Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialı | Rásmiy
1.08K subscribers
12.8K photos
1.87K videos
119 files
5.75K links
SamVMShBU Nókis filialınıń rásmiy kanalı
Web-sayt:https://www.sdvunf.uz
Facebook: https://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5
Instagram:https://instagram.com/samvmshbunf?
Bizge múrájat etiw➡️igshid=YmMyMTA2M2Y= https://
https://t.iss.one/pressa_murajat_bot
Download Telegram
#Xushxabar

⚡️⚡️Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalariga maxsus “Verified” (tasdiqlangan) belgisiga ega boʻldi.

Telegram: @eduuz
Instagram: instagram.com/edu.uz
Facebook: facebook.com/eduuzrasmiy

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi orqali rasmiy manbani soxta profillardan oson ajratish hamda asossiz va yolgʻon xabarlar tarqalishining oldini olish mumkin.

✔️ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyati, shuningdek, oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, huquqiy sharhlarni vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib boring!

➡️ @eduuz
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR

⚡️Pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar uchun ajoyib yangilik

📌 Endilikda ular 2-kursdan boshlab maktablarda oylik olib ishlashi mumkin

Vazir Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi talabalar bilan boʻlgan uchrashuvidan

#vazir #talabalar #uchrashuvi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

⚡️28 ta OTM World University Rankings – 2023 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi

🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi.

👏E’tiborlisi, bu yil respublikamizning yana 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi.

➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.

☑️ Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.

📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta universitet “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.

👉@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

⚡️QarDU talabasi Parij “Katta Dubulg‘a” turniri bronza medali sovrindori!!!

Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turniri oʻtkazilmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 7 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Quvonarlisi, turnirda Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda oʻtgan yilgi jahon chempionati finalchisi moʻgʻulistonlik Ariunbold Enxtayvandan ustun keldi.

💐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu g‘alaba bilan sportchi talabamizni samimiy qutlaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR
#ilm_fan_yutuqlari

O‘zbekistonlik yosh olimaning ilm-fan sohasidagi izlanishi dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi

15—17-fevral kunlari Fiji Respublikasida bo‘lib o‘tgan XII Jahon hind tili xalqaro anjumanida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedra mudiri, falsafa fanlari doktori Nilufar Xo‘jayeva O‘zbekistonda hind tili rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun “Vishwa Hindi Samman” (“Hind dunyosi faxri”) mukofoti bilan taqdirlandi.

Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/5150

Научные исследования молодой ученой из Узбекистана получили мировое признание

Заведующая кафедрой Ташкентского государственного университета востоковедения, доктор философских наук
Нилуфар Ходжаева награждена премией “Vishwa Hindi Samman” за большой вклад в развитие хинди в Узбекистане в XII Всемирной конференции хинди, которая прошла в городе Нади, Республика Фиджи 15-17 февраля т.г.

Подробно: https://edu.uz/ru/news/view/5150

The research of a young Indologist from Uzbekistan in the field of science has been recognized by Indian government

Head of the department of the Tashkent State University of Oriental Studies, PhD. Nilufar Khodjaeva was awarded the Vishva Hindi Samman (Pride of the Indian World) award for her great contribution to the development of the Hindi language in Uzbekistan in the XII World Hindi Conference, held in the Republic of Fiji on February 15-17.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Xushxabar

👏 Talabalar “Yosh kitobxon” tanlovi sovrindorlari bo‘lishdi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining so‘nggi 20-30 yosh toifasi bo‘yicha bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi Safoyeva Iroda Foziljon qizi 224 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallab, 50.000.000 so‘m va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Fayzullayev Azamat Abdullo o‘g‘li 213,6 ball bilan uchinchi o‘ringa loyiq deb topilib, 30.000.000 so‘m pul mukofoti sohibi bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu loyihaning 15-19 yosh toifasi bo‘yicha Samarqand davlat universiteti talabasi Prezident sovg‘asi “Spark” avtomobili sohibasi bo‘lgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

2 ta universitetimiz TOP-500 talik reytingdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds
– QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

👉Batafsil



2 вуза из Узбекистана вошли в рейтинг ТОП-500

Международное рейтинговое агентство Quacquarelli Symonds — QS World University Rankings объявило результаты «Предметного рейтинга» университетов мира за 2023 год.

Национальный университет Узбекистана и Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства» вошли в ТОП-500 высших учебных заведений по 4 направлениям наук (современные языки, математика, физика и астрономия, науки об окружающей среде).

Для справки, по результатам рейтинга 2022 года Национальный университет Узбекистана занял 451-500 место в области «Математика», а в этом году поднялся по этому направлению на 100 позиций.

👉Подробно



2 universities from Uzbekistan are among the TOP-500

The international ranking agency Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings has announced the results of the "Subject Ranking" of world universities for 2023.

The National University of Uzbekistan and the National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers" are among the TOP-500 higher educational institutions in 4 areas of science (modern languages, mathematics, physics and astronomy, environmental sciences).

👉Details

@eduuz
Forwarded from Edu.uz
#XUSHXABAR

O‘zMU Jurnalistika fakulteti “Oltin qalam” Milliy mukofoti bosh sovrindori bo‘ldi

Bugun “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu yili tanlov tarixida ilk bor milliy mukofot sohibiga yengil avtomobil topshirildi. Ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalar 5 tadan 12 taga koʻpaytirildi. Umuman, tanlovning nufuzi va qamrovi oshdi.

Tanlovda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti Bosh milliy mukofotga sazovor boʻldi hamda Prezident sovgʻasi  — “Gentra” avtomobilini qoʻlga kiritdi.

💐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasini ushbu mukofot bilan samimiy qutlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#xushxabar
#sertifikat

2 nafar bitiruvchi bosqich talabasi chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining Veterinariya meditsinasi yo‘nalishida o‘zbek va qoraqalpoq guruhlarida tahsil olayotgan 4-bosqich talabalari Jalol Kushimmatov va Janibek Orazbaevlar turk tili bo‘yicha B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘ldi. Test O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan abiturientlar magistraturaga hujjat topshira olmaydi.


Axborot xizmati

➡️Rasmiy kanalimizga a'zo bo‘lish
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
#xushxabar

71 yoshli ayol bakalavr darajasini oldi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida ta’lim olib, o‘qishini tugatayotganlar ichida 71 yoshli Chinnigul Do‘stxo‘jayeva ham bor.

Chinnigul opa filialning “Soz asbob ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishining bakalavr bosqichini tamomladi.

Armonim oliy ma’lumotli bo‘lish edi. Mana armonimga yettim. Hayotimning 50 yilini san’at sohasiga bag‘ishladim. Endigi armonim magistratura bosqichiga o‘qishga kirish, — deydi Chinnigul Do‘stxo‘jayeva.

🔠🔠🔠

В Нукусе успешно окончила вуз 71-летняя студентка

В Нукусском филиале Государственного института искусств и культуры Узбекистана прошло мероприятие «Счастливого вам пути, выпускники!». Среди выпускников есть и 71-летняя Шинигул Досхожаева.

Учиться никогда не поздно, поэтому у меня была мечта – стать специалистом с высшим образованием, – говорит Шинигул Досхожаева. – И вот моя мечта сбылась. Планирую продолжить учебу в магистратуре.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar
#QVZ

💠Filialning "Tulpor" QVZ jamoasi Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik-tanlovi Premyer liganing 2-mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ma'lum qilinishicha, 2-mavsum joriy yilning bahor oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 👌"Tulpor" jamoasiga zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

➡️Mavsumga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati bilan tanishish

👩‍💻Axborot xizmati

🌐Web-sayt Telegram 🌐Instagram
Facebook 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XUSHXABAR
#E’TIROF

👏🏻Bir guruh rektor va professor-o‘qituvchilar Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lishdi


Prezident farmoni bilan mamlakatimiz ilm-fani nufuzini yanada oshirish, ilmiy-texnologik salohiyatini yuksaltirishda akademik ilm-fanning rolini kuchaytirish maqsadida Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan bir qator oliy ta’lim muassasalari rektor va professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘ldilar.

Shu munosabat bilan joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimizning topshiriqlariga asosan Bosh vazir Abdulla Aripov Fanlar akademiyasining yangi haqiqiy a’zolariga ko‘krak nishoni hamda guvohnomani, shuningdek, Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva faxriy unvon, orden va medallarni o‘z egalariga topshirdilar.


Filologiya fanlari bo‘yicha:
Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori.

Psixologiya fanlari bo‘yicha:
Shaumarov G‘ayrat Bahromovich – “Profi universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti rektori.

Kimyo fanlari bo‘yicha:
Turabjonov Sadritdin Maxamatdinovich – Toshkent davlat texnika universiteti rektori;
Reymov Axmed Mambetkarimovich – Qoraqalpoq davlat universiteti rektori;
Tulyaganov Dilshod Ubaydullayevich – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti kafedra mudiri.

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha:
Tuxliyev Nurislam – O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori.

💐Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizning eng oliy ilmiy e’tirofiga sazovor bo‘lgan akademiklarimizni chin dildan muborakbod etadi!

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

Talabamiz Respublika tanlovining tuman bosqichi g‘olibasi bo‘ldi

4-bosqich talabasi "Qarekenshe online" jamoasining a'zosi Sh.Qarlibaeva
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani bosqichining g‘olibasi bo‘ldi. Talaba qizimiz ushbu tanlovga "EcoPost" loyihasi bilan qatnashib sertifikat hamda 1 700 000 so‘mlik vaucherga ega bo‘ldi hamda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sh.Qarlibaevani samimiy tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz!
----
4-kurs studenti, "Qarekeńshe online" komandasınıń aǵzası Sh.Qarlıbaeva
"Mırza Uluǵbek miyrasxorları" tańlawınıń Qaraqalpaqstan Respublikası Qanlıkól rayonı basqıshınıń jeńimpazı boldı.
Studentimiz "EcoPost" joybarı menen qatnasıp, sertifikat hám 1 700 000 sumlıq vaucherge iye boldı hámde tańlawdıń keyingi basqıshına jollanbanı qolǵa kirgizdi. Sh.Qarlıbaevanı qutlıqlaymız hám keyingi basqıshlarda tabıslar tilep qalamız!
#xushxabar

⚡️«Kelajak yoshlari» jamoasi Yevropaga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi


🥳Kuni kecha filialimizning «Kelajak yoshlari» jamoasi «Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi» ko‘rik-tanlovining yarim final bosqichida 1-o‘rin bilan finalga yo‘llanma olganligi haqida ma'lum qilgan edik. Bugun Toshkent davlat agrar universitetida tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi va ushbu tanlovni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga to‘xtaldi. Finalda jami 5 ta universitetning jamoalari g‘oliblik uchun bellashdi. Quvonarlisi, filialimizning «Kelajak yoshlari» jamoasi 1-o‘rinni egallab finalda mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash morasimida g‘olib bo‘lgan talabalarimizga diplom va Yevropaga sayohat yo‘llanmasi tantanali ravishda topshirildi.
🥳🥳«Kelajak yoshlari» jamoasini qizg‘in qutlaymiz va yutuqlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook