Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
7.48K subscribers
41.7K photos
3.7K videos
20 files
10.7K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

Siyosiy ma’rifat soati Sergeli tumanida tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga asosan davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligi va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida har juma kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazilib kelinmoqda.

Siyosiy-ma’rifiy dars Toshkent shahri Sergeli tumanidagi barcha tashkilotlarda bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul xodimlar hamda yosh davlat xizmatchilari ishtirok etdi. Ma’rifat soati davomida kunning dolzarb mavzulari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar hamda xalqaro voqealarga oid muhim ma’lumotlar yetkazildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumani MIB rahbari tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi hisobida turuvchi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahkumlarni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


Sergeli tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi PF-59-sonli “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fuqarolarni xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasiga keng jalb etish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi ulushini oshirishga qaratilgan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Sergeli tumani hokimining birinchi o’rinbosar Akmal Jumaboyev, tuman IIO FMB boshlig‘ining o’rinbosari, mas’ul tashkilotlar rahbar xodimlari, hokim o‘rinbosarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etdilar.

Yig’ilish davomida mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va fikrlar bildirildi. Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilandi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

"Maftunkor ranglar jilosi" tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi


😎O‘zbekiston Nogironlar jamiyati shahar va tuman bosqichlari bo‘yicha rejalashtirilgan “Maftunkor ranglar jilosi” tanlovining 7–16 yoshli nogiron bolalar o‘rtasidagi tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

😄Mazkur tanlov “Ashxobod sayilgohi” ma’muriyati va tuman Nogironlar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

🤝Bolajonlar ochiq osmon ostida, manzarali va salqin go‘zal tabiat qo‘ynida ijod qilgan holda rasm chizishdi. Ularni kuzatib turgan yaqinlarining quvonchi ko‘z nurlarida namoyon bo‘ldi.

⭐️Tanlov shartlari yakunlangach, bolalar va ularning yaqinlari uchun piknik tashkil etildi. Ishtirokchilarga rasm chizish uchun jamlanma to‘plamlar, onalariga esa sovg‘a paketlari taqdim etildi. Shirinliklar va salqin ichimliklar tarqatilib, barcha uchun quvonchli damlar yaratildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelidagi 9 ta mahallada ichimlik suvi tarmoqlari yangilanmoqda

VМ-702 qarori asosida 29 ming p.metrga yaqin yangi tarmoq tortilishi rejalashtirilgan.
Hozirgacha 5 780 p.metr quvur o‘rnatildi.

Ziyolilar mahallasida 5 100 p.m rejalashtirilib, 4 100 p.m quvur, 11 ta gidrant, 13 ta quduq o‘rnatildi.
Jaloyirda 700 p.m quvur, 5 gidrant, 10 quduq, ishlari davom etmoqda.
Ko‘hna qumariqda 380 p.m quvur, 3 gidrant va quduq o‘rnatildi.

25 kishilik 3 ta brigada, maxsus texnikalar bilan ishlamoqda.
Ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolarga amaliy yechimlar

Bugun Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov o‘ziga biriktirilgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida hokim yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlikni ta’minlash masalalari haqida so‘z yuritdi hamda har bir yoshning muammolarini tinglab, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli mas’ullar va rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Ma’lumot uchun, Sergeli tumanida 342 nafar ishsiz va boshqa toifadagi yoshlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular Respublikadagi idora va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan. Ularning bandligini ta’minlash — ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Uchrashuv davomida ko‘plab yoshlarning masalalari joyida hal etildi. Jumladan, "Ziyolilar" mahallasida yashovchi Omina Mahmudovaga uyida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun tikuv mashinasi ajratildi.

Yoshlar – e’tibor va qo‘llab-quvvatlash markazida!

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha Hududiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Sergeli tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i E.Shukurov raisligida 2025-yil may oyida "Favqulodda vaziyatlar hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hududiy komissiya yig‘ilishi" o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tumandagi sanoat hududida yirik yong‘in sodir bo‘lgani va uning oqibatlari juda ayanchli holatga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. Xususan, yozning jazirama kunlarida yong‘in xavfining yuqoriligi inobatga olinib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida tuman hokimi tomonidan yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan joylarda amaliy ishlar olib borilishi yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Probatsiya ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-103 hamda PQ-1 qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tuman IIB bilan birgalikda probatsiyada turgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, shuningdek, probatsiya bo‘limi boshlig‘i, Sergeli tumani IIO FMB HPB xotin qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning ijtimoiy holati o‘rganilib, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash, psixologik yordam ko‘rsatish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga doir masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi va joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan ayrim masalalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida probatsiyadagi fuqarolar muammolari o‘rganildi


Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlar tuman IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolarning muammolari, ijtimoiy masalalari hamda qayta jamiyatga moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklari o‘rganildi. Ularning har bir murojaatiga boshliq — podpolkovnik Elyor Ergashev tomonidan alohida e’tibor qaratilib, huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli choralar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar mahkumlarning huquqlari ta’minlanishi va ularning ijtimoiy hayotga qaytishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda!

📣Sergeli tumanida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va talabalar hamda mahalla yoshlari uchun "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari boshlandi! Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sport va intellektual mashg‘ulotlarga jalb etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Shu munosabat bilan tumandagi Shaxmat maktabida yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi. Turnirda turli maktab, kollej va mahallalardan yig‘ilgan yoshlar ishtirok etdi. Bellashuvlar teng va qiziqarli kechdi, g‘oliblar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎙Tadbirlar davomida yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vaqtni to‘g‘ri boshqarish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Dolzarb 90 kunlik" doirasida yoshlar uchun sport, madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam davom etadi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM