🇺🇿 #Xabarlar #PF_51 #Prezident_Farmoni #Ipoteka #Subsidiya✅Ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash yuzasidan yangi farmon qabul qilindi🇺🇿13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi FARMON imzolandi.
✅Unga ko‘ra, 2023-yil uchun ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida
2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrga qadar Respublikamizdagi istalgan
Davlat xizmatlari markazlari yoki Interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi;
✅2023-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko'p miqdori
2022-yilda belgilangan miqdorda saqlanib qolinadi;
✅Mazkur Farmon qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish to'g'risidagi xabarnomaga ega bo'lgan shaxslarga subsidiyalar
2022-yilda amalda bo'lgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi;✅uy-joy sotib olish uchun olinadigan ipoteka kreditlari bo'yicha berilgan subsidiya taqdim etish to'g'risidagi xabarnomalarning
amal qilish muddati 4 oy etib belgilandi.
✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website🕊Twitter 📺You Tube