Sergeli tumanida “Xavfsiz sog‘lom va poytaxt oyligi” doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Sergeli tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIOFMB) jamoat tartibini saqlash bo‘limi (JTSB) va patrul-post xizmati bo‘limi (PPXO) hamda avto bozor xodimlari tomonidan bozor hududida keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbir “Xavfsiz sog‘lom va poytaxt oyligi” doirasida tashkil etilib, uning asosiy maqsadi fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir.
Tadbir davomida fuqarolarga jinoyatchilikka qarshi kurashish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, avtotransport vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. shuningdek, aholiga huquqiy maslahatlar berilib, xavfsizlikka oid eslatmalar tarqatildi.
Bunday tadbirlar aholining huquqiy ongini oshirish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli avto bozor hududida noqonuniy moddalarni aniqlash bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda
Sergeli tumanida joylashgan avto bozor hududida psixotrop moddalar, tig‘ va shunga o‘xshash boshqa noqonuniy vositalarni aniqlash maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan avtotransport vositalari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilmoqda.
Mazkur tadbir jinoyatchilikning oldini olish, noqonuniy moddalar va xavfli vositalarning tarqalishiga chek qo‘yish, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, “Sog‘lom va xavfsiz poytaxt oyligi” doirasida aholiga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Targ‘ibot ishlari davomida fuqarolarga jinoyatga qarshi kurashish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hamda noqonuniy faoliyatning oqibatlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bunday tadbirlar xavfsiz va tinch muhitni ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tumandagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda
Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy qurilmalar ko‘p hollarda piyodalar yo‘laklarini egallab, transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, tegishli idoralar tomonidan ushbu obyektlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish va qonuniy chora ko‘rish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida Sergeli tumanining umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, hudud obodonligi yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, aholining yashash joylarida tirbandliklar kamayib, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.
Tadbirkorlar va aholi vakillarni qonuniy me’yorlarga rioya qilishga chaqirib, barcha qurilish va tadbirkorlik faoliyatlari belgilangan tartibda olib borilishi lozimligini eslatib o'tamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Eski Jaloyir" MFYda gaz ta’minoti yaxshilandi
"Eski Jaloyir" mahalla fuqarolar yig‘inidagi eski 40 ta xonadonni gaz bilan ta’minlovchi yagona GRP (gaz taqsimlash punkti) o‘rniga har bir xonadonda alohida nazorat qiluvchi kichik GRPlar o‘rnatildi.
Bu yangilik natijasida:
Loyihaning amalga oshirilishi aholining kundalik hayotida qulaylik yaratib, energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri samarali tashkil etilmoqda.
"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida Sergeli tumani IIOFMB xodimlari, tuman hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda "UzAuto MOTORS POWERTRAIN" kompaniya yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdildi.
Suhbat davomida kiberjinoyat, terrorizmga qarshi kurashish va diniy ekstremizmga qarshi choralar kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Bundan tashqari, Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan ayol xodimlar uchun "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida alohida suhbat o'tkazildi, unda ishtirokchilarga ichki ishlar vazirligi tomonidan ayollarga ko'rsatilayotgan yordam va himoya mexanizmlari, shuningdek, zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Qo'shimcha ravishda, narkomaniyaga qarshi kurash masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari profilaktika choralarini ko'rish va jabrlanganlarga yordam ko'rsatishning zarurligi haqida ham so'z yuritildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan "Kitobxonlik davrasi" tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2025-yilda atoqli jadid arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlanadi.
Ushbu munosabat bilan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi, Tibbiyot texnikumi hamda “Nuroniylar jamg‘armasi” Sergeli tuman bo‘limi hamkorligida ijodiy va ma’naviy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, boy ilmiy merosi va jadidchilik harakatidagi o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, taniqli olimlar va adiblar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar, adabiyot va kitobxonlik davralari o‘tkazildi. Tadbirda Behbudiyning asarlari yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari va chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sifatida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kitoblar yosh avlodga tarixiy merosni chuqur o‘rganish va qadrlashga ilhom bag‘ishlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi
Sergeli tuman hokimligi binosida tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mazkur qabuldan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish va aholining hayot sifatini oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Hokim tomonidan har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va muammolarni imkon qadar tez hal qilish uchun kerakli topshiriqlar berildi.
___
В здании хокимията района Сергели прошел очередной прием граждан, организованный под руководством хокима района Элбека Шукурова.
Основной целью мероприятия было решение насущных проблем граждан и принятие мер для улучшения качества жизни населения. Хоким дал указания ответственным специалистам для скорейшего разрешения каждого вопроса и выполнения соответствующих поручений.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi: zahira nomzodlar saralandi
2025-yilda bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik doirasida zahira nomzodlarni saralash jarayoni o‘tkazildi. Ushbu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari suhbatdan o‘tkazildi.
Nomzodlarni saralash O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talablari asosida amalga oshirildi. Suhbat jarayonlari hokim o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Sergeli tumani bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘tkazildi.
Saralash natijalari asosida saylovga tavsiya etiladigan zahira nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi. Saylov jarayoni belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: Sergelida gulchilik rivojlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-122 sonli qarori ijrosi doirasida Sergeli tumani "Xonobod-tepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor xotin-qizlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Xususan, "Xonobod-tepa" MFY istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Kurbanova tomonidan yetishtirilayotgan dekorativ gullar va ko‘chatlarni ekish jarayoni amalga oshirilmoqda. U bu faoliyat orqali nafaqat o‘z oilaviy biznesini rivojlantirmoqda, balki mahallada gulchilik sohasiga qiziquvchi ayollarga ham tajriba ulashmoqda.
Mazkur tashabbus xotin-qizlarning tadbirkorlik yo‘nalishida o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak berib, mahalliy aholi bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi doirasida “HAYAL STYLE” MCHJ rahbari, tadbirkor X.Usmonova tikuvchilik mahsulotlarini bezash hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.
"Eshonbuloq" mahallasi hududidagi tikuv sehida o‘ndan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular kasb-hunar o‘rganish va tikuvchilik bo‘yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu tajriba Sergeli tumanining boshqa mahallalarida ham keng joriy etilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM