Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.1K photos
795 videos
19 files
2.61K links
Download Telegram
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

🗺IMTIHON OʻTKAZILADIGAN MANZIL:

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sarikoʻl koʻchasi, moʻljal: 175-umumiy taʼlim maktabi).

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga o‘quvchilar ikki bosqichli imtihon (jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari) asosida qabul qilinadi.


Birinchi bosqich:
umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha;
maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha.

Badiiy gimnasika yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
• yotgan holda qo‘l va oyoqlarni juftlashtirish (Pres) 10 soniya;
asosiy holat oldinga egilib, oyoqlarni quchoqlab ko‘krak qafasi bilan tizzalarga yopishib (5 soniya) ushlab turish;
30 soniya davomida arqonda sakrash;
arqon bilan bir urinishda ikki martalik sakrash;
50 sm balandlikdan o‘ng va chap oyoqda shpagatga o‘tirish hamda ikkita o‘rindiqda o‘rta shpagatga o‘tirish;
qoʻllarni bukmagan holda tananing old va orqa qismiga oʻtkazish.

Badiiy gimnastika yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
yerga yotib, belni vertikalga ko‘tarish;
qorinda yotgan holda ikki oyoqni ushlash;
risk mashqlari (arqon bilan mashq
bajarish);
risk mashqlari (halqa yoki to‘p bilan);
risk mashqlari (arqondan tashqari barchasi);
aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Koltco);
aylanishlar mashqi ikkisidan biri (Fuyete yoki Panshe);
aylanishlar mashqi (Fuyete);
muvozanat saqlash o‘ng va chap oyoqlarni yonga ko‘tarish;
katta sakrashlar (shpagatga);
katta sakrashlar (shpagat koltsoga);
jette anturnan.

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
joyidan uzunlikka sakrash;
gimnastika narvonida oyoqlarni ko‘tarish;
30 soniya davomida sakrash (marta) N = 60 sm;
60 soniya davomida sakrash (marta) N = 40 sm;
gimnastika devorida osilib oyoqlarni ko‘tarish (bajarish sifatiga qarab marta);
halqaga chiqish va tushish (marta)
oyoqlarni ochgan holda (spichag);
gimnastika devorida osilgan holatda oyoqlarni to‘liq ko‘tarish (10 marta vaqtga).

Sport gimnastikasi yoʻnalishi boʻyicha maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari:
qo‘lda tik turish;
qo‘shpoyada tayanch yordamida 90 gradus;
qo‘shpoyada tayanch yordamida 180 gradus oyoqlarni ushlab turish;
doira shaklida aylanish (soni);
oyoqlar ochilgan holatda spichag (marta);
kuch bilan aylanib chiqish;
60 soniya tayanch holatda qo‘llarda depsinish (bajarish sifatiga qarab marta);
past turnikda 45 gradusda tebranish (bajarish sifatiga qarab marta);
egiluvchanlik uchun mashqlar;
oyoqlar juft holatda oldinga egilish;
ko‘prik;
shpagat (o‘ng, to‘g‘ri, chap).

Ikkinchi bosqichda test sinovlari
(har ikkala yoʻnalish uchun):
1-2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov hamda Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-29-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

❗️Mazkur sport maktablariga uzoq hududlardan hujjat topshirgan talabgorlar 26-avgust sanasidan quyidagi manzillardagi yotoqxonalarga joylashishlari mumkin:

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yotoqxonasi. (Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, "Sportchilar" koʻchasi, 19-uy).

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun:

📍Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.
(Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy MFY, Lutfiy 4-tor ko'chasi, 38-uy)

‼️Diqqat! Sport maktablariga hujjatlar qabuli bugun yakunlanadi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi

Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.

Ayni vaqtda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.


Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 29-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi boshlandi

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida badiiy gimnastika va sport gimnastikasi yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarining birinchi bosqichi oʻtkazilmoqda.

Birinchi bosqichda oʻquvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 399 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuil onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.


Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 29-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonidan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#sport_maktablari
#birinchi_kun

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlaridan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#sport_maktablari

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqich jarayonlaridan suratlar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#imtihon_2024
#sport_maktablari

⚡️BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN
SPORT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

🤩 Bugun, 30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi 1 smenada boʻlib oʻtdi.

📝 Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida oʻtkazildi:
5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi).

⌛️ Talabgorlarga test topshiriqlarini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

📶 Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#imtihon_2024
#sport_maktablari

⚡️GIMNASTIKAGA IXTISOSLASHTIRILGAN
SPORT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

🤩 Bugun, 30-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi 1 smenada boʻlib oʻtdi.

📝 Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi har ikkala yoʻnalish (badiiy gimnastika hamda sport gimnastikasi yoʻnalishlari) uchun test shaklida oʻtkazildi:

1-2-3-4-sinflar uchun psixologik test 10 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 15 ta test (jami 25 ta test 35 ball beriladi);
5-6-7-8-sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test ( jami 35 ta test topshiriqlariga 50 ball beriladi).

⌛️ Talabgorlarga test topshiriqlarini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

📶 Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 399 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#imtihon_natijalari_2024
#sport_maktablari

🔔IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

📶 IMTIHON NATIJALARINI quyidagi havolalar orqali koʻrish mumkin:

https://portal.piima.uz/page/sport-maktablari-imtihon-natijalari

https://mandat.piima.uz


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#sport_maktablari

🥊SPORT MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📆 Joriy yilning 27-28-29-30-avgust kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar shu yilning 12-, 13-, 14-sentabr kunlari quyidagi havola orqali ariza bilan Agentlikka murojaat qilishlari mumkin.

⚪️ HAVOLA

🗺 Maʼlumot oʻrnida, ariza topshirgan talabgorlar uchun apellatsiya jarayonlari joriy yilning 17-26-sentabr kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov, boks maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi.

Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.

Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 96 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#sport_maktablari

✔️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida tashkil etilgan Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

📍 Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sport vaziri Adham Ikramov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi, sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi, Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina, gimnastika maktabi oʻquvchilari va ota-onalar, pedagog-murabbiylar ishtirok etdi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga kirish imtihonlari ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqich imtihonlari 27-28-29-avgust kunlari o‘tkazildi. Unda talabgorlar umumiy hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha sinovdan oʻtishdi.


Ikkinchi bosqich imtihonlari 30-avgust kuni oʻtkazildi. Unda talabgorlar psixologik va intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha test sinovlaridan oʻtdi.

Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlaridan oʻtgan 74 nafar oʻquvchi qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#sport_maktablari

Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

Bugun, 8 mart kuni Ozarboyjonda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining final bahslarida 49 yoshli Oksana Chusovitina shohsupaga ko‘tarildi. Sakkiz karra Olimpiada ishtirokchisi sanalmish afsonaviy sportchimizning bu g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston davlat madhiyasi yangradi.

👉 https://kun.uz/kr/97412573

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3🎉1
#sport_maktablari

🤩 Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilari oʻsmir oʻgʻil bolalar oʻrtasida sport gimnastikasi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblik shohsupasidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#sport_maktablari
#1_iyun_20_iyun

🔔 SPORT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 1-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
sport razryadi yoki unvonini tasdiqlovchi hujjatning hamda sport razryadi yoki unvoni tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma nusxalari;
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionati va kuboklarida oxirgi bir yil (qabul yili va undan oldingi yil) davomida g‘olib, sovrindor bo‘lganligini tasdiqlovchi diplom.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sport_maktablari
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor

🤩 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi terma jamoasi Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida tashkil etilgan boks boʻyicha "Heydar Aliyev CUP-2025" xalqaro musobaqada ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

⚡️Mazkur xalqaro musobaqada sportchi oʻquvchilarimiz 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritib, gʻoliblik shohsupasidan oʻrin oldi.

💫 Sportchi oʻquvchilarimizga xalqaro musobaqalarda Vatanimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishdek sharafli vazifada ulkan zafarlar tilaymiz!

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#qabul_2025
#sport_maktablari

SPORT MAKTABLARIGA QANDAY HOLLARDA IMTIHONSIZ KIRISH IMTIYOZI BERILADI?


🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmoniga asosan:

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida gimnastika boʻyicha “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining Respublika bosqichi g‘oliblari (1 nafar o‘g‘il bola, 1 nafar qiz bola) belgilangan qabul kvotasi doirasida imtihonsiz (imtiyozli ravishda) Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga qabul qilinadi;

Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati, Oʻzbekiston kubogi hamda Respublika turnirlarining gʻolib va sovrindorlari (1-, 2-, 3-oʻrin sohiblari) Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining qabul kvotasi doirasida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.

📶 Maʼlumot oʻrnida:

🟢Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 1-sinfiga badiiy gimnastika va sport gimnastika yo‘nalishlariga jami 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

🟢Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining 5-sinfiga jami 24 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi.

☎️ Call-markaz: 1206

🤖 @piima_admission_chatbot

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Alisher Ubbiyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#sport_maktablari

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi sport maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5-sinf uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 1-sinf uchun badiiy va sport gimnastikasi yoʻnalishlari bo'yicha hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida 24 nafardan qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#imtihon_2025
#sport_maktablari

🤩 BAHODIR JALOLOV HAMDA OKSANA CHUSOVITINA NOMIDAGI SPORT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Sport maktablarining kirish imtihonlari 10–20-iyul kunlari o‘tkaziladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM