Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#ayni_paytda

Mustaqilligimizning 33 yilligi shodiyonalari munosabati bilan Samarqand tumanidagi "Jo‘yi Abbos" mahallasi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
#Ayni_paytda

🔔Sarbozor mahallasida joylashgan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Mirbozor filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyev, tuman hokimi hamda tuman sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun qabul bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirga qadar fuqarolar tomonidan 40 dan ortiq turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu qabulda ishtirok etishni istagan fuqarolar Sarbozor mahallasida joylashgan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Mirbozor filialiga tashrif buyurishlari mumkin.

Lokatsiya: 👉https://maps.app.goo.gl/agmbvNvTfgVAr23F9

https://t.iss.one/SamTvr
#ayni_paytda

Kambag‘allikdan farovonlik sari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yuldashev va Nurobod tumanining tegishli mutasaddilari bilan birgalikda Nurobod tumanidagi 5 ta kambag‘al oila vakillarining oilaviy ahvolini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ularga amaliy yordam ko‘rsatish, kasb-hunarga yo‘naltirish va tomorqachilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i mazkur oila vakillari farzandlarining maktabdagi o‘qishi va ularni ilmli qilish maqsadida ular tahsil olayotgan maktabda bo‘lib, sinf rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda kambag‘al oilalarning farzandlari ichun badiiy kitoblar sovg‘a qildi.


O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
#Ayni_paytda

Besh tashabbus olimpiadasi doirasida O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun mahalla yoshlari o'rtasida "Gandbol" musobaqasining Samarqand viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Ta'kidlash joizki, besh tashabbus olimpiadasi platformasi orqali 72 mingdan ortiq yoshlar ro'yhatdan o'tgan bo'lsada, mazkur musobaqada ushbu sport turiga qiziquvchi mahalla yoshlari ko'pligi bois 100 mingdan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
👍3
#Ayni_paytda

Samarqandda “Ta’lim va Kasb — Kuz 2024” XXVI xalqaro ko‘rgazmasi o'tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, “MY FAIR” MCHJ hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 11-19-oktabr kunlari “Ta’lim va Kasb — Kuz 2024” XXVI xalqaro ko‘rgazmasi respublikamizning 5 ta shahrida bo‘lib
o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Ayni paytda Samarqand shahridagi "Ipak yo'li" xalqaro turizm universitetida ushbu ko'rgazma o'tkazilmoqda.

15 dan ortiq xorij universitetlari tomonidan o'quvchi yoshlar hamda abituriyentlar uchun ko'rgazmalar tashkil etilgan.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_paytda

Joriy yilning 27-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovi kuni.

Shu munosabat bilan, Samarqand shahridagi mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida "Yosh saylovchi, kelajaging uchun ovoz ber" mavzusida o'quv-amaliy seminar o'tkazilmoqda...

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
#Ayni_paytda

📌 MA'RIFAT ULASHIB

"Ma'rifat ulashib" loyihasi mehmonlari SamDU Kattaqo'rg'on filialida tantanali kutib olindi.

Aziz Said, Dilshod Rajab, Orif To‘xtash muassasa hududida daraxt o‘tqazdi.

Mehmonlar bilan filial professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi, filialda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova qatnashmoqda.

@SamTvr
#Ayni_paytda

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universitetida 27-oktabrda o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari kenashlariga deputatlar saylovi kunida 18 yoshga to'lgan, birinchi marta saylovda ishtirok etayotgan talaba yoshlar bilan uchrashuv o'tkazilmoqda.

Uchrashuv davomida "Saylov va yoshlar" targ'ibot loyihasi doirasida o'tkaziladigan yoshlar sayli munosabati bilan "Yosh saylovchi" viktorinasi ham bo'lib o'tadi.
@SamTvr
#Ayni_paytda

Samarqand shahrida "Saylov va yoshlar" targ'ibot loyihasi doirasida o'tkazilayotgan yoshlar sayli munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat kutubxonasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan "Mutolaa" loyihasi taqdimoti o'tkazilmoqda.

#Saylovvayoshlaforumi

@SamTvr
👍3
#Ayni_paytda

"Saylov va yoshlar" targ'ibot loyihasi doirasida Samarqand shahrida o'tkazilayotgan yoshlar sayli munosabati bilan mahalla yoshlari o'rtasida "Zakovat" intelektual o'yini bo'lib o'tmoqda...

@SamTvr
#Ayni_paytda

Shaxmat sport turini viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida ommalashtirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida Samarqand viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida sportning shaxmat turi bo'yicha "Viloyat hokimi kubogi" mubosabaqasi o'tkazilmoqda.

Musobaqa natijalariga ko'ra, g'oliblar viloyat hokimining esdalik sovg'alari bilan tantanali taqdirlanadi.

@SamTvr
#Ayni_paytda

#Sessiya

#Narpay

Ayni paytda tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o’tkazilmoqda. Sessiya ishida Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev ham ishtirok etmoqda...


https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_paytda
#Oqdaryo_sessiya

Ayni paytda tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o’tkazilmoqda. Sessiya ishida Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev ishtirok etmoqda...
#Ayni_paytda
#Oqdaryo_sessiya
#Jarayon

Sessiya kun tartibida uchinchi masala – tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Qonunchilikka ko'ra, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimining o'rinbosari Husan Tuxtayev tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.

Tuman hokimi lavozimiga nomzod Qudratov Sherzod Asatovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Deputatlar tomonidan Oqdaryo tuman hokimi lavozimiga Qudratov Sherzod Asatovich nomzodi tasdiqlandi.
#Ayni_paytda

IT maktab o‘quvchilarining takliflari eshitilmoqda

SamIT Global maktabi o‘quvchilari tomonidan ushbu soha bo‘yicha yoshlarga manfaatli bo‘lgan taklif va tashabbuslar tinglanyapti.

Yo‘llanayotgan eng yaxshi istiqbolli loyihalar mas‘ullar tomonidan ro‘yxatga olinmoqda.

Eslatib o'tamiz, yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan takliflar respublika ishchi guruhi tomonodan ko‘rib chiqilib, moliyalashtirilishi belgilab olingan.

@SamTvr
👍2
#Ayni_paytda

Samarqandda “Ta’lim va Kasb — 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o'tkazilmoqda

Ayni paytda Samarqand shahridagi "Ipak yo'li" xalqaro turizm universitetida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, “MY FAIR” MCHJ hamda bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ta’lim va Kasb — 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo’lib o’tmoqda.

Unda 15 dan ortiq xorij universitetlari tomonidan o'quvchi yoshlar hamda abituriyentlar uchun ko'rgazmalar tashkil etilgan

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Ayni_paytda

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Muxammadiyev Kattaqo'rg'on shahrida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkazmoqda.

Unda bojxonachilar sohadagi so'nggi yangiliklar to'g'risida batafsil tushuntirishlar bermoqda.


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda

Narpay tumanida Sevinch Ismoilova oʻz chiqishlarini boshladi va yoshlarga a’lo kayfiyat ulashmoqda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_paytda

"Istambul-Samarqand" aviareysi bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan yoʻlovchi bojsiz olib kirish normasidan ortiqcha hamda yoʻlovchi bojxona deklarasiyasiga yozib koʻrsatmasdan taxminiy qiymati 25 mln. soʻmlik, ogʻirligi 30 grammga yaqin zargarlik buyumlarini olib kelayotgan holati aniqlandi.

@SamTvr