Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialı | Rásmiy
1.05K subscribers
13.2K photos
1.94K videos
122 files
5.89K links
SamVMShBU Nókis filialınıń rásmiy kanalı
Web-sayt:https://www.sdvunf.uz
Facebook: https://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5
Instagram:https://instagram.com/samvmshbunf?
Bizge múrájat etiw➡️igshid=YmMyMTA2M2Y= https://
https://t.iss.one/pressa_murajat_bot
Download Telegram
#ochiq_muloqot
#minnatdorchilik

Yuqori ball bilan davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalar bilan
ochiq muloqot olib borildi

Joriy 2024-2025-o‘quv yilida olis viloyatlardan va tumanlardan kelib, yuqori ball bilan davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalar bilan ochiq muloqot olib borildi. Ochiq muloqot avvalida joriy yil yuqori ball bilan davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalar xususida ma'lumotlar berib o‘tildi.
Olib borilgan ochiq muloqot davomida olis viloyatlardan va tumanlardan kelib, yuqori ball bilan davlat granti asosida o‘qishga kirgan talabalar so‘zga chiqib, o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

🔘Batafsil

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#ochiq_muloqot

🔺2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi

🔺Joriy yilning 8-yanvar kuni filial direktori A.Esimbetov boshchiligida, filialda 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda direktor o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va barcha bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. Muloqotda joriy 2025-yilda belgilab olingan yangi maqsadlar va vazifalar muhokama qilindi, o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔺Ochiq muloqot davomida 2025-yilda ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar keng muhokama qilindi. Filialda ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy izlanishlarga keng jalb qilish va ilmiy darajalarga ega bo‘lishlariga yordam berish masalalari ustuvor vazifalar sifatida belgilandi. Ochiq muloqot davomida xalqaro miqyosda anjumanlar va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Filialning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish va ilmiy-texnik innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.
🔺2025-yilda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar va konferensiyalar orqali o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi ilmiy imkoniyatlar yaratish, ilmiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, filialning xalqaro nufuzini oshirish maqsadlari ko‘zda tutilmoqda.
Bu kabi tadbirlar, nafaqat ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, balki o‘quv jarayonining sifatini oshirish, zamonaviy ilmiy yondashuvlarni va metodlarni tadbiq etishga ham xizmat qiladi.
🔺Ochiq muloqot davomida 2025-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha ishlarga qaratilgan aniq yo‘nalishlar va vazifalar belgilandi. Filialning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani kuchaytirish kabi muhim masalalar, kelgusi yilga qadar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar sifatida ajratildi. Muloqotda barcha ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini safarbar etish, belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
🔺Ushbu ochiq muloqot filialda 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar va maqsadlarni belgilab berishda muhim qadam bo‘ldi. Bu, shuningdek, filialning kelajakdagi rivojlanish strategiyasini shakllantirish va ta’lim sifatini yanada oshirish uchun zarur asosni yaratadi.

🔺Batafsil ma'lumot

🕊Telegram 📸Instagram 
📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM