#munosabat
"Oqsochlik" - qullik degani emas!
Bir kechada Samarqand viloyati hokimining takliflaridan kesib olingan jumla evaziga xato fikrlar ortganidan hayron qoldim. 2-3 oy ilgari mehribonlikda sahovatda butun dunyoga o'rnak bo'la olgan hamjihat yurtdoshlarimiz qani?
Hokimning bu taklifi bozor iqtisodiyoti talabi, bozor doim talab va taklifga qarab o'zgaradi. Bir uyda hamma savdo, davlat ishida ishlashi yoki bemor bo'lishi mumkin unday holda bu xizmatdan qurbi yetsa foydalansa ham o'ziga ham ishlatgan odamining oilasiga foydaku. Germaniya, Fransiya , Turkiyada bu soha ancha rivojlangan enagalik uchun Germaniyaga qancha erkak kishilar ham ketganligini unitmaylik.
Ayollar huquqini himoya qilib, ularning xizmatini ham sifat darajasidan oshirish hokimning taklifini asosi. Erkinjon Turdimov xalqqa yomonlik qiladigan hokim bo'lganida Surxondaryo va Navoiyliklar bizga yana qayting demas edi...
Ayollarimizni oqsochlik qilishini shunchaki istamasak 10 baravar ishlaylik, ajrashmaylik, ularni e'zozlaylik erkaklar!"
Obid Aliyev - Yoshlar ishlari agentligi Narpay tuman bo'limi boshlig'i.

#MUNOSABAT
СИНФ РАҲБАРИНИНГ МЕҲНАТИ ҚАДР ТОПМОҚДА
Шаҳло Саломова, Самарқанд шаҳридаги 20-мактаб ўқитувчиси, Халқ таълими аълочиси:
Очиғини айтадиган бўлсам, бир синф раҳбари сифатида умумхалқ муҳокамасига қўйилган Фармон лойиҳасида синф раҳбарининг меҳнати ва машаққати алоҳида инобатга олиниб, уни моддий ва маънавий қўллаб-қувватлашга алоҳида эътибор қаратилаётганидан хурсанд бўлдим.
Барчамиз биламиз, синф раҳбари агар синфида 30 нафардан ортиқ ўқувчи бўладиган бўлса, уларнинг барчаси мактабни битиргунга қадар ҳар бирининг тақдири ва келажаги учун қайғуради. Боланинг нафақат яхши таълим-тарбия олиши, балки унинг бирор бир кўнгилсиз ҳолатга сабабчи бўлиб қолмаслиги учун хавотирланиб туради. Шу боис доим сергак ва хушёр бўлишга интилади. Албатта бу масъулият, албатта, машаққатлидир.
Фармон лойиҳасида бу инобатга олиниб, меҳнатимиз эътироф этилаётгани Юртбошимизнинг ўқитувчига яна бир ғамхўрлиги ифодаси, халқимизнинг биз педагогларга бўлган ишончи, умиди ортиб бораётганидан далолатдир.

ТЕЛЕВИДЕНИЕ ОРҚАЛИ НАМОЙИШ ЭТИЛГАН МАКТАБДАГИ БЕТАРТИБ ҲОЛАТ ЮЗАСИДАН МУНОСАБАТ
Умумтаълим мактабларида ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишларини олиб бориш, синфхона, мактаб ҳовлисини тоза-озода сақлаш асосий вазифаси бўлган қарийб йигирма нафарга яқин техник ходим, фаррошлар меҳнат қилади.
Уларнинг ишини назорат қилиш ва самарали ташкил қилиш, таълим муассасасини обод масканга айлантириш, аввало, мактаб директори ва унинг ўринбосарлари, хўжалик ишлари бўйича масъул ходимларининг масъулиятига боғлиқ.
Афсуски, “Samarqand” вилоят телевидениеси орқали намойиш этилган Пастдарғом туманидаги 7-умумтаълим мактабларидаги ҳолатларни кўриб, директор ва ишчи-ходимларнинг масъулиятсизлигига бевосита гувоҳ бўлиш мумкин.
Мактабда ободонлаштириш ишларининг ўз вақтида олиб борилмагани, синфхоналардаги бетартиблик, маънавий-маърифий ишларнинг қониқарсиз ҳолатда эканлиги танқидий лавҳада акс этди.
Ҳолат юзасидан вилоят халқ таълими бошқармаси ва туман халқ таълими бўлимлари раҳбарлари томонидан ўрганиш ишлари олиб борилди. Бундай лоқайдлик ва ўзибўларчиликка барҳам бериш, синфхоналар тозалиги ҳамда жиҳозларни сақланишига эътибор қаратиш бўйича топшириқлар берилди. Айни пайтда мавжуд муаммолар бартараф этилмоқда.
Ўз вазифасига лоқайдлик билан ёндашган мактаб директори ҳамда хўжалик ишлари бўйича директор ўринбосари лавозимидан озод этилди. Вилоятдаги умумтаълим мактабларида бундай салбий ҳолатларнинг олдини олиш бўйича халқ таълими бўлими мудирлари ва мактаб директорлари огоҳлантирилди.
Самарқанд вилояти халқ таълими бошқармаси ахборот хизмати.
_________________
📌 Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy kanaliga ulanish: 👉 t.iss.one/samarqandvxtb

Telegram
SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali
Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB
Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz
https://samuzedu.uz/
Murojaat uchun: @sammmtb_bot

Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug‘lab kelgan. Unda ulg‘aygan har bir farzand, avvalo, o‘z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi. Shunday ekan, jamiyatda oilaning ahvoli kelajakni belgilovchi asosiy omil bo‘ladi. Oiladagi tarbiyaning o’rnini hech bir narsa bosolmaydi, na maktab, na mahalla. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o‘quv muassasasigacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab qo’yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 3.2 bandida esa ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o‘quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Sinf rahbari bilan oila o‘rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o‘quvchini to‘la o‘rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta‘sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbarining o‘quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati — ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Bunday xabarlashuvlar esa ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko‘taradi, o‘quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo‘yishga erishadi. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o‘qishini tekshirish, biror nojo‘ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil bo‘lishiga yordam bermaydi va ta'limda sifat va samaradorlikka erishishga to‘sqinlik qiladi. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
Samarqand shahar 19-maktab direktori Daminova Ozoda Rustamovna

TAʼLIM TIZIMIDA MAʼNAVIYATNING AHAMIYATI
#munosabat
Maʼlumki, mamlakatimizda yoshlarning taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor qaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Shu sababli ham oʻqituvchilar oʻz ustida tinimsiz mehnat qiladilar, ilm-fan yangiliklaridan boxabar boʻlib boradilar.
Ammo, mutaxassisligidan qatʼiy nazar har bir oʻqituvchida boʻlishi kerak boʻlgan yana bir mezon borki, uni aslo bahonalar bilan inkor etib boʻlmaydi. Bu mezon - maʼnaviyat!
Oʻqituvchi, avvalo, maʼnan yetuk, masʼuliyatli va talabchan boʻlmogʻi lozim. Zero, oʻqituvchi nafaqat talabaning taʼlimi, balki, tarbiyasiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazishi kerak.
Taʼlimni tarbiyadan tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʻlmaydi deb bejizga aytilmagan.
Shu sababli ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda taʼkidlanganidek, jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni, ruhi maʼnaviyatdir. Chunki maʼnaviy asoslarsiz, maʼnaviy negizlarsiz, maʼnaviy qadriyatlarsiz, maʼnaviy-milliy ruhsiz hech bir davlat oʻzining yuksak maqsadlariga erisha olmaydi.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, oʻqituvchining birinchi vazifasi tarbiya bermoqdir. Shu bilan bir qatorda taʼlim ham.
Dars mashgʻulotlari jarayonida bu ikki jihat birlashgandagina jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshuvchi, haqiqiy ilmli va komil insonlar yetishib chiqadilar.
Taʼlim - tarbiyaning bir qismi sifatida aqlni rivojlantiradi va sayqallashtiradi. Natijada u insonlar hayotida kerak boʻladigan ilmu maʼrifatni, turli maʼlumotlarni oʻrganadi. Lekin tarbiyaga oʻxshab keng qamrovli boʻla olmaydi. Chunki taʼlim insonni ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham taʼlim va tarbiya doimo birga boʻlishi talab etiladi.
Oʻqituvchi qachon maʼnaviyatga, maʼrifatga alohida eʼtibor qaratadi, qachonki, uning oʻzi maʼnaviyatli boʻlsa.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yosh avlodni oʻqitish jarayonida faqatgina oʻz mutaxassisligi boʻyicha emas, balki maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ham alohida eʼtibor qaratgan oʻqituvchi haqiqiy mahorat egasidir.
Orif XAITOV
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor

⚡️E'tiborga qachon "labbay" deymiz!?
✅Prezident nigohi yana yoshlarga qaratildi va 13-aprel kuni videoselektor yig'ilishi so'ngi 4 oy oraligʻida 3- marta o'tkazilib, undan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar bandligini taʼminlash, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'ldi.
👉Yig'ilishda oliy ta'lim rektorlari qattiq ogohlantirildi va 4 ta ta'lim dargohlarining rektorlari lavozimidan ham ozod etildi. Bu ham bo'lsa, yoshlar bilan ishlashni o'z holiga tashlab qo'yilganligidandir.
▶️Yig'ilishda yoshlarga ulkan imkoniyatlar yaratilishi aytib o'tildi, e'tiborlisi bu oxirgi 3-4 oy ichidagi yoshlarga berilayotgan 60 ga yaqin qulaylik va preferensiyalardir. Ijarada yashovchi talabalar uchun dastur tayyorlanganligi, hozirgi kunda 130 mingdan ortiq talabalar ijarada yashashini hisobga olgan holda talabalar yotoqxonalari qurilishiga 4,4 trillion soʻm mablagʻ ajratilib, 1-maydan boshlab talabalar ijara to'lovining 50% miqdorini davlat to'lab berilishini birorta yosh oldin hatto o'ylab ko'rganmidi?
👉Selektorda texnikumlar faoliyati ham tahlil qilindi, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasi olish, bir oylik harbiy xizmatni oʻtash harajatlari byudjetdan to'lab beriladi. Endi o'ylang, bu qanchadan-qancha shu imkoniyatdan to'laqonli foydalanolmayotgan yoki unga qurbi yetmayotgan tengdoshlarimiz uchun yangi eshiklarning ochilganidan dalolat emasmi!?
👉1 maydan boshlab "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi auksionsiz berilishi, 5 yil davomida ijara haqqi undirilmasligi, 1 maydan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati uchun kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 million so'mgacha subsidiyalar berilishi va ijaraga bino olib, o'z biznesini boshlaydigan yoshlarga 1 yillik ijara summasining 30% qoplab berilishidan qarabsizki, o'z-o'zidan yangidan-yangi ish o'rinlarining yaratilishiga zamindir.
👉Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ishlash borasida mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlarning tegishli xodimlari mas'uliyatsizliklarga yo'l qo'ysalar, jazo muqarra ekanligi ham alohida aytildi.
👉Oddiy bir talaba sifatida aytishim mumkinki, berilgan bu kabi imkoniyat va qulayliklarga faqatgina shu ona Vatanni sevish, unga munosib avlod bo'lish hamda ulardan oqilona foydalanish bilan javob berishning allaqachon vaqti keldi!
▶️ Bir so'z bilan e'tiborga javoban "labbay" deydigan zamonda yashayabmiz!
✍️Dildora MUHAMMADIYEVA - Samarqand davlat chet-tillar instituti talabasi
🗣Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Telegram
Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
Murojaat uchun: @samyoshbot

SAMARQANDLIK YOSHLAR
🇺🇿 Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi
Murojaat uchun: @samyoshbot
Murojaat uchun: @samyoshbot
#Munosabat
Bugun 24 iyul @SamTvr telegram kanalida (https://t.iss.one/SamTvr/43228) Samarqand shahri So‘g‘diyona maskani Nodirabegim mahallasi ichki ko‘chalarining holati haqida xabar berilgan edi.
Holat bo‘yicha Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining ma’lum qilishicha, Nodirabegim mahallasida yo‘l va irrigatsiya tizimlariga shikast yetkazgan fuqaro aniqlanib, qisqa fursatlarda muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
Obodonlashtirish boshqarmasi mavjud muammo haqida xabar bergan Nodirabegim MFY hududida yashovchi fuqarolarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
https://t.iss.one/SamTvr

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida maktab binosi suv bosganligi to‘g‘risida xabar e‘lon qilindi.
Haqiqatdan ham Samarqand shahridagi 17- maktab binosi oldidan o‘tgan "kanalizatsiya" trubasi kichiklik qilib, suvni tortishga ulgurmagan va maktabning hovli qismidagi tarafiga suv kirgan. Mazkur holat yomg‘ir tinishi bilan mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan. Shu o‘rinda aytish mumkinki, bugungi kungacha bunday muammo kuzatilmagan.
Muammo boshqarma boshlig‘i Shokir Sultonov va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinmoqda. Boshqarma boshlig‘i bu kabi muammolar takrorlanmasligi yuzasidan o‘zining tavsiyalarini berdi.
Shahar xalq ta‘limi bo‘limining maxsus ta‘mirlash ekspluatatsiya xizmati tomonidan muammoning takrorlanishini oldini olish uchun zarur ishlar amalga oshirila boshladi.

Maktab, bu — hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o'zi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev
Maktab – inson kamoloti shakllanadigan muqaddas dargoh. Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma'naviyat maskani hamdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida shu yilning 23-avgust 2020 yil xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ta'lim-tarbiya ishlarini yangicha tashkil etish, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas'uliyati, pedagoglar bilan hamkorligi va umuman maktab ta'limini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash masalasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
"Maktab ta'limi yurtimiz, qolaversa, barchamizning kelajagimizni belgilab beruvchi soha bo'lgani bois, avvalgi yillardagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda mamlakatimizni rivojlantirish uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, ta'lim tizimini ko'tarishimiz kerak! Faqat birgalikda harakat qilsak, ko'zlangan maqsadlarga erisha olamiz. Muammolarning yechimini topishga harakat qilib, yordam berish o'rniga faqat ularni ko'rsatib, aybdor qidirish bilan ovora bo'lsak, mamlakat sifatida dunyo bozoridagi raqobatbardoshligimizni yo'qotamiz. Shuning uchun ham maktab masalasi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, mamlakatimiz uchun hayot–mamot masalasidir", — deya ta'kidlab o‘tgan
Shunday ekan, maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchi yoshlar ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilayotgan maktab jamoasi va rahbar xodimlarning faoliyatida xato va kamchiliklarni topib, tanqid qilish emas, ularni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatish, bartaraf etish chora-tadbirlarini targ‘ib etish lozim.
Ta‘lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol o’ynagan. Maktabning tarixan taraqqiy etish davrida ta‘limni tashkil qilish shakllari turlicha bo’lgan. Ta‘limni tashkil etish shakllari ma‘lum ijtimoiy tuzum va shu tuzumning manfaatlariga mos holda shakllangan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta‘limning mukammal jamoa shakli, ya'ni dars necha yillardan beri takomillashib, unga qo’yilgan talablar murakkablashib va zamonaviylashib bormoqda. Ta‘lim maskanlari oldida turgan yangi vazifalar va ehtiyojlar o’quvchi-talabalarga beriladigan ta‘lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yuqori bosqichga ko’tarishni talab qilmoqda.
Ozoda Daminova,
Samarqand shahridagi 19-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori.

Samarqand shahar, Kimyogarlar qo‘rg‘oni, Madaniyat mahallasida chiroq yo‘qligi xususida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Samarqand shahar elektr ta'minoti korxonasi navbatchi dispecheri bergan ma'lumotga ko‘ra, "Kimyogar" podstansiyasidan chiquvchi 407-fiderning o‘chirib-yoqish uskunasida iste'mol yuklamasining ortishi natijasida nosozlik kuzatilgan. Mazkur nosozlik shahar elektr ta'minoti korxonasining avariyaga qarshi brigadasi tomonidan bartaraf etilib, elektr ta'minoti tiklangan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali matbuot xizmati.

SamTVR | MTRK
Samarqand viloyati teleradiokanali
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT
Umida Karimova,
SamDChTI o‘qituvchisi
- Muhtaram yurtboshimizni ayollarga yo‘llagan tabriklarini eshitib ayol sifatida, yosh o‘qituvchi sifatida juda ham xursand bo‘ldim...

Jamila Sayfuddinova,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
- Ona - bu avvalo oila tayanchi, jamiyatning mustahkam ustuni...

Ijtimoiy tarmomoqlarda Samarqand shahar Sartepa va Mikrorayon tomonda elektr uzatish tarmog‘ida chaqnash sodir bo‘lganligi xususida video murojaatlar tarqaldi.
Kuni kecha kuchli shamol va yog‘ingarlik natijasida “Mikrorayon” podstansiyasidagi VT-2-10-2 tarmog‘ining o‘chirib yoqish uskunasida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Buning natijasida Sartepa maskanida, Ilmobod, Do‘stlik, Lolazor, O‘rta xo‘jasoat, Taraqqiyot, Bahor, Dahbed mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni damda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining tezkor chiqish brigadalari tomonidan tarmoqda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada nosozlik to‘liq bartaraf qilinib, iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minoti to‘liq yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.
✅ https://t.iss.one/SamHETK

📌 Jomboyda toshqin kuzatilmadi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Jomboy tumanida sel-toshqin tabiiy ofati yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu videolavhalar tumanimizga oid emasligi, hozirda bu kabi talafot haqida tuman shtabiga xabar kelib tushmaganini ma’lum qilamiz. Yurtdoshlarimizdan bunday asoslanmagan xabar tarqatmaslikni so‘raymiz.
Jomboy tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/SamTvr
📌 Jomboyda toshqin kuzatilmadi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Jomboy tumanida sel-toshqin tabiiy ofati yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu videolavhalar tumanimizga oid emasligi, hozirda bu kabi talafot haqida tuman shtabiga xabar kelib tushmaganini ma’lum qilamiz. Yurtdoshlarimizdan bunday asoslanmagan xabar tarqatmaslikni so‘raymiz.
Jomboy tumani hokimligi Axborot xizmati
https://t.iss.one/SamTvr
Telegram
SamTVR | MTRK
Samarqand viloyati teleradiokanali
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
#Munosabat
Viloyatimizning ayrim hududlarida kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida yomgʻir suvlari toʻplanib qolish holatlari kuzatilmoqda.
Jumladan: Urgut tumani hududlarida qisqa vaqt ichida koʻp miqdordagi yomgʻir yog‘ishi va yomg‘ir suvlari yigʻilib, suv o‘tkazish tizimiga sigʻmasdan toshib chiqishi holati kuzatildi.
Ushbu hodisalardan fuqarolarning jabrlanish va binolarga talafot etish holatlari bo‘yicha ma'lumotlar kelib tushmagan.
Hozirda FVB, IIB, hokimlik va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Shu kunlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishini hisobga olib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib, yashash xonadonlaringiz va ko‘cha hamda dala hovlilaringizda joylashgan ichki suv ariqlaringizni tozalashni unutmang!
Boshqa yangiliklar👇
Facebook | Telegram | instagram | Youtube

Ўзбекистонда хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва имкониятлари кенгаймоқда
👉 https://uzlidep.uz/news-of-party/15854
Жамиятнинг сиёсий фаол аъзоси сифатида Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтаёган Осиё хотин-қизлари форумида қатнашар эканман минтақада хотин-қизларнинг имконият ва салоҳиятини рўёбга чиқариш масалалари ва уларнинг иқтисодиётдаги иштирокини янада кенгайтириш, ҳозирги замонда давлат ва жамият бошқарувида хотин-қизларнинг ролини мустаҳкамлаш масалаларида тажриба алмашиш учун ўзига хос мулоқот майдони яратилаётганига амин бўлдим.
#uzlidep #munosabat

#jarayon
#munosabat
Bugun "Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filialiga qarashli Cho‘pon ota suv inshootidan kelayotgan diametri 1000 mm lik katta bosimdagi markaziy suv quvurida favqulodda nosozlik yuzaga kelgan.
Avariyani bartaraf etish uchun texnika, xodimlar jalb qilingan.
Ushbu magistral suv quvuri o‘tgan asrning 80-yillarida qurilgan bo‘lib, bugungi kunda shahar aholisining katta qismiga suv yetkazib beradi.
Ayni paytda nosozlikni bartaraf etish maqsadida "Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filiali mutaxassislari tomonidan ishlar davom etmoqda.
Shaharning tarmoqdan uzilgan hududlarida grafik asosida maxsus texnikalar orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

#Munosabat!!!
⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasi 2-3 kundan buyon ichimlik suvisiz qolmoqda degan murojaat tarqaldi.
🛠💧Bu murojaat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri Amir Temur mahallasi raisi Anvar Husanov bergan ma’lumotiga ko‘ra keltirilgan hududda 2-3 kundan buyon emas, aslida 28 avgust soat 17:00 atrofida tarmoqda avriya holati sodir bo‘lganligi sababli ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilgan.
Hozirda Kattaqo‘rg‘on shahar filiali xodimlari tomonidan yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ichimlik suvi ta’minoti 29 avgust soat 18:00 ga qadar tiklanishini ma’lum qilamiz.
📌Shu o‘rinda, telegram kanal adminlari va ba’zi bir ijtimoiy tarmoq faollariga noto‘g‘ri va asossiz ma’lumot tarqatganligi uchun qonunchiligimizda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz
"Samarqand suv ta'minoti" AJ axborot xizmati

#uzlidep_21yoshda
Эзгу ғоя ва дастурлар ижроси келгуси фаолиятимизнинг асосидир
😎 ЎзЛиДеП ўз электорати вакиллари ҳисобига аъзолар сонини тобора кенгайтириб, умуммиллий сиёсий ташкилот сифатида бошқа соҳалар қатори турли тармоқ ва тизим вакилларини ўз сафларига янада кўпроқ бирлаштирмоқда.
😎 ЎзЛиДеПнинг вилоятдаги тузилмалари томонидан олиб борилган самарали фаолияти туфайли партиямизнинг бошланғич ташкилотлари сони ҳамда партия аъзолари сафи ҳам сезиларли равишда ошиб борди.
🔗 Батафсил
• Илҳом Ботиров
ЎзЛиДеП Самарқанд вилоят Кенгаши раиси