Samarqand sadosi
15.7K subscribers
6.68K photos
1.71K videos
104 files
4.46K links
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

Taklif va murojaatlar uchun
@SamMM_kanalbot

Axborot xizmati: @Abbos_Shodmonqulov
Download Telegram
#Kitob_taqdimoti

📚Samarqand shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi” telekanali va Fanlar akademiyasi hamkorligida 8 ta tilda tayyorlangan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu to‘plamda dunyo tamadduniga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz haqida eng muhim ma’lumotlar jamlangan. To‘plamdagi tasvirlar sun’iy intellekt yordamida yaratilib, tarixiy voqealar qiziqarli tarzda aks ettirilgan.

Mazkur kitob 8 ta tilda chop etilgan bo‘lib, unda QR havola orqali ma’lumotlarni eshitish va ko‘rish imkoniyati mavjud.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍21
▶️ Intizom podkastining 2️⃣-soni joylashtirildi.

PODCASTNI TO'LIQ KO'RISH

👤 Bizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz!

🌐
Instagram 🌐Telegram
▶️ Youtube 🌐 Facebook
#Xayrli_tong

Dubay asoschisi Shayx Rashiddan o‘z davlatining kelajagi haqida so‘rashganda, shunday javob bergan ekan: ''Mening bobom tuyada yurardi, otam tuyada yurardi, men "Mersedes"da yuraman, o‘g‘lim "Lend-Rover"da yuradi, nevaram "Lend-Rover"da yuradi, lekin evaram tuyada yuradi..."
Nega bunday?!
Og‘ir paytlar kuchli kishilarni, kuchli kishilar yengil paytlarni paydo qiladi. Yengil damlar kuchsiz odamlarni, kuchsiz odamlar og‘ir paytlarni paydo qiladi.
Shunday ekan, farzandlarni dangasa emas, harakatchan qilib tarbiyalash kerak.

🌤Shanba kuningiz xayrli boʻlsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_kontent
#yangiruhiyat
#tabiatniasra

Inson bilan boʻri hech qachon doʻstlashmaydi deyishadi. Bekor gap.
Yerimiz bir boʻlsa, suvimiz bir boʻlsa. Kel, birga doʻst boʻlib yashaymiz.

🎬 "Chinor ostidagi duel" filmidan parcha

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi Axborot xizmati

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Alisher Navoiyning fikricha inson maqomi nima bilan o‘lchanadi?
Anonymous Quiz
28%
Jamiyatda erishilgan mavqe
52%
Fe’l-atvor, iroda
19%
Qolgan ilmiy merosi
2%
Yoshi va mansab
👍1👏1
#kun_hikmati

O‘zini anglagan kishi boshqani ayblashdan tiyiladi.

©Abu Hamid G‘azzoliy


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
📚 "Mening mahallam" filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun respublikamizning barcha hududlarida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida "O‘zbekfilm" tomonidan suratga olingan "Mening mahallam" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirda viloyatimizning shahar va tumanlaridagi mahalla faollari Samarqand shahridagi yoshlar markaziga kelib, ishtirok etdi.

Taqdimotning ochilishida Toshkent shahridagi markaziy studiyasidan qatnashgan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev dastlab mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.

So‘ngra ushbu filmda o‘zbek xalqiga xos mehr-oqibat, hamjihatlik, qiyin va quvonchli kunlarda bir-biriga yelkadosh bo‘lish kabi yuksak insoniy fazilatlar yorqin tasvirlanganini e’tirof etdi. Filmni suratga olishda ishtirok etgan ijodiy jamoaga minnatdorchiligini bildirib, ularga O‘zbekiston Mahallalar uyushmasining sovg‘alarini topshirdi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2