Sergeli tumanida Oliy Majlis deputati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Kecha Sergeli tumani 7-sonli umumta’lim maktabida Oliy Majlis deputati V. Fayzieva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Deputat aholi tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va mazmunli o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim, ijtimoiy masalalar va mahalliy muammolar muhokama qilindi. Deputat aholini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar o‘z fikrlarini bildirishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tumandagi noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda
Tahlillarga ko‘ra, noqonuniy qurilmalar ko‘p hollarda piyodalar yo‘laklarini egallab, transport vositalarining erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Shu sababli, tegishli idoralar tomonidan ushbu obyektlarni o‘rganish, hujjatlarni tahlil qilish va qonuniy chora ko‘rish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar natijasida Sergeli tumanining umumiy ko‘rinishi yaxshilanib, hudud obodonligi yanada oshishi kutilmoqda. Shu bilan birga, aholining yashash joylarida tirbandliklar kamayib, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilmoqda.
Tadbirkorlar va aholini qonuniy me’yorlarga rioya qilishga chaqirib, barcha qurilish va tadbirkorlik faoliyatlari belgilangan tartibda olib borilishi lozimligini eslatib o'tamiiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy liboslar – millat ko‘rki!
Mustaqil O‘zbekistonimiz, birinchi navbatda, o‘zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir. Yaxshi xulq va barkamol axloqning shakllanishida "Vatan" deb ataluvchi muqaddas maskan bilan uning jonli va jonsiz xilqati, quyoshi, havosi va ko‘z ochgan buloqlari bilan hamnafas bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqib, milliy urf-odat va an’analarni yoshlar ongiga singdirish, axloqiy fazilatlarni millat ravnaqi uchun xizmat qildirish, yoshlarda milliy qadriyatlarni shakllantirish va ularning ongida shu qadriyatlarga mas’uliyat hissini uyg‘otish maqsadida Toshkent Amaliy fanlar universitetida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biz – Giyohvandlikka qarshimiz!
Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi.
Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avvalo o‘ziga va oilasiga nisbatan qiziqish qolmaydi.
Joriy yilning 31-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani 301-umumtaʼlim maktabida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Sergeli tuman bo'limi rahbari G.Xudayberganova, Tuman vrach-narkologi V.Davronov ishtirokida maktabning 9-11-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasb-hunarga jalb qilish maqsadida tumandagi «Madadkor» mahallasida "Mehnatdan kelsa boylik – turmush bo‘lar chiroylik" shiori ostida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir tuman bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yarmarkada Toshkent shahridagi 12 ta tumandagi 24 mingta bo‘sh ish o‘rinlari bilan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan 11-sonli Oilaviy poliklinika, "Barakat Alfa" MChJ, Sergeli tumani Obodonlashtirish boshqarmasi, "Uztex" MChJ, "Jetaur" avtosaloni, 10-sonli Oilaviy poliklinika kabi tashkilotlar jami 45 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
Natijada, 27 nafar xotin-qizga ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish borasida yo‘llanmalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahalladagi ishlar bilan tanishdi
Sergeli tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari "Daryo bo‘yi" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati hamda 2025-yilda rejalashtirilgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligi, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar hamda ijtimoiy yordam mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri samarali tashkil etilmoqda.
"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani aholisi o‘rtasi ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda xotin-qizlarga giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kommunal xizmat va BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
Tuman hokimi o'rinbosari A.Ganiyev boshchiligida BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda debitor qarzdorlik masalalari, BSKlarning ish faoliyati hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Yig‘ilish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sergeli tuman yoshlari kamondan otish musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Bugun Toshkent shahrining barcha tumanlaridan saralangan 80 ga yaqin yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Sergeli tuman yoshlari ham faol ishtirok etib, yuqori mahorat va kuchli tayyorgarlik namoyish etdi. Natijada Sergeli tuman yoshlari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va kuch-g‘ayratini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM