Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.1K photos
795 videos
19 files
2.61K links
Download Telegram
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

❗️ESLATMA

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

📌 Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏53
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 7-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalarini Kembrij ta’lim tashkiloti rejalashtirilgan vaqtdan oldinroq e’lon qildi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏1
#ijod_yoshlari
#tanlov
#birinchi_bosqich

❗️"IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 "Ijod yoshlari" tanlovining tuman (shahar) bosqichi joriy yilning 17-aprel kuni 6-sinflar uchun, 18-aprel kuni 5-sinflar uchun va 19-aprel kuni 4-sinflar uchun belgilangan manzillarda oʻtkaziladi.

⬇️Ruxsatnomani mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.

Ruxsatnomada test sinovlari oʻtkaziladigan manzil hamda vaqti koʻrsatilgan boʻladi.

‼️ Talabgor tanlovga ruxsatnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishi shart!

Tanlovning tuman (shahar) bosqichi test shaklida o‘tkaziladi.

📝O‘quvchining ijodkorligi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashi berilgan ma’lumotni tahlil qila olishi, akademik salohiyatini baholashga qaratilgan intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test beriladi va quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

oddiy darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan jami, 10 ball;
o‘rta darajadagi 10 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 balldan, jami 25 ball;
murakkab darajadagi 5 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3 balldan, jami 15 ball, umumiy 50 ball beriladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun har bir savolga 2 daqiqadan, jami 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

📌 Oʻquvchilarning test natijalari teng kelib qolgan taqdirda savollar darajasi inobatga olinadi. Murakkab darajadagi savollarni topgan o‘quvchilarga ustunlik beriladi.

💫 Test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan 3 nafar o'quvchi keyingi bosqichda ishtirok etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#birinchi_bosqich

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.

🗣Ma'lumot uchun, Prezident maktablariga 49 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bir oʻringa oʻrtacha hisobda 148 nafar talabgor toʻgʻri kelmoqda.


❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3