Prezident maktabi |Samarqand shahri
1.95K subscribers
10.1K photos
795 videos
19 files
2.61K links
Download Telegram
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_131

10-aprel – yozuvchi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.

Abdulla Qodiriy 1894-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 2019-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4
#Tarixiy_sana
#Abdulla_Qodiriy_131

🤩 Agentlik tizimidagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tomonidan XX asr o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi keng nishonlandi.

"Buyuk adibga hurmat – ma’naviyatga sadoqat" shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida keng jamoatchilik vakillari Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga taklif qilindi. Mehmonlar adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish bilan birga ijod maktabi o‘quvchilari ijrosida kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldi.


Ijodiy va ilmiy uchrashuvlar davomida Qodiriyning asarlari bugungi kunda ham dolzarb ekanligi, ularda milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va madaniyatimizni chuqur ifodalangani alohida ta’kidlandi

Tadbir davomida ijod maktabi yoshlari tomonidan Adiblar xiyobonida Abdulla Qodiriy haykali poyiga, "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuiga gullar qoʻyildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM