Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta‘minlash borasida olib borilayotgan islohotlar keng targ‘ib qilinib, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi tuman bosqichi bo'lib o'tdi
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol davlat tashkiloti”,
“Gender tenglikni ta’minlashda eng faol NNT”,
“Gender tenglikni ta‘minlashda eng faol tadbirkorlik sub‘ekti”,
“Gender tenglikni ta‘minlashda eng faol tuman hokimligi” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etgan nomzodlar tanlovning shahar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganliklari ma‘lum qilindi hamda tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Gender_tenglik
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichida Sergeli tumani hokimligi taqdirlandi
Joriy yilning 16-yanvar kuni “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva qutlov so‘zi bilan ochib berdi.
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tashkilotda gender tenglik uchun barcha sharoitlarni yaratgan tuman hokimligi rahbariyatiga, ushbu yutuqda faol ishtirok etgan Oila va xotin-qizlar bo‘limiga, shuningdek, tanlovda qatnashgan barcha xodimlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM