Sergeli AKM
1.55K subscribers
4.35K photos
440 videos
154 files
1.51K links
🌐 Assalomu alaykum. Sergeli tumani Axborot-kutubxona markazining rasmiy elektron sahifasiga, Hush kelibsiz!!!
Download Telegram
#Iqtibos

🖇 Insoniyatni barcha choralar bilan bo‘lmag‘ur, keraksiz kitoblarni o‘qishdan qutqarmoq kerak.

✍️ S.Vavilov
#Iqtibos

🖇 Hayot - murakkab romandir. Biz esa ham uning muallifi, ham o‘quvchilarimiz.

✍️ Abdulla Qodiriy
#Iqtibos

🖇 Bobokalonlarimiz kitob topishga qiynalar edilar, hozir esa biz kitob tanlashga qiynalamiz. Mutolaa uchun juda ziyrak boʻlmoq kerak.

✍️ Lebbok
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida

🇺🇿 Bolalar huquqlari inson huquqlarining bir qismi bo'lib, voyaga etmaganlarga alohida himoya va g'amxo'rlik qilish huquqlariga alohida e'tibor beradi.

📚 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan Sergeli tuman 104 - umumta'lim maktabida tashkil etilgan "Quyoshjon" sog'lomlashtirish oromgohida, "Sog'lom avlod - bizning kelajagimiz" nomli davra suhbati o'tkazildi va V. Kostetskiyning "Huquq va men" nomli kitobi tavsiya etildi. Yosh kitobxonlar bilan bolalar huquqi haqida suhbat o'tkazildi hamda kitobdagi qiziqarli o'yinlar bilan tanishtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
#Iqtibos

🖇 O‘qimagan kishi uchun hech bir kitob yozilmagan, tinglamagan kishi uchun hech bir hikmat aytilmagan.

✍️ Shams Tabriziy
🇺🇿#Yozgi_oromgoh
#Dolzarb_90_kun

📚 "Baxtli bolalik" nomli ko‘chma kutubxona

2025-yil 17-iyul kuni Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan 104-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Quyoshjon" sog‘lomlashtirish oromgohida "Baxtli bolalik" nomli ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – yozgi oromgohlarda dam olayotgan bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilim doirasini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida bolalar uchun turli ertak va qiziqarli kitoblar namoyish etilib, ular yuzasidan savol-javoblarda faol qatnashgan kitobxonlarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi, ularni o‘qishga jalb etuvchi suhbatlar o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
🔶 "Siyosiy-ma’rifat soati"

#Toshkent_shahar
#Sergeli_tumani

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ 2025-yilning 18-iyul kuni Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"ni tinglashdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
#Kitobxon_onalar_kuni

📚 Oilada ayolning, onaning o‘rni beqiyosdir. Mutafakkir jadid bobomiz aytganidek: “Onalar — butun bashariyatning tarbiyachilaridir.” Bu fikr har bir onaning jamiyatga munosib farzand tarbiyalashdagi mas’uliyatini anglatadi.

📘 2025-yil 18-iyul kuni Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxon onalar kuni” doirasida “Oilada kitobxonlik mutoalasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📖 Tadbir davomida kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar tanishtirildi hamda yozuvchi Akbar Mirzoning “Keksa merganning so‘nggi nishoni” nomli asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat ishtirokchilari ushbu kitobdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar va o‘z oilalarida kitobxonlik muhitini shakllantirish borasida fikr almashdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videroliklar_tanlovi #fotolavhalar_tanlovi

5️⃣5️⃣5️⃣

💚 Kitob - inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olamining go'zal naqshi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir.

🩷 Kitoblar - har bir shaxsni yuksak ma'naviyat va ma'rifatga yetaklovchi beminnat xazina, yo'l ko'rsatuvchidir.

📚 Kitobxon millat - o'z dunyoqarashi va tafakkuriga ega, salohiyatli va qudratli xalqdir.


🌐 Shahrisabz davlat pedagogika instituti va homiylar tomonidan “KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!

Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 soniyadan 1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.

🛫 Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar @elzodauktamqizi telegram manziliga topshiriladi.

Tanlovda g'oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

🎁 Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ( jami 20 nafar) ijodkor 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📚 Yana 20 nafar ishtirokchi "Izlam" toʻplami bilan ragʻbatlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!


📚 Shuningdek, 100 nafar rag'batlantiruvchi o'rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o'ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.

🎉 Barcha g'oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so'lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!

Kitob ma'rifati bilan yashash saodati barchamizga nasib etsin!

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram | Instagram | Facebook |You tube | shdpi.uz|
📚 #Yõl_yõlakay_õqiymiz

📅 2025-yil 21-iyul

Bugun Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi doirasida Sahovat MFY ko‘chalari bo‘ylab aholiga kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.

📖 Tadbirning asosiy maqsadi – mahalla fuqarolari orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni kitob o‘qishga undash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

📚 “Yo‘l-yo‘lakay o‘qiymiz” loyihasi kitobni keng ommaga yetkazish va mahallalarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
🇺🇿 Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldilar.
Davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida bardavom kuch-quvvat tilaymiz!

Yurtimizda boshlangan islohotlar, yangilanishlar va taraqqiyot yo‘li bardavom bo‘lsin!

@hukumatportali✔️
🇺🇿 24 июля Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев празднует своё 68-летие.

С 2016 года он возглавляет страну, за это время трижды побеждал на выборах и запустил масштабные реформы в экономике, социальной сфере и госуправлении.

Шавкат Мирзиёев родился в 1957 году в Джизакской области. По образованию — инженер-механик, кандидат технических наук. До политики преподавал в вузе.

В большой политике — более двух десятилетий. С 2003-го по 2016-й занимал пост премьер-министра. После смерти Ислама Каримова возглавил страну, получив в декабре 2016 года более 88% голосов.

При нём начались важные преобразования: либерализация экономики и судебной системы, реформы и открытость Узбекистана миру.

@Tashkent_Land
Forwarded from 🥷🏻م
Sergeli tumanida "Zakovat" intellektual o‘yinining tuman bosqichi yuksak saviyada o‘tkazildi. Bu bellashuv Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazi Sergeli tuman bo‘limi, Sergeli tuman hokimligi, "Zakovat" intellektual klubi hamda Yoshlar ishlari tuman boʻlimining tashabbusi bilan, bilimga bo‘lgan ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash, mantiqiy tafakkur va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

🟡 Zakovat o‘yini doirasida tumanda faoliyat olib borayotgan 15 ta hamkor tashkilotlar orasida Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari faol ishtirok etishdi. Oʻzlarining jamoalari bilan  o‘zaro bilim va ziyolilik asosida bellashdi. Har bir savol atroflicha o‘ylash, muloqot qilish va tezkor xulosa chiqarishni talab qildi. Bu esa ishtirokchilarni nafaqat bilim, balki ijtimoiy va kommunikativ ko‘nikmalarda ham sinovdan o‘tkazdi.

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
"Siyosiy-ma’rifat soati"

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ Joriy yilning 25-iyul kuni Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"ni tinglashdi.



Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova
📚 #Dolzarb_90_kun
#Yoz_õtmoqda_soz

2025-yil 23-iyul kuni Sergeli tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Bilimdon kitobxon” klubining faol a’zosi bo‘lgan kitobxon bolajonlar uchun “Kitob – xazina, bilim – boylik” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida bolajonlar o‘rtasida kitoblar targ‘iboti olib borildi hamda o‘qishga tavsiya etilgan adabiyotlar haqida suhbatlar o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar tashkil qilinib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling!

👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻👇🏻
Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayt | Twitter | QR-Kitoblar | Mobil ilova