Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.65K subscribers
7.32K photos
630 videos
17 files
1.95K links
Download Telegram
#LIVE
#prezident_maktabi
#test_2023

Ayni daqiqalarda Samarqand shahridagi Prezident maktabiga iqtidorli o'quvchilarni test jarayonlarining 1-bosqichi boshlanish arafasida.

📌Imtihon jarayonlarini test2023.uz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
#prezident_maktabi
#test_2023
#2_smena

🔴LIVE

⚡️ Ayni daqiqalarda Samarqand shahridagi
Prezident maktabiga kirish imtihonlari jarayonidan fotolavhalar.
#prezident_maktabi
#test_2023

🔴today

⚡️Samarqand shahridagi Prezident maktabiga kirish test imtihonlaridan chiqgan o'quvchilarni ota-onalari va ularning ishonchli vakillariga topshirish jarayonlaridan...
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

🕊Prezident maktabining yangi qanotlari!

Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

🏵Ochiq eshiklar kunida yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda boshqa tashrif buyurgan mehmonlarga maktab pedagog xodimlari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek, Prezident maktablarining kun tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

🔅 O‘quvchilar va ularning oila a'zolarida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar ajoyib taassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
Telegram | Instagram | Facebook
#Prezident_maktabi

⚡️Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Altinbek Maksutov hamda Ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar muassasada tashkil etilgan ta'lim jarayonlari, undagi shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

🗣Shuningdek, Toshkent shahridagi Prezident maktabining turli yo'nalishlardagi eng ilg'or bilimlarini egallab kelayotgan bir qator faol o'quvchilari bilan bevosita muloqotga kirishib, ular erishayotgan yutuqlar va muvaffaqiyatlarni e'tirof etdilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi
#Qabul_2024

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi. 

Ochiq eshiklar kunida:

O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 24-MAY
Soat 12:30 dan 15:30 gacha
📍Manzil: Samarqand shahar, Amir Temur ko‘chasi 82-uy

Maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:

@soxib_0767
#imtihon_2024
#Prezident_maktabi

📣📣📣📣📣

🔔 Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (60 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍 Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv
#Prezident_maktabi

🕊Prezident maktabining yangi qanotlari!

Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🏵Uchrashuvda yangi qabul qilingan o‘quvchilar hamda boshqa tashrif buyurgan mehmonlarga maktab pedagog xodimlari tomonidan maktab hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek, Prezident maktablarining kun tartibi haqida ma’lumotlar berildi.

🔅 O‘quvchilar va ularning oila a'zolarida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar ajoyib taassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.iss.one/SamarqandPM
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov_2024 #natijalar
#Samarqand_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Samarqand shahridagi Prezident maktabida maktab Prezidentligi uchun o'tkazilgan saylov natijalari e’lon qilindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
#Happy_New_Year
#Prezident_maktabi

🎄Samarqand shahridagi Prezident maktabida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

☃️O‘quvchilarning chiqishlari, sho‘x kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar va turli sahna ko‘rinishlari bayram tadbiriga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.

🎁Ayniqsa, bezatilgan archa atrofidagi ustozlar hamda o'quvchilar birgalikda tayyorlagan teatrlashtirilgan bir-biridan qiziqarli chiqishlar va harbiy orkestrining musiqali sovg'asi yangi yil bayramini chin ma’noda ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta'minladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/SamarqandPM
#Zayed_Sustainability_Prize
#Prezident_maktabi

XALQARO TANLOV GʻOLIBLARI TANTANALI KUTIB OLINDI

Abu-Dabida boʻlib oʻtgan “Zayed Sustainability Prize” tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova,
mas'ullar hamda ota-onalar ishtirok etib, oʻquvchilarni samimiy tabriklashdi.


Eslatib oʻtamiz,
mazkur tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Paxlavon Gʻulomov hamda 9-sinf oʻquvchisi Asilbek Ashrapov “Global High schools” (global maktablar) yoʻnalishida yomgʻir suvini qayta ishlab iste’mol uchun yaroqli holga keltirish loyihasi bilan qatnashib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchilarimizga mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi.

❗️Taqdirlash marosimida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi va oʻquvchilarimizni gʻalaba bilan qizgʻin tabrikladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur xalqaro tanlovda oʻquvchilarimiz tomonidan taqdim etilgan loyihada ichimlik suvi tanqisligi mavjud tuman va qishloqlardagi foydalanilmayotgan yer maydonlarida katta miqdorda yomgʻir suvini toʻplash uchun yopiq hovuz (sisterna) va filtrlovchi uskunalar yordamida suvni qayta ishlab ichimlik va kundalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish nazarda tutilgan.

Endilikda bu loyihani moliyalashtirish uchun tashkilotchilar tomonidan 150 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi hamda ushbu gʻoya hayotga tatbiq etiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM