#Qonunchilik_yangiliklari
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilariga sirtqi ta’limda alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi
2021/2020-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.
Bu bo‘yichavazifa Prezidentning 2020-yil 6-noyabrda qabul qilgan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmonida belgilangan.

Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
🔘 Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:
▶️ Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:
⏩ tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;
⏩ bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;
☑️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.
➡️ Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.
🎓 Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Talabalarni turar joy bilan qamrab olish mexanizmi takommillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov va Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanovlar sharh berdi.

YouTube
Talabalar turar joyi
Talabalarni turar-joy bilan taʼminlash choralari
#Qonunchilik_yangiliklari
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
🔰Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.
➖Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.
➖Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.
➡️ Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
👨🏻💻OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.
🗓 Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentabr kunlari koʻrib chiqiladi.
💰Stipendiyalar 1-sentabrdan tayinlanadi.
—

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi
Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).
Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.
____
🔗 Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
#Prorektor
#Yoshlar_yetakchisi
Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi
Prezident qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.
Shuningdek, taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi.

Uza.uz
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi
“Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.
Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:
🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.
🗓 2022-yildan boshlab:
🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.
Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426

Endi qisqa o‘quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas
🔰 Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalarida qo‘shimcha kvalifikatsiyalar bo‘yicha 6 oygacha bo‘lgan qisqa o‘quv kurslari orqali o‘qigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi.
▪️Unga ko‘ra ikki oy muddatda:
➖kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qo‘shimcha kvalifikatsiyani egallash bo‘yicha beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning o‘zida o‘zbek, rus va ingliz tillarida bo‘ladi;
➖shu bilan birga sertifikat elektron shakllarini QR-kod yordamida olish ham mumkin.
☝️Natijada fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ortiqcha ovvoragarchiliksiz ushbu sertifikatdan foydalana oladi.
✔️Ma’lumot uchun: bugungi kunda 255 ta professional ta’lim muassasalarida 24 ming nafarga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitilmoqda.

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi
🔰Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.
▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:
- masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
- internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
- o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
- fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
- kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
- texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
- ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
- ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.
🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi.
❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.
🔹Bunda:
- mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
- talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.
✅ Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:
- o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
- har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.
📌 Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

OTM soni yana bittaga ko‘paydi
🏛Prezident qarori bilan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi.
🔰Institut to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
🔹Institutda o‘quv jarayoni 2023/2024-o‘quv yilidan boshlanadi va kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
✅ 2024/2025-o‘quv yiliga qadar Institut huzurida to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
☑️ 2026/2027-o‘quv yiliga qadar Institutning kamida 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
✔️Shuningdek, Institut tarkibida:
➖Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
➖talabalar uchun Dizayn studiyasi;
➖ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi tashkil etiladi.
➡️ Batafsil ushbu havolada
👉@eduuz

#qonunchilik_yangiliklari
📑 Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning talabalari uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi
🔰Hukumat qarori (02.05.2023-y., №181) bilan davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
💬 Unga koʻra:
🔹 oliygohlar – har yili 15-oktabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;
🔹 vazirlik – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
✔️ Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning byudjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
▶️ Talabalar uchun stipendiyalarni tayinlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
‼️ Stipendiya sohiblariga belgilangan miqdordagi stipendiya ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar tayinlanadi va to‘lanadi.
🟥 Ma’lumot uchun, ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Hukumat qarori (02.05.2023-y., №181) bilan davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari
#yengillik #ijara_puli
⚡️Ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda
Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 605-son qaroriga (24.09.2021-y.) ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.
Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi.
Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi.
Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

#mezon #yotoqxona
⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
➖ xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
➖ “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
➖ oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
➖talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.