#Navróz_ayyomi
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
HURMATLI SERGELI TUMANI AHOLISI, AZIZ YURTDOSHLAR!
Jonajon yurtimizga yasharish, bahor va go‘zallik bayrami – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.
Ana shu qutlug‘ ayyom – Sharqona yangi yil bilan siz, muhtaram otaxon va onaxonlarni, munis opa-singillarimiz, do'st-u birodarlarimizni va butun xalqimizni chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.
Navro‘z qadriyatlari – odamlarning dard-u tashvishi bilan yashash, keksalarga hurmat, muhtoj insonlarga e’tibor va yordam ko‘rsatish kabi yaxshiliklarni ifodalaydi.
Tumanimizdagi bayram tantanalarida ham xalqimiz naqadar samimiy va betakror urf-odatlarga, beqiyos an'analar egasi ekanligiga yana bir bor amin bo'ldim. Sizlarning quvonchingiz, tabassum va rozilik kayfiyatingizdan juda katta kuch oldik va shijoat bilan xizmat qilishda davom etamiz.
Yurtimizning mana shunday tinchlik va osoyishtaligiga, xalqimizning baxt-u saodatiga ko'z tegmasin. Doimo YURTIMIZ TINCH, XALQIMIZ OMON bo'lsin.
Boshlanayotgan yangi mavsum, yangi marralar, yangi muvaffaqiyatlar barchamizga qutlug' bo'lsin.
NAVRO'Z AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navróz_ayyomi
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning tuman aholisiga bayram tabrigi
HURMATLI SERGELI TUMANI AHOLISI, AZIZ YURTDOSHLAR!
Ona diyorimizga, barchamiz orziqib kutgan, go‘zal va dilbar fasl – Navro‘zi olam kirib keldi.
Ana shu ulug‘ ayyom – sharqona yangi yil bilan, Siz azizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana shu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Ta’kidlash joizki, ayni kunlarda o‘zaro mehr-oqibat, saxovat va muruvvat ko‘rsatish, tabarruk keksalarimizni yo‘qlash, nogironlar, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, hasharlar o‘tkazib, tumanimizni yanada obod qilish kabi savobli ishlarimiz Navro‘zning fayziga yanada fayz qo‘shmoqda.
Aziz tumandoshlar!
Barchangizni Navro‘z ayyomi bilan yana bir bor tabriklab, o‘zimning qalbimdagi eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.
NAVRO'Z AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Sergeli tumani hokimi
Elbek Shukurov
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM