Samarqand.uz
1.88K subscribers
43.3K photos
6.08K videos
118 files
16.7K links
Kanalimizdan olingan har bir material ostida kanalimizga havola berishni unutmang...

Samarqand shahar gazetasi

🌐 www.samarkandnews.uz/

🔍 facebook.com/samarkandnews.uz

https://www.youtube.com/@Samarqand_Gazetasi

#Samarqand #Samarqandnews #gazeta
Download Telegram
🍌 O‘zbekistonga 95,3 ming tonna banan import qilingan

🤩 Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 28 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 95,3 ming tonna banan import qilingan.

📊 Banan importi hajmi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 ming tonnaga oshgan.

📊 O‘zbekistonga 2025 yilning 6 oyida eng ko‘p banan import qilgan davlatlar:

— Ekvador – 94 ming tonna

— Xitoy – 539 tonna

— Qirg‘iziston – 295 tonna

— Hindiston – 224 tonna

— Boshqa davlatlar – 205 tonna


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
30-iyul kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo

🌡 +36°, +22°, Ochiq havo

Tong: +30°

Kun: +35°

Oqshom: +33°

Namlik: 17%

Shamol: Sharqiy, 6.9 m/s

Bosim: 754 mm sim. ust.

Oy: Oʻsayotgan oy

Quyosh chiqishi: 05:29

Quyosh botishi: 19:47


⏭️ @Samarkandnews_uz
"Xalq bilan yuzma-yuz turib, ularnining taklif va muammolarini tinglash eng to‘g‘ri yo‘l. Shu bois ishonch bilan bildirilayotgan hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi muhim. Chunki, biz xalqqa xizmat qilish uchun mas’ulmiz va har bir so‘z, har bir murojaat javobsiz qolmasligi kerak..."

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Cho‘pon ota, Bunyod va Shirin mahallalari fuqarolarining murojaatini tinglash avvalida.

Ochiq muloqot tarzida o‘tayotgan qabulda fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat, yo‘l ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi, obodonlashtirish, BSKlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat, uy-joy ta’miri, ishga joylashish hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatishga oid masalalar bo‘yicha murojaat bo‘lmoqda.

Ularning aksariyatiga joyida yechim topilib, vaqt talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilayotir.

Qabul davom etadi...


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqand shahar Yoshlar ishlari agentligi rahbari yangi vazifada ish boshladi

O‘zbekiston respublikasi huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Kamoliddin G'apparov Abdusalomovich – Samarqand tumani Inson ijtimoiy xizmatlari markazi direktori etib tayinlandi.

K.G'apparov tayinlovga qadar Samarqand shahar Yoshlar ishlari agentligi rahbari vazifasida faoliyat olib borgan.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Samarqandga Xitoydan yana 300 ta “Yutong” avtobuslari olib kelinadi

Shu maqsadda viloyat transport boshqarmasi hamda “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat muassasasi mas’ullari Xitoyning Chenjou shahrida bo‘lishdi.
Ular "Yutong" zavodiga borib, avtobuslarning ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.
112 gektar maydonda joylashgan zavod 30 ming fuqaroni ish bilan ta’minlagan. "Yutong" O‘zbekiston bozoriga 2012 yilda kirib keldi. Samarqandda zavodning 100 dona elektrobusi xizmat ko‘rsatmoqda.
Xizmat safari davomida mutasaddilar "Yutong" zavodi rahbariyati bilan muloqot olib bordi. Samarqandda foydalanilayotgan elektrobuslar soni ortib borayotganidan kelib chiqib, kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, Samarqand shahri uchun dastlabki bosqichda 80 ta, keyinchalik yana 250 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha fikr almashildi.
"Yutong" zavodi rahbariyati hamkorlik uchun doim tayyorligini bildirdi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirishda yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot va oziq-ovqat eksportini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi uch yilda 250 ming gektar paxta va g‘alla yeri oziq-ovqat yetishtirishga berilgani, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etilgani, eskirgan 107 ming gektari yangilangani, 1 milliard dollarlik 1,5 mingta oziq-ovqat loyihasi ishga tushganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, 100 ming tonna saqlash, 70 ming tonna quritish, 46 ming tonna saralash va qadoqlash quvvatlari yaratildi.

Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda. Shu oyda O‘zbekiston Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Kengashi a’zoligiga saylandi.

“Bu milliy va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish, yangi loyihalarga mablag‘ jalb qilishda biz uchun katta imkoniyat”,
- dedi Prezident.


⏭️ @Samarkandnews_uz
Eksport 21 ta tumanda o‘tgan yilga nisbatan 70 foizga ham yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, bu tumanlarda 80 ming gektar paxta va g‘alla ekilmaydigan maydon, yana 55 ming gektar tomorqa yeri bor.

Ushbu 21 ta tuman hokimiga viloyat hokimlari bilan birgalikda bu borada o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq rejalarni tuzish topshirildi.

“Mahsulotlarimiz sifatli va shirin bo‘lgani uchun tashqi bozorlarda “O‘zbekistonda yetishtirilgan” brendi shakllangan”,
- dedi davlatimiz rahbari.

Lekin, ayrim “chaqqon” savdogarlar hammadan oldin qimmatroq sotishni ko‘zlab, xom mevani eksportga chiqarayotgani tanqid qilindi. Oqibatda xorijdagi savdo tarmoqlari minglab tonna O‘zbekiston mahsulotini xom holatda yetkazib berilgani uchun qabul qilmagan.

Natijada O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlar tashqi bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotishi mumkinligi qat’iy ko‘rsatib o‘tildi.



⏭️ @Samarkandnews_
Bugungi kunda yangi bog‘larni barpo qilish va eskilarini yangilash uchun 350 million dona virusdan xoli, serhosil va eksportbop meva ko‘chatlariga ehtiyoj borligi qayd etildi.

Respublika bo‘yicha 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyalari tashkil qilindi. Ular ishni eng avvalo zamonaviy mahsulotni ko‘paytirishdan, ya’ni urug‘, ko‘chat va o‘g‘itdan boshlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mas’ullarga “Agrostar” kompaniyalari uchun zamonaviy “in-vitro” laboratoriyalarini barpo etish, 16 ta tumanda saqlash, qadoqlash, saralash va qayta ishlashni o‘z ichiga olgan bittadan zamonaviy agromajmuani ishga tushirish topshirildi.


⏭️ @Samarkandnews_
“MONTYORLAR” HAM BODI-KAMERA BILAN ISH OLIB BORMOQDA

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan viloyatda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yilning o‘tgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Batafsil ▶️ Samarkandnews.uz


⏭️ @Samarkandnews_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HOKIM YORDAMCHILARI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

"Sog‘lom tanda – sog‘ aql", deb bejizga aytilmagan, albatta. Ish samaradorligi bo‘lishi uchun ham ishchi-xodimlarning kayfiyati, sog‘lomligi muhimdir.

Shu maqsadda bugun shahardagi 2-son oilaviy poliklinikasida Samarqand shahridagi hokim yordamchilari uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Unda xodimlar poliklinikaning tajribali va malakali shifokorlari tomonidan barcha turdagi tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng ularning har biri uchun tibbiy tavsiya va xulosalar berilib, kasallik turiga qarab dori-darmon yozib berildi va tibbiyot muassasalariga ko‘rsatma berildi.


⏭️ @Samarkandnews_uz
💰 Markaziy bank 31-iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi:

1 USD - 12 591,57 soʻm (+91,56)
1 EUR - 14 545,78 soʻm (+74,52)
1 RUB - 153,82 soʻm (+1,86).


⏭️ @Samarkandnews_uz
🐝 O‘ZBEKISTONDA QANCHA ASALARI OILALARI BOR?

🤩 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda asalari oilalarining umumiy soni 742,5 ming donaga yetgan.

📊 Xo‘jalik toifalari bo‘yicha ularning soni quyidagicha:

fermer xo‘jaliklarida – 113,2 ming dona;

dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida – 502,3 ming dona;

qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda – 127 ming dona.


⏭️ @Samarkandnews_uz