🇺🇿 #Xabarlar #Mahallani_qóllab_quvvatlash
Sergeli tuman hokimi tomonidan
mahallani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kengashining tashkiliy yigʻilishi bo'lib o'tdi.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 21-dekabrdagi
“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
PF-209-sonli Farmoni hamda
“Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son Qarori mamlakatimizda mahalla institutining nufuzini yanada oshirishda muhim poydevor vazifasini oʻtaydi.
✅Shuningdek, Kengashning nufuzini oshirish maqsadida Qaror bilan Prezidentimizning tashkiliy-kadrlar masalalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev Respublika
mahallani qoʻllab-
quvvatlash kengashi raisining birinchi oʻrinbosari hamda “Mahalla yettiligi”ning respublika tashkilotlari rahbarlari kengash aʼzolari etib belgilandi. Shu bilan birgalikda, yangi va alohida tuzilma – Oʻzbekiston mahallalari Uyushmasi va uning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
✅Yig'ilishda
mahallani qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha Toshkent shahar kengashining tashkiliy yigʻilishida ishtirok etish uchun tumandan 7
nafar delegatlar saylab olindi.
Saylangan delegatlar
mahallani qoʻllab-
quvvatlash boʻyicha Toshkent shahar kengashining tashkiliy yigʻilishida tumanimiz nomidan munosib ishtirok etishiga ishonch bildiramiz.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube