Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialı | Rásmiy
1.11K subscribers
12.8K photos
1.87K videos
119 files
5.76K links
SamVMShBU Nókis filialınıń rásmiy kanalı
Web-sayt:https://www.sdvunf.uz
Facebook: https://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5
Instagram:https://instagram.com/samvmshbunf?
Bizge múrájat etiw➡️igshid=YmMyMTA2M2Y= https://
https://t.iss.one/pressa_murajat_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#EduForum_2022

1-sho‘ba: Taʼlim – davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi omili sifatida

Forumning ushbu shoʻbasi doirasida ikki davlat universitetlariaro oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, magistratura taʼlimini rivojlantirish, geodeziya va kartografiya, avtomobil transporti boʻyicha oliy muhandislik maktablarini yaratish hamda shu kabi oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʻyicha bir qancha masalalar muhokama qilinmoqda.

Muhokamalarda Oʻzbekiston tomonidan Toshkent davlat transport, Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat, Namangan muhandislik-qurilish institutlari rektorlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan Don davlat texnika universiteti, Moskva davlat geodeoziya va kartografiya, Novosibir davlat milliy tadqiqotlar, Qozon federal universiteti ishtirok etmoqda.

Unda 2022-2027-yillarga moʻljallangan magistratura dasturlarini ishlab chiqish, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda “Energetika”, “Avtomobil transporti” oliy muhandislik maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish boʻyicha kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan.

Mazkur sho‘ba yakuni boʻyicha 10 dan ortiq kelishuvga erishiladi.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#EduForum_2022

2-shoʻba: Uzluksiz taʼlim tizimini yaratishda Rossiya va Oʻzbekiston tajribasi

Forumning ikkinchi sessiyasida ilm-fan, taʼlim va texnika sohalarida istiqbolli hamkorlik doirasida akademik va ilmiy almashinuv aloqalari va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʻzaro muzokaralarda mamlakatimiz tomonidan Oʻzbekiston milliy universiteti, Fargʻona davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetlari hamda Buxoro muhandislik-texnologiya va Toshkent kimyo-texnologiya institutlari, Rossiyadan esa Sankt-Peterburg davlat universiteti, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya Janubiy federal universiteti, Moskva xalqaro hamkorlik instituti rektorlari ishtirok etmoqda.

Unda bakalavriat va magistratura taʼlimida akademik hamda ilmiy almashinuvni yoʻlga qoʻyish, texnika, kimyo texnologiya va muhandislik sohalarida Rossiya universitetlari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kelishuvlarga erishiladi.

Sessiya yakuni boʻyicha 10 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.
🟣
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#EduForum_2022

Oʻzbekiston-Rossiya III taʼlim forumi Matbuot markazida ish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda...

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube