Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#startap_loyihalar

⚡️Ikkinchi davra saralash jarayonlari o'tkazildi

Bugun IT-Park Samarqand filiali majlislar zalida "Samarqand viloyatida yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash dasturi"ning 2-davra saralash intervyulari bo'lib o'tdi.

➡️Intervyularda akselleratsiya dasturida samarali ishtirok etayotgan loyihalar taklif qilingan. Suhbatni viloyat hokimligi huzurida tashkil qilingan maxsus komissiya olib bordi. Intervyuda saralangan loyihalar viloyat hokimligi tomonidan subsidiyalar orqali moliyalashtiriladi.

☝️Eslatib o'tamiz, 1-davra intervyularida 3 ta loyiha bevosita moliyalashtirilgan edi.

👉Suhbat natijalari qo'shimcha e'lon qilinadi.

@Samtvr
#Innovatsion_hudud
#Yoshlar_texnoparki
#Startap_loyihalar

Joriy yilning 27-sentabr kuni Samarqand viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining Innovatsion rivojlanish sho'basi xodimlari tomonidan Urgut innovatsion tumanidagi startap loyihalar monitoringi hamda tumanda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan “Yoshlar texnoparki” bo'yicha amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari ko'zdan kechirildi. Mas'ullarga kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Sanoat_forumi
#Startap_loyihalar

“Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi” doirasida oliy ta’lim muassasalarining tijoratlashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalari va startap loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Jomboy tumanidagi “Sof Expo Samarkand” ko‘rgazmalar majmuasida Samarqand hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va sanoatchilar forumi ish boshladi.

Ko‘rgazma ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi viloyatimizning mahalliy sanoati salohiyatini ko‘rsatish, xorijiy va mahalliy investorlar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ko‘paytirishga, korxonalarimizda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Mazkur forum doirasida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari o‘zlarining turizm, farmasevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo sanoati hamda oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlaridagi tijoratlashtirishga qaratilgan ilmiy ishlanmalari va startap loyihalari bilan ishtirok etishdi.