Sergeli tuman hokimligi Xокимият Сергелийского района
8.24K subscribers
38.5K photos
3.46K videos
20 files
9.77K links
Download Telegram
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida "Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" tadbiri samarali tashkil etilmoqda
.

"Xavfsiz va sog‘lom poytaxt" oyligi doirasida Sergeli tumani IIO FMB HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan Sergeli tumani aholisi o‘rtasi ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda xotin-qizlarga giyohvandlik illatining salbiy oqibatlari haqida tushuntirish berildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Kommunal xizmat va BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Tuman hokimi o'rinbosari A.Ganiyev boshchiligida BSK rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda debitor qarzdorlik masalalari, BSKlarning ish faoliyati hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Yig‘ilish davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tuman yoshlari kamondan otish musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bugun Toshkent shahrining barcha tumanlaridan saralangan 80 ga yaqin yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Sergeli tuman yoshlari ham faol ishtirok etib, yuqori mahorat va kuchli tayyorgarlik namoyish etdi. Natijada Sergeli tuman yoshlari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va kuch-g‘ayratini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook  🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergelida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi


Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi FHDYO bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markaziga biriktirilgan mas’ul o‘qituvchilar bilan birgalikda 2025-yil yanvar oyida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlarda Sergeli tumani FHDYO bo‘limi mudirasi D. radjabova, “Nuroniy” jamg‘armasi Sergeli tumani bo‘limi raisi S.Xanbabaev, tuman bosh otinoyisi M.Muxamedova, Abdulloh ibn zubayr jome masjidi imom noibi R.Asqaraliev, Sergeli tumani tibbiyot birlashmasi bosh ginekologi P.Koshkarova va psixolog G.Dusmuxamedova tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy va diniy masalalarda darslar o‘tildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yosh nikohlanuvchi shaxslarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, kitob o‘qish afzalliklari, o‘zaro hamda oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan, oila qurish ostonasida turgan 24 juft yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi


✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida maktab o‘quvchilari davomatini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

Sergeli tumani bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga dars jarayonlariga qatnashmayotgan hamda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalariga voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalash hamda ularni majburiy ta’limga jalb qilish borasidagi majburiyatlari yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Yig‘ilish davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonida muntazam ishtirok etishining ahamiyati haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, komissiya a’zolariga bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida bolalar huquqlarini himoya qilish, ta’lim sifati va davomatni ta’minlash masalalarida barcha mas’ul tashkilotlar o‘zaro hamkorlikda ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi munosabati bilan “Kitobxonlik davrasi” tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sergeli tuman bo‘linmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi Jazoni ijro etish departamenti markaziy tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan xo‘jalik turkumidagi mahkumlar bilan Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligini keng nishonlash maqsadida “Kitobxonlik davrasi” tashkil qilindi.

Tadbir davomida Mustaqillik davrida Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, uning boy ilmiy va badiiy merosini chuqur tadqiq etish, asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Behbudiy asarlarining yosh avlod intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, ularni vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

2025-yilda Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi keng nishonlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu jarayonda uning bebaho merosini yanada chuqurroq o‘rganish va targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda faol qatnashgan mahkumlarga esdalik sifatida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar sovg‘a qilindi. Bu esa ularning ma’naviy bilimlarini boyitish va hayotga ijobiy qarashlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli tumanida “Xavfsiz sog‘lom va poytaxt oyligi” doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Sergeli tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIOFMB) jamoat tartibini saqlash bo‘limi (JTSB) va patrul-post xizmati bo‘limi (PPXO) hamda avto bozor xodimlari tomonidan bozor hududida keng qamrovli targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbir “Xavfsiz sog‘lom va poytaxt oyligi” doirasida tashkil etilib, uning asosiy maqsadi fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iboratdir.

Tadbir davomida fuqarolarga jinoyatchilikka qarshi kurashish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, avtotransport vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. shuningdek, aholiga huquqiy maslahatlar berilib, xavfsizlikka oid eslatmalar tarqatildi.

Bunday tadbirlar aholining huquqiy ongini oshirish va xavfsizlik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿#Xabarlar

Sergeli avto bozor hududida noqonuniy moddalarni aniqlash bo‘yicha keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda


Sergeli tumanida joylashgan avto bozor hududida psixotrop moddalar, tig‘ va shunga o‘xshash boshqa noqonuniy vositalarni aniqlash maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. Tadbir davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan avtotransport vositalari sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirilmoqda.

Mazkur tadbir jinoyatchilikning oldini olish, noqonuniy moddalar va xavfli vositalarning tarqalishiga chek qo‘yish, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, “Sog‘lom va xavfsiz poytaxt oyligi” doirasida aholiga huquqiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Targ‘ibot ishlari davomida fuqarolarga jinoyatga qarshi kurashish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, hamda noqonuniy faoliyatning oqibatlari haqida ma’lumotlar berilmoqda. Bunday tadbirlar xavfsiz va tinch muhitni ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qiladi.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM