimiz!


Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi.
Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga va oilasiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 301-umumtaʼlim maktabida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi rahbari G.Xudayberganova, Tuman vrach-narkologi V.Davronov ishtirokida maktabning 9-11-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM