Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.65K subscribers
6.77K photos
570 videos
16 files
1.83K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_savoli
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar

✔️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ba'zilarida 9-10-11-sinflariga talabgorlar tomonidan sinf shakllantirish uchun yetarli hujjat topshirmaganligi sababli, ushbu sinflar tashkil etilmadi.

✔️
Lekin, nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan o‘quvchilarga imkoniyat berish maqsadida viloyat markazidagi yoki qo‘shni tumandagi
ixtisoslashtirilgan maktablarga tavsiya etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўз_ўқувчиларга

YANGI TASHKIL ETILGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABGA O’QISHGA KIRGAN O’QUVCHILAR VA ULARNING OTA-ONALARI FIKRI

⚡️
Mazkur o’quvchilar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi 3-son ixtisoslashtirilgan maktabiga o’qishga qabul qilingan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#Nukus_shahri

📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'z faoliyatini boshladi

📌 Ochilish marosimida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev hamda Agentlik tizimidagi maktab direktorlari va ota-onalar ishtirok etishdi.

🔰 Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy tarzda jihozlangan sinf xonalari va o’quvchilar ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🌐 Tadbir qatnashchilari yangi maktab imkoniyatlari bilan tanishib, ilmga chanqoq o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.

Ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, bugungi kunda 398 o'quvchi ta'lim olmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Kattaqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10 nafar 10– va 11– sinf o'quvchilari muddatidan avval talaba bo'ldi.

JUMLADAN:
Pardayev Adham Farhod o'g'li – PDP Universiteti;
Orifjonov Olimjon Mirakmal o'g'li – PDP Universiteti (grant);
Boliqulov Faxriddin Madamin o'g'li – PDP Universiteti (grant);
Qaxramonova Surayyo Xayrullo qizi – PDP Universiteti;
Niyatullayeva Gulnoza Rufat qizi – PDP Universiteti;
Ubaydullayeva Marjona Salim qizi – PDP Universiteti;
Mahmudova Dinora Mansur qizi – PDP Universiteti;
Mamadiyorov Azizjon Mamadiyor o'g'li – JIU Universiteti;
Samatova Dilroz Soli qizi – JIU Universiteti;
Ne'matullayev Humoyun Izzatulla o'g'li – Diplomat Universiteti

💫 O'quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

📢 DIQQAT E'LON!

❗️
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

⚡️
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga
tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktab_va_maktab_internatlar

📝 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️ HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM