Forwarded from Edu.uz
#Prezident_taqdimot
#Professional_taʼlim
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar taʼlimi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda professional ta’lim sifatini oshirish hamda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu boradagi yangi tashabbuslar yuzasidan atroflicha axborot berildi.
Bugungi kunda 689 ta professional ta’lim muassasasida 714 ta kasb va mutaxassislik hamda 20 ta “Ishga marhamat” monomarkazida aholiga 54 ta kasb va 6 ta xorijiy til o‘rgatilmoqda.
O‘quvchilarga bir vaqtda ham o‘qish, ham ishlab daromad topish imkonini beradigan “dual ta’lim” shakli joriy etildi. Bu tizim samarasida 2 ming korxona bilan birgalikda 6 ming yigit-qiz o‘qitilmoqda. Shuningdek, yoshlarga 9-sinfdan keyin kasb-hunar maktabi, 11-sinfdan esa kollej va texnikumda turli mutaxassisliklar o‘rgatilmoqda.
O‘zbekistondagi har bir viloyatda dunyo tan olgan dastur asosida kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
Ularning bitiruvchilari xalqaro malaka va xorijiy til sertifikatiga ega bo‘ladi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube