SamTVR | MTRK
6.07K subscribers
95.8K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари видеоселектор йиғилиши Тиббиёт ходимлари куни арафасида ўтказилаётганини таъкидлаб, соҳанинг барча вакилларини байрам билан табриклади.
– Бугунги давр талаби шундайки, байрам кунлари, тантанали айёмларда ҳам, ҳаётнинг ўзи олдимизга қўяётган турли муаммолар ҳақида ўйлашимиз, уларнинг самарали ечимларини топишимиз зарур. Барча соҳалар қатори тиббиёт тизими олдида ҳам ғоят мураккаб вазифалар юзага келмоқда. Инсон саломатлиги учун ўзини масъул ва жавобгар деб ҳисоблайдиган ҳар бир тиббиёт ходими билим ва малакасини доимий ошириб бориши, янги технологиялар ва даволаш усулларини ҳар томонлама пухта эгаллаши энг ўткир масалага, ҳаётий заруратга айланмоқда. Аминманки, Абу Али ибн Синодек буюк аждодларимизнинг муносиб ворислари, Ўзбекистон тиббиёт мактаби анъаналарининг давомчилари бўлган сиз, азизлар, ўз фаолиятингизни ана шундай юксак мезонлар асосида ташкил этиб, олижаноб бурчингизни бундан буён ҳам шараф билан адо этасизлар, – деди Президент.
Соғлиқни сақлаш тизимини ривожлантириш, соҳа ходимларининг меҳнатини муносиб қадрлаш, малакали кадрлар тайёрлаш, хорижий тиббиёт марказлари ва олийгоҳлари билан илмий-амалий ҳамкорликни кучайтириш масалалари давлатимизнинг доимий эътиборида бўлиши таъкидланди.
Пандемиянинг биринчи кунларидан бошлаб бу курашга 100 мингдан зиёд тиббиёт ходимлари сафарбар этилгани, улар ўзларини аямасдан, жонларини гаровга қўйиб, ҳақиқий қаҳрамонлик кўрсатаётгани эътироф этилди.
– Ишонаман, жонкуяр шифокорларимиз бугунги белгиланган вазифаларни ҳам фидойилик ва матонат билан, бор билим ва тажрибаларини ишга солиб, албатта уддалайдилар. Энг катта бойлик бўлган халқимиз саломатлигини сақлашда ҳақиқатда жонбозлик кўрсатадилар, – деди Шавкат Мирзиёев.

Отметив, что сегодняшнее видеоcелекторное совещание проходит в преддверии Дня медицинских работников, глава государства поздравил всех представителей сферы с праздником.
- Нынешнее время требует, чтобы мы размышляли над проблемами, которые ставит перед нами жизнь, и находили их эффективное решение, даже в праздничные дни, торжественные моменты. Перед системой здравоохранения, как и во всех других сферах, стоят очень сложные задачи. Для каждого медицинского работника, который считает себя ответственным за здоровье человека, становится жизненно важной целью постоянно совершенствовать свои знания и навыки, осваивать новые технологии и методы лечения. Уверен, что вы, достойные преемники наших великих предков, таких как Абу Али ибн Сино, продолжатели традиций медицинской школы Узбекистана, с честью выполните свою благородную миссию, организовав свою деятельность на основе высоких критериев, - сказал Президент.
Отмечено, что вопросы развития системы здравоохранения, достойной оценки труда специалистов сферы, подготовки квалифицированных кадров, укрепления научно-практического сотрудничества с зарубежными медицинскими центрами и университетами будут в центре постоянного внимания государства.
Было подчеркнуто, что с первых дней пандемии на борьбу с ней было мобилизовано свыше 100 тысяч медицинских работников, которые, не жалея себя, рискуя собственной жизнью, проявляют настоящий героизм.
- Уверен, что наши врачи, действуя самоотверженно и настойчиво, прилагая весь опыт и знания, справятся с поставленными сегодня задачами. Направят все свои силы на охрану бесценного богатства, коим является здоровье людей, - подытожил Шавкат Мирзиёев.

#Mirziyoyev #videoselektor #tibbiyot #etirof

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TAZIM_SIZGA_AZIZ_USTOZLAR!

1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" ga bag‘ishlanadi!

Past Darg‘om tuman 56-IDUM da faoliyat yuritgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan o'qituvchilar:
•56-maktab nafaqadagi direktori- N.A.Raubaeva;
•ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi- N.Turayeva;
•nemis tili fani o‘qituvchisi- M.Obloqulova;
•boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi-X.Olimova;
•boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi-M.Malikova;
•boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi- X.Jo‘raqulova;
•ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi- S.Haydarova;
•rus tili fani o‘qituvchisi- O.Kononova;
•tarix fani o‘qituvchisi- S.Hakimovalar holidan 56-IDUM direktori Sh.B.Saidmurodova tomonidan xabar olinib, bayram bilan muborakbod etildilar.


#tazim_sizga_aziz_ustozlar
#ustozlarga_tazim #etirof
#bayramingiz_muborak_bolsin
#Etirof

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi Azimova Gulmira Djaxanovna "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

Samarqand viloyati transport boshqarmasi jamoasi yuksak eʼtirof, "Shuhrat" medali bilan Azimova Gulmira Djaxanovnani samimiy muborakbod etadi.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Eʼtirof

MUNOSIB RAG‘BAT

Joriy o‘quv yilida Narpay tumanida 11-sinf bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga kirishida bir qator maktablar yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Shu sababli tuman hokimligi tomonidan ushbu umumtaʼlim maktablariga moddiy texnik bazasini yaxshilashi uchun 17, 15, 29 va 52-maktablar direktorlari va barcha bitiruvchilari oliy ta’limga qabul qilingan 17-maktab 11-sinf rahbariga pul mablag‘lari sertifikatlari topshirildi.
_

#Эътироф

МУНОСИБ РАҒБАТ

Жорий ўқув йилида Нарпай туманида 11-синф битирувчилари олий таълим муассасаларига киришида бир қатор мактаблар юқори кўрсаткични қайд этди.

Шу сабабли туман ҳокимлиги томонидан ушбу умумтаълим мактабларига моддий техник базасини яхшилаши учун 17, 15, 29 ва 52-мактаб директорлари ва барча битирувчилари олий таьлимга қабул қилинган 17-мактаб 11-синф раҳбарига пул маблағлари сертификатлари топширилди.

https://t.iss.one/SamTvr
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Etirof

Samarqandlik ustoz va murabbiylar "Oliy ta'lim a'lochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb-mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar taqdirlandi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi Ibragimov Nozir Aliyevich, Samarqand viloyati Oliy ta'lim, fan innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Narbayev Alisher Erkinjonovich hamda oliy ta'lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etishdi.

https://t.iss.one/SamTvr
#1_oktabr_Ustoz_va_murabbiylar_kuni
#Etirof                                           Samarqandlik ustoz va murabbiylar "O’rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professional ta’lim  sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb-mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan ustozlar taqdirlandi. Tadbirda Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo'yicha yordamchisi N.A. Ibragimov Oliy ta'lim, fan innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i A.E.Narbayev hamda professional ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Samarqand sadosi
#Eʼtirof

“Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy sohaga o‘zining fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh viloyatimiz faollariga Samarqand shahridagi "Kengashlar uyi" majlislar zalida “Maʼnaviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Taqdirlash marosimida Samarqand viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xusan Toʻxtayev, Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Behzod Rahmatullayev  hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi rahbari Dilshod Ismailov ishtirok etib, koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarni samimiy tabrikladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube