🇺🇿 #Yoshlar_bilan_uchrashuv#Prokuratura▶️ Bugun Toshkent shahar prokurori hamda tuman hokimining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
🔼Sergeli tumani aholisi uchun Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashev hamda tuman hokimi Elbek Shukurov ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuvda 19 nafar yoshlarning murojaatlari, muammo va takliflari ko'rib chiqildi. Murajaatlar asosan kredit ajratish, probatsiya hisobidan yechish, aliment undirish, tadbirkor faoliyati uchun kredit ajratish yuzasidan kelib tushdi. Masalalar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.
➡️ Shuningdek,
uchrashuv davomida
3 nafar tumanda eng faol bo'lgan yoshlar yetakchilariga Toshkent shahar prokurorining
estalik sovg'alari,
7 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga
"Yoshlar daftari"dan kontrakt to'lovining 50% qismi to'lab berilishi bo'yicha sertifikatlar hamda
5 nafar yoshlarga o'zini o'zi band qilib,
tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun asbob-uskunalar ajratildi.✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube