Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Aprel2 #kitob
Xalqaro bolalar kitobi kuni

Xalqaro bolalar kitobi kunini nishonlash 1967-yildan tashkil etilgan bo'lib, har yili bolalarning sevimli yozuvchisi Hans Kristian Andersenning tug'ilgan kunida nishonlaniladi.

Joy: Yer sayyorasi
Vaqt: 1967-yil 2-aprel


@Samtvr
Forwarded from Samarqand sadosi
#Kitob_taqdimoti

"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti faollar zalida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov, harbiy xizmatchilar, faxriylar, maktab o'qituvchi va o'quvchilari hamda "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
👍4
Президент Шавкат Мирзиёев Боку шаҳрида озарбайжонлик адабиётшунос ва шоир Акиф Бағировни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев в Баку принял азербайджанского литературоведа и поэта Акифа Багирова.

#Mirziyoyev #qabul #shoir #kitob

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Kitob_taqdimoti

“Samarqand viloyati joy nomlarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

 Viloyat Axborot-resurs markazida Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan nashr etilgan lug‘at taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda keng jamotchilik, soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, filolog, geograf, tarixchi professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Taqdimotda viloyat hokimining maslahatchisi Sh.Temirov, professor S.Karimov, “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshevlar so‘zga chiqib, lug‘atni tayyorlash jarayoni, undagi ma’lumotlar haqida ma’lumot berishdi.

Tadbir yakunida lug‘atni nashrga tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.iss.one/SamTvr
👍1