Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.69K subscribers
38K photos
3.41K videos
20 files
9.59K links
Download Telegram
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

🤳 Ijtimoiy tarmoqlarda, Sergeli tumanidagi bir necha mahalla hududlarida elektr energiyasi uzilishi bilan bog'liq muammo haqida xabar e'lon qilindi.

O'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, Respublika "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali o'rnatilgan cheklov sababli soatiga 4,5 KVt dan ko‘p elektr energiya iste‘mol qilgan xonadonlar avtomatik ravishda elektr tarmog'idan uzilib qolgan.
Holat bo'yicha Sergeli tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan zudlik bilan Respublika "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Shtabiga axborot berildi.
Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan dasturdagi cheklovni bekor qilish va elektr ta‘minotini to‘liq tiklash choralari ko‘rilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Hurmatli “Xonobod”, “Izzatli”, “Keng Makon” hamda “Nomdanak“ mahalla fuqarolari !

Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan doimiy navbatchi ishchi guruh biriktirilishiga qaramasdan havo elektr simlarining eskirganligi, havo harorati keskin pasayib, elektr energiyasiga talab ortishi natijasida berilgan yuklamalarga bardosh bera olmayotganligi sababli tarmoqda tez-tez uzilishlar sodir boʻlmoqda.

Yuqoridagi holatni bartaraf etish va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida ayni vaqtda Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida 20 nafar malakali mutaxassislar jalb qilingan holda 2 km masofaga yaqin zamonaviy elektr simlari tortilayotganligini, tez orada muammo bartaraf etilib, elektr energiyasi  taʼminoti qayta tiklanishini maʼlum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida katta hajmda ta'mirlash ishlari olib borildi!

“Xonobod”, “Izzatli”, “Keng Makon”, “Nomdanak“ va boshqa bir qancha mahallalarga elektr energiyasi taqsimlovchi Sergeli podstansiyasining “Turmonov” liniyasida yuz bergan avariyaviy nosozlikni bartaraf etish uchun Toshkent shahrining 12 ta tumanidan yordamchi kuch jalb qilindi. Jami 48 nafar tarkibdagi ishchi ishtirokida 12 ta ko'tarma kran, 2 ta manipulyator krani, 12 ta damas avtomashinasi, 2 ta qazuvchi texnikalar yordamida 4,5 kilometr uzunlikdagi elektr simlari tortildi. Shuningdek, elektrdan uzilgan xonadonlarni vaqtincha ta'minlash maqsadida 17 ta generator ishlatilib, transformatorlarga ulandi.

Hozirda mazkur liniya bo'yicha elektr ta'minoti tiklanganini ma'lum qilamiz. Boshqa nosozliklar yuzaga kelganda ishchi guruh yordamida joyida bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli 3 hududida avtobus to'xtash joyida bekat muammosi haqida ma'lumot e'lon qilingan edi.

O'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, aytilgan manzilda bekat mavjud hozirgi kunda ham yo'lovchilar, fuqarolar uchun mazkur bekat xizmat ko'rsatmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani "Daryo bo'yi" mahallasida joylashgan 264 maktab ta'mirtalab holatida ekanligi haqida ma'lumot e'lon qilingan edi.

264-maktab 2016-yilda "Obod mahalla" dasturi doirasida ta'mirlangan. Biroq, bugungi kunga kelib, maktabning ayrim xonalari ta'mirtalab holatga kelib qolgan. Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani hokimligi hamda tuman Maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti tomonidan Toshkent shahar hokimligiga, Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligiga 2024-yil Investitsiya dasturiga kiritish hamda maktabni mukammal ta'mirlash bo'yicha taklif kiritilganini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani, “Qumariq” mahallasi, “Obirahmat” koʻchasi aholi tomonidan oʻzboshimchalik bilan toʻsib qoʻyilgani tanqid qilingan.

Mazkur manzildagi noqonuniy to'siq olib tashlanganini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani "Quruvchilar" mavzesidagi yo'llardan birida asfalt qoplamasi cho'kishi ortidan yuk mashinasi chuqurlikka tushib ketgani haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Mas'ul xodimlar tomonidan zudlik bilan joyiga chiqib o'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, "Veolia" issiqlik ta'minoti korxonasi tomonidan mazkur hududda qozonxona qurilish ishlari olib borilgan. Asfalt qoplamasi cho'kkan joydan qurilish davrida issiq suv quvuri o'tkazilgan va 2023-yilning noyabr oyida ushbu yo'lda asfaltlashtirilish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur ish yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasiga buyurtmachi hamda pudratchi tashkilot chaqirilib, o'rganish ishlari boshlanganini hamda yo'l asfalt qoplamasi sifatsizligi sababli korxona tomonidan yangidan asfaltlashtirilishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani "Xonobod" MFY "Beruniy" ko'chasida yo'llar asfalt qilinmayotgani haqida ma'lumot e'lon qilindi.

O'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, "Beruniy" koʻchasida 1780 m (D-100) ichimlik suvi tarmogʻi mavjud boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi PQ-50-son qaroriga asosan Xontepa (Taraqqiyot) MFY hududidagi ko'chaga markaziy ichimlik suvi quvurlarini tortish va taʼmirlash ishlari Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidanolib borilmoqda. Bugungi kunga kelib, transheyalar (xandaq) yopilib, quvurni bosim ostida tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ob-havo mo'tadillashishi bilan quvurlarning markaziy tarmoqqa ulanish ishlari yakunlanadi shundan so'ng mazkur yo'l asfaltlashtirilishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani, “Qumariq” mahallasidagi 269-sonli maktabga boradigan yoʻl holati talabga javob bermasligi haqida ma'lumot e'lon qilindi.

Tuman obodonlashtirish bo'limi tomonidan berilgan ma'lumotga asosan, ob-havo mo'tadillashishi bilan mazkur yo'lda ko'rsatilgan kamchilik bartaraf etilib, piyodalar yo'lini joriy asfaltlashtirish ishlari olib borilishini ma'lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

🤳 Ijtimoiy tarmoqlarda, Sergeli 4 hududida joylashgan 87-sonli avtoturargoh hududidagi tartibsizliklar bilan bog'liq muammo haqida ma'lumot e'lon qilindi.
Holat tuman hokimi va hokimlik mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqib  o'rganildi.

Aniqlanishicha mazkur hudud "Avtomotohavaskor" xususiy korxonasiga tegishli ekanligi, korxona tomonidan 87-sonli avtoturargoh buzilishi oqibatida maishiy va qurilish chiqindilari yig'ilib, hudud qarovsiz qoldirilgan. Korxona mas'ullarining mas'uliyatsizligi oqibatida orqa hududdagi eski qabristonda ham chiqindilar yig'ilgan.
Qarovsiz qoldirilgan hudud va hududga tutash eski qabriston Sergeli tumani Obodonlashtirish bo‘limi ishchi xodimlari tomonidan tozalanib, hudud tartibga keltirilmoqda hamda tuman Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limi tomonidan korxona rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Ma’lumot o‘rnida bugungi kunda Sergeli tumanidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligi hamda prokuratura mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tuman bo'ylab keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini bildiramiz. Hozirgi vaqtda "Avtomotohavaskor" xususiy korxonasi tomonidan olib borilayotgan qurilish ishlari to'xtatilganligini va har qanday qurilish ishlarini olib borishga vaqtinchalik ta'qiq qo‘yilganligini ma’lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

"Yutong" rusumli elektrobus ishtirokida sodir bo’lgan yo'l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MA’LUMOT!

🔹Joriy yilning 19-fevral kuni soat 14:05 larda, "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "Yutong" rusumli, saroy raqami 153-bo'lgan, 40-sonli yo'nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q (staji 33yil) boshqaruvidagi elektrobus, Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi bo'ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki ma’lumotga ko’ra qon bosimining oshganligi sababli boshqaruvni yo'qotib yo'l chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan. Mazkur yo'l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo'q. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan qo’shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

📝Hozirda ushbu yo'l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

📲 Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani "Bunyodobod" MFY Sergeli 6a ichki ko'chalarda piyodalar yo’lagi yo’qligi haqida ma'lumot e'lon qilingan edi.

✔️O'rganishlar natijasida shuni ma'lum qilamizki, "Bunyodobod" 6a-mavzesi ichki ko'chalarida piyodalar yo’lagi yo’qligi bo’yicha mazkur massiv 2017-yil "Arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish davlat dasturi" doirasida bosh planga asosan qurilish ishlari amalga oshirilgan.
32 avtobus to’xtash joyi oldidagi noqonuniy savdo do’koni bo’yicha Sergeli tuman kadastr agentligi mas'ul xodimlari tomonidan yer nazorati ishlari olib borildi hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan "Roziya-Umar Invest Group" mas’uliyati cheklangan jamiyati zimmasiga qaror qonuniy kuchga kirganidan so‘ng 15 kun muddatda Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli 6A-mevzesi, 18-uy ro‘parasida joylashgan, 14 kv.m o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi shuningdek noqonuniy qurilgan 14 kv.m qurilmani o‘z hisobidan bartaraf etish majburiyati yuklatilgan va Bosh Prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi tomondan ijroga qaratilganligini ma’lum qilamiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

✔️ Sergeli tumanida sodir boʻlgan yongʻin haqida maʼlumot.

Bugun, 5-aprelda Toshkent shahar Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumot tarqaldi.

Zudlik bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar berilib, soat 12:43 da yong‘in o‘chirildi.
Yong‘in natijasida 20 kv.m. maydonda qurilish chiqindilari yongan.
Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.


Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoq orqali “3 yil boʻldi domga koʻchib kelganimizga, lekin haligacha kadastri yoʻq” degan sarlavxada xabar tarqaldi.

Yuqoridagi xabarlar yuzasidan Sergeli tuman hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Sergeli tumani, “Quruvchilar” MFY hududida "PSK-2" MCHJ tomonidan 2018-2020-yillar davomida ko'p qavatli turar joylar qurish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur MCHJning bank bilan bog'liq qarzdorligi yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Holat yuzasidan “PSK-2” MCHJga xonadonlar uchun umumiy toʻlov qilgan fuqarolar 56 nafar boʻlib, shundan Sud hukmiga koʻra, xonadonlar uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgan 21 nafar fuqarolar hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng, qolgan 21 nafar fuqarolar yaʼni, xonadonlar uchun toʻlovlarni qisman toʻlaganlar, ushbu toʻlovlar ular tomonidan toʻliq amalga oshirilgandan soʻng, kadastr idorasiga qoʻyilgan taʼqiqlarni bekor qilib, mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish majburiyati yuklatilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, dastlabki tergov va sud jarayonlarida murojaat qilmagan 14 nafar fuqarolarga Sergeli tuman IIO FMB TBda jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 228-moddalari bilan alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, jabrlanuvchi fuqarolar belgilangan tartibda Sergeli tuman IIO FMB TB ga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM