SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.7K photos
44.9K videos
435 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Ayni_paytda
#Najot_maktabda_najot_taʼlimda_najot_bilimda
#Taʼlim_tarbiya_bu_bizning_kelajagimiz_hayot_mamot_masalasi

"O'ZBEKISTON FIZIKLAR KENGASHI" a'zolari ishtirokida Samarqand viloyatidagi umumta'lim maktablari o‘quvchi va o'qituvchilari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi "Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi PQ-5032-son qarori qabul qilinib, ushbu qarorga muvofiq, "O‘zbekiston fiziklar kengashi" tashkil etilgan edi.

Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomli fizika va matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Qodir G‘ulomov, Muhsinjon Ashurov va viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Shodiyeva ishtirokida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_paytda
#Najot_maktabda_najot_taʼlimda_najot_bilimda
#Taʼlim_tarbiya_bu_bizning_kelajagimiz_hayot_mamot_masalasi

"O'ZBEKISTON FIZIKLAR KENGASHI" a'zolari ishtirokida Samarqand viloyatidagi umumta'lim maktablari o‘quvchi va o'qituvchilari bilan uchrashuvlar o'tkazilmoqda

Xabar berganimizdek, “O‘zbekiston fiziklar kengashi”ning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, o‘zbek xalqining atoqli shoiri va yozuvchisi, akademik Gʻafur Gʻulomning o‘g‘li, Yadro fizikasi sohasining taniqli olimi Qodir Gʻofurovich Gʻulomov, taniqli olim Muhsinjon Ashurov va viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Zebiniso Shodiyeva ishtirokida Samarqand shahri va Oqdaryo tumanidan taklif etilgan 100 nafardan ortiq fizika fani o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda.


https://t.iss.one/SamTvr
#Najot_maktabda_najot_taʼlimda_najot_bilimda
#Taʼlim_tarbiya_bu_bizning_kelajagimiz_hayot_mamot_masalasi

YОSHLARNING YANGI G‘OYA VA TASHABBUSLARI
YANGI IMKONIYATLARGA ZAMIN YARATADI

Bugun Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasida Respublika ishchi guruhi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o'rinbosari Voxobjon Rajapov ishtirokida barcha tuman, shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudirlari hamda videokonferensaloqa tarzida mudir o‘rinbosarlari, ma’naviy-axloqiy tarbiya sho’basi rahbarlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonasi” va umumta’lim maktablari direktorlari bilan seminar tashkil etildi.

Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:

Telegram | Facebook | Web-site