Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.96K subscribers
10.3K photos
808 videos
20 files
2.65K links
Download Telegram
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlaridan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🌐Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/July-2024-test-results-presidential-schools-admissions/


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
717794-samarkand-grade-5-results.pdf
176.5 KB
#imtihon_natijalari
#ikkinchi_bosqich

📣 SAMARQAND SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI EʼLON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

🎉Prezident maktabiga qabul qilingan 24 nafar o‘quvchilarni muborakbod etamiz!
👏13🎉4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

АXBOROT 24 | OKSANA CHUSOVITINAGA OʻRINBOSARLAR SARALANMOQDA

#uzbekiston24

00:34 — Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyevning jarayonlar yuzasidan intervyusi.

01:18 — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport uztozi Oksana Chusovitinaning intervyusi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
👍1👏1
#matbuot_anjumani

Bizning faoliyatimiz har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik masʼul xodimlari ishtirok etyapti.

Matbuot anjumanini ochib bergan Hilola Umarova jurnalist va blogerlarni yangi oʻquv yili bilan tabrikladi:

“Bizning tizim juda katta – maktablarimizda 6 yarim milliondan ortiq oʻquvchi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarimizda 2 milliondan ortiq bogʻcha bolasi, texnik xodimlarni qoʻshib hisoblaganda bir millionga yaqin pedagog jamoamiz bor. Oʻquvchilar va bogʻcha bolalarimizning ota-onalari bilan ham bevosita ishlaymiz. Bu degani, bizning kundalik faoliyatimiz deyarli har bir xonadonda har kuni muhokama boʻladi. Aytmoqchi boʻlganim, vazirlik tizimi faoliyati hammaning yaqqol koʻz oʻngida turadi. Mazkur jihat bizni yanada masʼuliyat bilan ishlashga undaydi, albatta”, – deya oʻz fikrini bildirdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#matbuot_anjumani

Noqonuniy egallab olingan maktab binolarini qaytarib olyapmiz


Anjumanda maktab yer maydonlarini noqonuniy egallash holatlari bo‘yicha ham savol berildi.

“Ochig‘ini aytishimiz kerak, bunday holatlar tizimga begona emas. Ayniqsa, 2019-2022 yillarda tizimdagi 279 ta maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida noqonuniy ravishda 470 ta holatda 93,6 gektar yer maydoni fuqarolar va mahalliy hokimliklar qarori asosida oʻzlashtirilgan.
Bugungi kunda, 256 ta holat boʻyicha Fuqarolik va maʼmuriy sudlarga davo arizalari kiritilib, 189 ta sud qarorlari tizim foydasiga qanoatlantirildi.
58 ta obyekt maktablar balansiga toʻliq qaytarilgan.
Birgina misol, Qo‘qon shahridagi 27-maktabni olaylik. Maktab binosini ikkita tashkilot noqonuniy ravishda egallab olgan. Vazirlikning pozitsiyasi aniq, biz maktablarni to‘liq qaytarib olishni xohlaymiz. Hozirda bu borada harakatlar olib borilyapti”

– deya munosabat bildirdi Hilola Umarova.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#matbuot_anjumani

Darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda

Anjumanda ishtirok etayotgan bloger Zafar Solijonov darsliklar bilan ta’minlash mavzusida savol berdi:

Siz vazir bo‘lishingizdan oldin darsliklar masalasi ancha muammo bo‘lgan. Murojaatlar soni ham ko‘p edi. Hozir vaziyat yaxshilandimi? Darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumot bersangiz? Muammolar bormi yoki muammolar to‘liq bartaraf etildimi?


Javob:

Haqiqatan, eng ko‘p muhokama bo‘ladigan mavzulardan biri. Umuman olganda, darsliklar yetkazib berish masalasi bo‘yicha may oyida reja tasdiqlanadi. Ya’ni, har bir hudud o‘z ehtiyoji asosida buyurtma beradi. Vazirlik buyurtmalarni muvofiqlashtiradi va o‘quv yili boshlanishiga qadar yetkazib beradi.

Sentabr oyida ham ba’zi o‘quvchilar maktabini o‘zgartirishi mumkin, darslik esa o‘sha o‘quvchining eski maktabiga etkazilgan bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi maktablarda darslik ortib qoladi, ba'zi maktablarda darslik yetmay qoladi. Bu vaziyatlar turli tushunmovchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Biz buni inobatga olib, operativ ishlash uchun har bir hududda shtab tashkil qildik va muammolarni joyida hal qilishga harakat qilamiz. Yana shuni aytib o‘tishim joizki, hozirda darsliklar bilan ta’minlash yo‘nalishida raqamli tizim yaratilmoqda. Bu endilikda mavjud muammolarni yanada tezkor hal qilishimizga imkon yaratadi — dedi Hilola Umarova.


Ma’lumot uchun, ayni damda maktablarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan darsliklar qabul qilinib, o‘quvchilarga tarqatilmoqda. Bugungi kunda chop etib bo‘lingan 25,8 mln nusxa darslik joylarga yetkazildi. 30,5 mln nusxa darsliklar chop etilmoqda.