#InnoWeek_2023
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi.
Haftalik doirasida ilk tadbir – O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni Savdo-sanoati palatasi raisi o‘rinbosari Ravshan Otaboyev ochib berdi:
– Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari jadallik bilan rivojlanmoqda. Ishbilarmon doiralar bilan aloqalarda mamlakatlar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Joriy yilda amalga oshirilgan tashriflar va imzolangan tegishli hujjatlar ikki davlat aloqalarining yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi. Eron ishbilarmon doiralarini biznes yuritish uchun O‘zbekistonda kutamiz va qo‘shma korxonalar ochish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz.
O‘zbek-Eron ishbilarmonlar forumida Eron Islom Respublikasidan tashrif buyurgan tadbirkorlar, ilm-fan vakillari hamda 100 nafardan ortiq mahalliy kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.
– Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalariga davlatlar rahbarlari darajasida e'tibor qaratilmoqda. Biz hamkorlik yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligi hamda IT sohasini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu hamkorlikning samarali natijasi o‘laroq Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyining ochilishini ko‘rsatish mumkin, – dedi Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili Xosseyn Parvarish.
❗️“InnoWeek.uz-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi ertaga, 17-oktabr kuni, soat 10:00 da “Alpomish” muz saroyida o‘tkaziladi. Barchangizni kutib qolamiz!
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi
“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.
– O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning aksariyati yoshlar va ilm-fan bilan bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning kejalagini barpo etishda asosiy yo‘nalish sifatida innovatsiyalar hamda ilm-fanga e'tibor qaratilmoqda. Ularni rivojlantirishda xalqaro hamkorlar bilan ishlash juda muhim.
Innovatsiyalar – yoshlar demak. Innovatsiyalar rivojlanishi uchun ularni tijoratlashtirish muhim. Bunda esa ijodkorlik muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda yangi g‘oyalar, yangi fikr hamda yangi loyihalar yoshlardan chiqadi.
Yangi texnologiyalar yaratish uchun dunyodagi mavjud innovatsiyalarni o‘rganish muhimligini qayd etamiz. Zero mavjud texnologiyani o‘rganmasdan yangilik qilib bo‘lmaydi. O‘tgan 5 yil davomida turli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydik. Oltinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur forum innovatsiyalarga investitsiya kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hamkasblarimiz ham, loyihalar soni ham yil sayin o‘sib bormoqda.
I.Abdurahmonov investorlarga alohida murojaat qildi:
– Innovatsiyaga investitsiya kiritar ekansiz sizlarga turli imtiyozlar beriladi. Shuningdek innovatsiyalarni joriy etmoqchi bo‘lsangiz soliqlarda imtiyoz beriladi.
Odamlar innovatsiyalarni bugun sezishlari kerak. Ertaga emas. Shu sababli ham sizlar kiritgan investitsiyalar odamlar hayotiga ham yengillik berishi mumkin.

👍2🔥1
#InnoWeek_2023
#Milliy_reyting
Ilmiy tashkilotlarning 2022-yildagi ilmiy-innovatsion faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida yuqori 10 talikdan o‘rin olgan ilmiy tashkilotlar rag‘batlantirildi.