Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.78K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.57K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Yangiliklar #Tibbiyot #Tálim

Sergelida yana bir ta'lim muassassasi foydalanishga topshirildi

Kuni kecha Sergeli tumanida Toshkent Tibbiyot Texnikumining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

👩‍⚕️Mazkur texnikum tibbiyot sohasining hamshiralik, farmatsevtika, stomatologiya hamda feldsher(davolash) ishi yo'nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydi.

👨‍⚕️Texnikum 5 ta kafedra, 2 ta elektron axborot-kutubxona markazi, 3 ta komputer zallari, 30 dan ortiq auditoriyalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, talabalar turar joyi hamda oshxona texnikum talabalari uchun xizmat qilishga tayyor.

🤝Ushbu ta'lim muassassasi kelgusida tumanimiz va poytaxtimiz uchun malakali va bilimli mutaxassislarni tayyorlashlariga ishonamiz. Endi texnikum eshiklari Siz uchun ham ochiq.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar #Tibbiyot #Elektron_tizim

Hurmatli Sergeli tumani aholisi!

Ko'p hollarda oilaviy poliklinikalarda uzun navbatlar, qog'ozli hujjatlar tufayli ba'zi noqulayliklarga duch kelgan bo'lishingiz mumkin.

🗓Endilikda, 1-iyuldan e'tiboran, bu kabi navbatlar hamda ortiqcha hujjatlashtirish jarayonlarini oldini olish hamda fuqarolarga qo'shimcha yengilliklar yaratish maqsadida Toshkent shahridagi tibbiy xizmatlar elektron tizimga o'tkazilganligini ma'lum qilamiz.

📱O'zingiz va oila a'zolaringizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ya'ni passport, ID karta hamda farzandlaringizning tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalarini hududiy poliklinikaning tibbiyot elektron tarmog'iga kiritishingiz mumkin.

Bu haqida batafsil lavhamiz orqali bilib oling.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Yangiliklar #Tibbiyot

🗺 Kuni kecha Sergeli tumani "Xontepa" MFY hududida tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga va alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan maxsus markaz ochildi.

👩‍⚕️Bu yerda onalar o'z farzandlari salomatligini shifokor nazorati ostida kuzatib borishlari, muolaja kurslarini olishlari va doimiy markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Markaz faoliyati haqida batafsil lavhamizda

🤝 Shu o'rinda, mazkur markazning kelgusida xalqimizga xizmat qilishiga ishonch bildirib, faoliyatiga omad tilaymiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot #OAV

Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 71-sonli oilaviy poliklinikada Sog'liqni saqlash vazirligining O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash hamda “Keksalar  salomatligini muhofaza qilish oyligi” doirasida tor soha mutaxassislaridan  Otoloringolog, Endokrinolog, Okulist, Nevrapatolog, Kardiolog, Revmatolog, Travmatolog, Terapevtlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

👨‍⚕️Nuroniy otaxon va onaxonlar orasida Ultratovush tekshiruvi, Elektrokardiogramma, ExoEEG va laborator tekshiruvlar o‘tkazildi.

🖋 Tibbiy ko‘rikda tuman bo‘yicha jami 156 nafar keksalar ishtirok etishdi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 3 nafar bemorga shahar klinik shifoxonalariga, 1 nafariga Respublika Ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy markaziga bepul davolanishlari uchun orderlar tarqatildi. Tor soha mutaxassislari tomonidan ambulator davolanishlari uchun buyurilgan dori vositalari bepul tarqatildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Миллий тиббиёт маркази ҳамда Республика ихтисослаштирилган оториноларингология ва бош-бўйин касалликлари илмий-амалий тиббиёт марказида яратилган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с условиями, созданными в Национальном медицинском центре и Республиканском специализированном научно-практическом центре оториноларингологии и заболеваний головы и шеи.

#Mirziyoyev #tanishuv #tibbiyot #markazlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot

Sergeli tumani faollari Milliy tibbiyot markazida bo‘ldilar

Bugun barcha tumanlar qatori Sergeli tumanidagi mahalla raislari, nuroniylar, mahalladagi yoshlar yetakchilari, mahalla faollari Yashnobod tumanida qad rostlagan - O‘zbekistondagi eng yirik va zamonaviy Milliy tibbiyot markazidagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

👁Shifo maskani hududi 4 gektardan ortiq. Jami bir yarim ming kvadrat metr maydonga ega 7 ta bino barpo etilgan. Qurilish va jihozlashda xorijning ilg‘or tajribasiga tayanilgan. Shu bois arxitekturasi mukammal. Shoshilinch yordam, reanimatsiya, infeksiyali holatlar - barchasi inobatga olingan.

🔺Milliy tibbiyot markazi, boshqa shifoxonalardan farqli ravishda, universal. Bu yerda jarrohlik, urologiya, transplantologiya, travmatologiya-ortopediya, ginekologiya, kardioxirurgiya, nefrologiya, kardiologiya, endokrinologiya, kardiorevmatologiya, stomatologiya va boshqa bo‘limlar tashkil etilgan. Jami 169 turdagi mingtadan ko‘p ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilgan.

🔄 Markaz 500 o‘ringa mo‘ljallangan. Ambulator va statsionar tartibda 200 dan ortiq tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Yiliga uch mingdan ziyod, jumladan, aorta-koronar shuntlash, estetik-plastik xirurgiya, artroplastika, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabi yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish quvvati mavjud. Markazda mamlakatimizning olis hududlaridagi bemorlarga masofadan tashxis qo‘yish, davolash imkoniyati yaratilmoqda.

💬Ma’lumotlarga qaraganda muassasa faoliyatida Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarning yetakchi klinikalari bilan hamkorlik qilinadi. Chet ellik shifokorlar, o‘zimizning xorijda malaka oshirgan mutaxassislarimizdan iborat jamoa – 250 nafar shifokor, 500 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot

👨‍⚕️ Sergeli tumanidagi 10-Oilaviy poliklinikada “ORVI, GRIPP va boshqa kasalliklarni oldini olish”  maqsadida shtab tashkil qilindi. Tez tibbiy yordamdan olingan roʻyxatdagi, shahar shifoxonalariga murojaat qilgan bemorlarga, “Onlayn patronaj” orqali aniqlangan, uyga chaqiruv bergan va poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarga “Mobil brigadalar” tomonidan tez tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot #OAV

Tumandagi oilaviy poliklinikalarda shtablar tashkil etildi.

📍Sergeli tumanida 7 ta oilaviy poliklinikalarning har birida shtab tashkil qilindi. Shuningdek, gripp va o'tkir respirator kasalligiga chalingan fuqarolar holidan onlayn va offlayn tarzda xabar olinmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot

Sergeli tumanidagi 11-Oilaviy poliklinikada “O'RVI ,GRIPP va boshqa kasalliklarni oldini olish“ maqsadida shtab tashkil qilindi. Tez tibbiy yordamdan olingan ro’yxatdagi, shifoxonalarga murojaat qilgan bemorlarga, “Online patronaj“ orqali aniqlangan, uyga chaqiruv bergan va poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarga “Mobil brigada“ tomonidan tez tibbiy yordam ko’rsatilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot_xodimlari_faoliyatidan

Bemorlar holidan muntazam xabar olinmoqda!

💬 Sergeli tumani “Koʻhna Qumariq” MFY xodimlari va 68-oilaviy poliklinika hamshirasi bilan birgalikda, bemor nuroniy onaxonlar holidan xabar olindi. Qon bosimi oʻlchanib, tibbiy maslahatlar berildi. Koʻrsatilgan yordamdan onaxonlar mamnun boʻlib, MFY xodimlariga va hamshiraga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Соғлиқни сақлаш лойиҳалари маркази томонидан амалга оширилаётган ишлар ва янги таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о деятельности и новыми предложениями Центра проектов здравоохранения.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #sugurta

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 #Xabarlar #Tibbiyot

Tumanda tibbiy ko'rik tashkil etildi

👨‍⚕️ “Barqaror turmush” oyligi munosabati bilan, bugun Toshkent shahar IIB boshqarmasi hamda Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasining qoʻshma rejasiga asosan, oila – turmush doirasida ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, “Zoʻravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zoʻravonlikning oldini olish” borasida tadbir oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarimiz uchun tibbiy koʻrik tashkil etildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Tibbiyot

Tibbiyot birlashmasida seminar-trening bo'lib o'tdi

🤱 1-dan 7-avgustga qadar "Butun jahon bo'ylab bolalarni ona suti bilan oziqlantirish"ga targ'ib qilish haftaligi e'lon qilindi. Mazkur targ'ibot doirasida Sergeli tumani Tibbiyot birlashmasi tomonidan barcha oilaviy shifokorlar, hamshiralar, patronaj hamshira va doyalar uchun Tibbiyot fanlari professori ishtirokida seminar-trening bo'lib o'tdi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tibbiyot_xodimlari_kuni

📌TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM SOVG’ALARI TOPSHIRILDI

🗓Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, yuqori kasbiy mahorati, shaxsiy ibrati hamda aholi salomatligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlari uchun bir guruh tibbiyot xodimlari Sergeli tumani hokimining esdalik sovgalari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

👨‍⚕️Barchamiz uchun qadrli bo'lgan fidoyi shifokorlar va tibbiyot xodimlari!

Aholimizning sog'lom va munosib turmush tarzini ta'minlashda berayotgan beminnat ko'magingiz, ilmingiz va yordamingiz biz uchun doimo qadrlidir.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN!


Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM