Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.18K subscribers
38.7K photos
3.47K videos
20 files
9.82K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

"Eski Jaloyir" MFYda gaz ta’minoti yaxshilandi


"Eski Jaloyir" mahalla fuqarolar yig‘inidagi eski 40 ta xonadonni gaz bilan ta’minlovchi yagona GRP (gaz taqsimlash punkti) o‘rniga har bir xonadonda alohida nazorat qiluvchi kichik GRPlar o‘rnatildi.

Bu yangilik natijasida:

Gaz bosimi barqarorlashdi;
Har bir xonadonda xavfsizlik darajasi oshdi;
Texnik xizmat ko‘rsatish va nosozliklarni aniqlash osonlashdi.

Loyihaning amalga oshirilishi aholining kundalik hayotida qulaylik yaratib, energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri samarali tashkil etilmoqda.

"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida Sergeli tumani IIOFMB xodimlari, tuman hokimiyati vakillari bilan hamkorlikda "UzAuto MOTORS POWERTRAIN" kompaniya yosh xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdildi.
 
Suhbat davomida kiberjinoyat, terrorizmga qarshi kurashish va diniy ekstremizmga qarshi choralar kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.  
 
Bundan tashqari, Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan ayol xodimlar uchun "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida alohida suhbat o'tkazildi, unda ishtirokchilarga ichki ishlar vazirligi tomonidan ayollarga ko'rsatilayotgan yordam va himoya mexanizmlari, shuningdek, zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Qo'shimcha ravishda, narkomaniyaga qarshi kurash masalasi ham muhokama qilindi. Bundan tashqari profilaktika choralarini ko'rish va jabrlanganlarga yordam ko'rsatishning zarurligi haqida ham so'z yuritildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan "Kitobxonlik davrasi" tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2025-yilda atoqli jadid arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlanadi.
Ushbu munosabat bilan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi, Tibbiyot texnikumi hamda “Nuroniylar jamg‘armasi” Sergeli tuman bo‘limi hamkorligida ijodiy va ma’naviy suhbat tashkil etildi. Tadbir davomida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, boy ilmiy merosi va jadidchilik harakatidagi o‘rni haqida ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, taniqli olimlar va adiblar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqotlar, adabiyot va kitobxonlik davralari o‘tkazildi. Tadbirda Behbudiyning asarlari yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari va chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sifatida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu kitoblar yosh avlodga tarixiy merosni chuqur o‘rganish va qadrlashga ilhom bag‘ishlaydi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 #Xabarlar #Hokim_qabuli

Tuman hokimligi binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi

Sergeli tuman hokimligi binosida tuman hokimi Elbek Shukurov boshchiligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.


🔍Qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ularning uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlardagi muammolari har tomonlama o‘rganildi.

Mazkur qabuldan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalarni hal qilish va aholining hayot sifatini oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish.
Hokim tomonidan har bir murojaat bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi va muammolarni imkon qadar tez hal qilish uchun kerakli topshiriqlar berildi.

📌Bu kabi qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish hamda ularning muammolariga yechim topish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi.
___

В здании хокимията района Сергели прошел очередной прием граждан, организованный под руководством хокима района Элбека Шукурова.

🔍В ходе приема было рассмотрено более 30 обращений граждан, касающихся таких вопросов, как жилье, занятость, социальная защита, образование и здравоохранение. Все эти проблемы были детально проанализированы.

Основной целью мероприятия было решение насущных проблем граждан и принятие мер для улучшения качества жизни населения. Хоким дал указания ответственным специалистам для скорейшего разрешения каждого вопроса и выполнения соответствующих поручений.

📌Такие приемы являются важным шагом в установлении открытого диалога с гражданами и в поиске эффективных решений их проблем.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi: zahira nomzodlar saralandi

2025-yilda bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) sayloviga tayyorgarlik doirasida zahira nomzodlarni saralash jarayoni o‘tkazildi. Ushbu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘ini raislari suhbatdan o‘tkazildi.

Nomzodlarni saralash O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi talablari asosida amalga oshirildi. Suhbat jarayonlari hokim o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Sergeli tumani bo‘limi boshlig‘i tomonidan o‘tkazildi.

Saralash natijalari asosida saylovga tavsiya etiladigan zahira nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi. Saylov jarayoni belgilangan tartib va qoidalarga muvofiq davom etmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash: Sergelida gulchilik rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-122 sonli qarori ijrosi doirasida Sergeli tumani "Xonobod-tepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tadbirkor xotin-qizlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Xususan, "Xonobod-tepa" MFY istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Kurbanova tomonidan yetishtirilayotgan dekorativ gullar va ko‘chatlarni ekish jarayoni amalga oshirilmoqda. U bu faoliyat orqali nafaqat o‘z oilaviy biznesini rivojlantirmoqda, balki mahallada gulchilik sohasiga qiziquvchi ayollarga ham tajriba ulashmoqda.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning tadbirkorlik yo‘nalishida o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak berib, mahalliy aholi bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi doirasida “HAYAL STYLE” MCHJ rahbari, tadbirkor X.Usmonova tikuvchilik mahsulotlarini bezash hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida faoliyat yuritmoqda.

"Eshonbuloq" mahallasi hududidagi tikuv sehida o‘ndan ortiq xotin-qizlar ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ular kasb-hunar o‘rganish va tikuvchilik bo‘yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega. Ushbu tajriba Sergeli tumanining boshqa mahallalarida ham keng joriy etilmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Ayollar tadbirkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi doirasida Sergeli tumani Ziyolilar mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi tadbirkor M.Zuparova xonadonida “Mohim_kitchen” nomli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Bu yerda turli xil shirinliklar tayyorlanib, mijozlarga taqdim etilmoqda. Mahalliy tadbirkor ayol o‘z mehnati bilan nafaqat oilaviy daromadini oshirishga, balki hududdagi ayollar bandligini ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash doirasida yangi imkoniyatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-122 sonli qarori ijrosi yuzasidan "Shaxrizoda Style" go‘zallik saloni faoliyati jarayonidan lavhalar taqdim etilmoqda.
G.Shodieva Sergeli tumani "Xontepa" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ushbu yo‘nalishda o‘z tadbirkorlik faoliyatini yuritmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollarga moliyaviy va amaliy yordam ko‘rsatilayotgani natijasida ular o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

"Bir asrning ikki dahosi"

Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi va tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda "Buyuk allomalar" oyligi munosabati bilan "Bir asrning ikki dahosi" shior ostida 301-maktabi o'quvchilari o'rtasida Zakovat musobaqasi tashkil qilindi. Tadbir davomida o'quvchi yoshlarimizning buyuk allomalarimiz bosib o'tgan hayot yo'llari, ularning asarlari va ijodi bo'yicha musobaqa tashkil qilindi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM