Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
​​#Issiqxona
#Nazorat
#Samarqandviloyati
#Oqdaryotumani

▶️ Bugungi kunda aholi orasida sitrus mevalar va ularning qayta ishlangan mahsulotlariga boʻlgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida mashhurligi jihatidan birinchi oʻrinda turadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
🍋 Mamlkatimizda asosan limon, kamroq maydonlarda mandarin va apelsin yetishtiriladi. Shu bilan birga, himoyalangan joylarda mandarin yetishtirish uchun ham keng imkoniyatlar mavjud, lekin ular ham kasallik va zararkunandalardan holi emas.
Shunday ekan, joriy yilning 12-noyabr kuni viloyatimizning Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY hududidagi “Qirqfarxon” qishlogʻida yashovchi Z.A xonadonidagi issiq xonasida yetishtirilayotgan mandarin oʻsimliklari va pishib yetilgan mevalari karantin nazoratidan oʻtkazildi. Nazorat davomida oʻstirilayotgan oʻsimliklarda hamda mevalarida kasallik va zararkunandalar aniqlanmadi, lekin issiqxona egalariga sitrus mevalarni zararlaydigan oqqanot, soxta qalqandor, oʻrgimchakkana hasharotlariga, un-shudring, zang, qora mogʻor kasalliklariga qarshi va profilaktika chora-tadbirlari borasida tushunchalar va tavsiyalar berildi. Issiqxonadan qoʻshimcha daromad olish uchun rediska ekishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Agronom entomolog: Sh.Olimov

Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида энергия таъминоти соҳасида назорат тизимини тартибга солиш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш бўлиб ўтди.

При Президенте Шавкате Мирзиёеве состоялось совещание о мерах по упорядочению системы контроля в сфере энергоснабжения.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #nazorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat_tadbirlari

Navbatdagi nazorat tadbirlari Payariq tumanida o'tkazildi

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat_tadbirlari

Suv quvurlari va suv inshootini qurish ishlari o'rganildi


https://t.iss.one/SamTvr
#NAZORAT_TADBIRLARI

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari Paxtachi tumanida o’tkazildi.

Tumandagi “Saroy” mahallasi uchun "Islomsher Stroy Montaj" XK tomonidan yangi mahalla binosi qurilshida quyidagi qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilgan:

- Binoning tashqi devorlariga bazalt plita qoplash ishlari sifatsiz bajarilgan;
- Loyiha hujjatlarida plitalarning qalinligi 50 mm belgilangan bo‘lsada, joyida plitalar 40 mmdan 65 mmgacha qalinlikga ega;
- Plitalar devorlarga kley yordamida to‘liq yuzasi bo‘yicha hamda 5 dona dyubel yordamida biriktirilmagan;
- Tayyor qoplamalar yuzasining tekisligi talabga javob bermaydi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar inspeksiya tomonidan nazoratga olinib, qurilish-pudrat tashkiloti mas’ullariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berildi.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAZORAT_TADBIRLARI

Samarqand shahrining Qorasuv massivida qad rostlayotgan maktab qurilishi davomida loyihadan chetlashib, arzon materialdan foydalangan qurilish korxonasining ko‘zbo‘yamachiligi o‘tmadi.

Yuqoridagi qoidabuzarliklar Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida aniqlandi.

https://t.iss.one/SamTvr
👍2
#Nazorat_tadbirlari...

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini Ilmiy tadqiqot instituti direktori B.Fayzullaev hamda O'simliklar karantini va himoyasi Ishtixon tuman bo‘limi boshlig‘i T.Xasanov birgalikda Ishtixon tuman M.Jo'rayev MMTP "Chinni yer" f/x g'alla maydonlarini nazoratdan o'tkazishib, quyidagi tavsiyalarni berishdi.
PS: Fungisid  –  o‘simlik  kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy vosita.  Zang  kasalliklariga  qarshi  ob-havoning  kelishiga  qarab fevral oyining oxiri, mart  oyida  kasallik  belgilari paydo bo‘lishi bilan profilaktik 
ishlovlaramalga  oshiriladi.Profilaktik ishlovdan keyin  hududda  “Infeksiya bosimi” kuchli bo‘lsa yoki dalada zang bilan birga boshqa kasalliklar ham uchrasa, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lib, nam  havo saqlanib tursa, ob-havo bashoratini hisobga  olgan holda  20-30 kun o‘tgach, ikkinchi va yana  lozim bo‘lsa  uchinchi marta ishlov berish talab etilishi mumkin. Ushbu tizim qo‘llanilganda kasallikning oldi olinib, hosil asrab qolinadi.


https://t.iss.one/SamTvr
👍1
#Jarayon
#Nazorat

Ayni damda Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'i Sh.Urazov Ishtixon tumanida ekin maydonlarini ko'zdan kechirib, tumanning Qaychili mexanizatori MMTP va Oqchirog'osi bahori MMTP hududidagi fermer xo'jaliklariga ekilgan chigit maydonlarini, shu bilan birga chigit ekish jarayonlarini nazorat qilmoqda.

Boshqarmaning Ishtixon tuman bo'limi hodimlariga 2024-yil hosili uchun bajarilishi kerak bo'lgan tadbirlar, ekin maydonlariga feromon tutqichlarini o'rnatilishi, g'alla maydonlarida muntazam nazorat tadbirlarini olib borish va shunga o'xshash sohaga oid kerakli ko'rsatmalarini berib o'tmoqda.


Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
Президент Шавкат Мирзиёев бюджет маблағларидан фойдаланилиши устидан молиявий назоратни кучайтириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по усилению финансового контроля за расходованием бюджетных средств.

#Mirziyoyev #taqdimot #byudjet #nazorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#Nazorat_tadbirlari

Ishtixon tumanida gʻoʻza maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi oʻrganildi


Bugun viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'i Sh.Urazov, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand mintaqaviy filiali direktori B.Fayzullayev Ishtixon tuman boʻlimi boshligʻi T.Xasanov bilan birgalikda tumandagi "Asalchi Eldor" fermer xo'jaligi gʻoʻza maydonida
nazorat tadbirini olib borishdi. Gʻoʻza maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar yaʼni, gʻoʻzani parvarishlash, koʻsak qurti va boshqa zararli organizmlarga qarshi bilologik va kimyoviy ishlov berish samaradorligini oʻrganishdi.

🔹Oʻrganish soʻngida viloyat vakillari tomonidan tuman maʼsul xodimlariga gʻoʻza parvarishida agrotexnik tadbirlar, zararli organizmlarga qarshi bilogik va kimyoviy ishlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish kerakligi tushuntirib oʻtildi hamda kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев Ҳисоб палатаси томонидан 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йилги асосий вазифаларга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией Счетной палаты об итогах проделанной работы в 2024 году и основных задачах на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #nazorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2