SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Press_tur

🔵 Bulung‘urda tibbiyot sohasida qanday o‘zgarishlar bor: navbatdagi press-tur ishtirokchilari jarayonlar bilan bevosita tanishdilar

Joriy yil 9 iyul kuni Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan navbatdagi press-tur o‘tkazildi. Media-tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar Agentligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga muvofiq, “Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://bulungur.uz/uz/node/2041

@Samtvr
#Press_tur

Imom ad-Dorimiy maqbara-majmuasi muqaddas ziyoratgohga aylanadi

Batafsil:👇
https://tayloq.uz/uz/node/1583

https://t.iss.one/SamTvr
#hozir
#press_tur

Payariq tumanida "Uchinchi renessans poydevori-maktabgacha ta'lim tashkilotlarining sharoit va imkoniyatlari" mavzusida ommaviy axborot vositalari jurnalist va blogerlar uchun press-tur bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda mehmonlar tadbirni Imom Buxoriy ziyoratgohidan boshlashdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur
#OAV
Jurnalist va blogerlar ishtirokida Qo'shrabot tumani "Qo'shrabot" "Boytop" mahallalarida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish maskanlari faoliyati bilan tanishish maqsadida press-tur

Batafsil videoda tomosha qiling!

https://t.iss.one/SamTvr
​​#Press_tur

Hurmatli jurnalist va blogerlar!

Sizni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 2022-yil 6-sentabr kuni soat 10:00 da “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti faoliyatiga bag‘ishlangan press-turgа taklif etamiz.

Press-tur davomida Sizni qiziqtirgan savollaringizga javob beriladi.

Manzil: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi ma'muriy binosi, Bo‘stonsaroy ko‘chasi 85-a.

Murojaat uchun telefon: (90) 603-08-85

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati
#Press_tur

Jurnalistlar Toyloqdagi sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishdi

OAV vakillari dastlab “BAXMAL TO‘QIMA” MCHJ da bo‘lishdi.
Ayni damda korxona sifatli baxmal matosini ishlab chiqarish bilan birga umumiy qiymati 12,1 mlrd. so‘mlik “Lasetti”, “Neksiya” va “Damas” avtomashinalari uchun 13,14,15 o‘lchamdagi diskalar ishlab chiqarmoqda. Korxona yiliga 240 ming dona disk ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2022 yilda 228,5 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023 yilda ushbu korxona tomonidan 297,1 mlrd. so‘mlik mahsulot ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 131 foizga ko‘p mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Batafsil o'qing:👇
https://tayloq.uz/uz/node/2422


https://t.iss.one/SamTvr
#hozir
#press_tur

Ayni paytda jurnalist va blogerlar uchun Payariq tumani hokimligi va viloyat SEO va JSB hamkorligida tumanda sanitariya holati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tmoqda.


https://t.iss.one/SamTvr
#press-tur

🦌Bugun, 2-avgust Xalqaro bug‘ularni himoya qilish kun

Shu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#press-tur

🦌Bugun, 2-avgust Xalqaro bug‘ularni himoya qilish kun

Shu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida press-tur tashkil etildi.

Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Press-tur

Qoʻshrabotda ilk marotaba quyonchilik ulfat qoʻyildi

Qoʻshrabot tumanida jurnalist va blogerlar ishtirokida tashkil etilgan press-tur "Qiyqim" mahallasidan boshlandi. "Qoʻshrabot noyob quyonlari" M.CH.J quyonchilik kooperatsiyasi yaqinda tashkil etilgan. Italiyaning nasilli xikol va xiplyus quyonlari olib kelingan. Yertoʻla usulida tashkil etilgan kompleksda goʻsht mahsulotini yetishtirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.

-Quyon boqishga qiziqaman,-deydi Ruslan Rahmonov. -Tumanda quyonchilik bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar boʻlmaganligi sababli, biz ushbu faoliyat yoʻnalishini tanladik.

Mahalladagi 9 ta xonadonlar bilan kelishilgan holda quyon boqilmoqda. Boqilgan quyonlar tirik vaznda M.CH.J tomonidan sotib olinadi.
Mahalladagi hokim yordamchisiga bildirilgan taklif asosida 33 million soʻm mablagʻ ajratilgan. Hozircha 3 nafar bosh ish oʻrin yaratilgan.

Shirinboy Mamadaliyev.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press-tur

"Qoʻshrabot lohmann parranda" ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yildi

Tadbirkor Sherzod Ahmedov tomonidan Germaniya texnalogiyalari asosida tumanning "Xonnazar" mahallasida 4 million dollarlik "Qoʻshqabot lohmann parranda" M.CH.J faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tashabbus "Naslli parrandachilikni rivojlantirish" loyihasi asosida tashkil etildi.
Hozirgi kunda 80 nafar ishchi xodim faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, shugʻullanish istagini bildirgan xonadonlarga 90 va 120 kunlik tovuqlar aholiga arzon narxda tarqatilib, ozuqa yetkazib berish va veterinariya xizmati ham koʻrsatmoqda.
Markaziy osiyoda eng yetakchi korxonalardan hisoblanadi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press-tur

Mahallada hunarmand xotin-qizlar qoʻllab-quvvatlanmoqda

Tumandagi "Namuna" mahallasini chinakam namunali hudud desak mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu mahallada 1814 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. Umuman olganda 100 nafardan ziyod ishbilarmon ayollar qoʻshimcha daromad olmoqda.
Biz mahallada Prezident qarori asosida tashkil etilgan "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazi" faoliyati bilan tanishdik.
Hunarmand Dilafruz Sayitova ustoz-shogird an'anasi asosida 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitib, bandligini ta'minlagan. Asosan mahalla ahliga xizmat koʻrsatmoqda.

Shirinboy Mamadaliyev.
#Press_tur
#Kattaqo‘rg‘on_tumani

O‘tkir Boxorov asalarichilik bilan shug‘ullanib, daromad topmoqda

Asalarichilik insonlar sog‘lig‘i uchun foydali mashg‘ulot bo‘lishi barobarida kam harajat va serdaromad tarmoq hisoblanadi. Shuning uchun ham uni yetti hazinaning biri deyishadi.

Mo‘llako‘rpa mahallasi Talmaron qishlog‘ida yashovchi O‘tkir Boxorov asalarichilik faoliyatini 2014 yilda 2 ta asalari oilasini boqish bilan boshlagan. Hozirda u haqiqiy asalari mutaxassisiga aylanib ulgurdi.

200 ta asalari oilasi parvarishlanishi hisobiga yiliga 2 tonna asal olinadi. Yig‘ilgan asallarga haridorlar ham naqd. Xonadon egasi asaldan daromad olish bilan birga ari oilasini ham ko‘paytirib aholiga sotadi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan
press-tur ishtirokchilar O‘tkir Boxorov hovlisida bo‘lar ekan, asalarilar haqida berayotgan ma’lumotlarini eshitib, uning asalarichilikning asl mutaxassisligiga guvoh bo‘lishingiz tabiiy.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press_tur
Uzumchilik — serdaromad soha!

Bog‘dorchilik, xususan, uzumchilik azaldan xalqimiz bandligini, farovonligini ta’minlashda serdaromad soha sifatida e’tirof etib kelingan. Mundiyon mahallasida ham uzum yetishtirishning hadisini olgan hamda shu orqali o‘z xonadonidan ham mo‘may daromad topayotgan usta-bog‘bonlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tumanning Mundiyon mahallasi Saroy qishlog‘ida yashovchi Pardavoy Ortiqov ham xuddi shunday fuqarolarimiz sirasiga kiradi. O‘z yashash xonadonining 4 sotix qismiga "Kelinbarmoq" va "Husayni" kabi uzum navlarini yetishtirmoqda. Natijada esa bir mavsumda o‘rtacha 30-35 million so‘mgacha daromad qiladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi  tomonidan tashkil etilgan press-turda Pardavoy Ortiqov hovlisida yetishtirilgan uzumchilik bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press_tur
#Kattaqo‘rg‘on_tumani

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH: OILAGA QO‘SHIMCHA DAROMAD

Parrandachilik - yetti xazinaning biri ekani hammaga ma’lum. Bugungi kunda u chindan ham xazinaga aylangan.

Kattaqo‘rg‘on tumani Tavaron mahallasida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulardan biri Shaxobiddin Zokirov oilasi. Mahalla hokim yordamchisining ko‘magi bilan mazkur oila a’zolarining xohish-istagiga ko‘ra 32 million kredit asosida 300 tuxum yo‘nalishidagi tovuq olib berildi.

Qolaversa, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida mazkur yo‘nalishda tumanda rejali ishlar boshlab yuborilgan.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press_tur
#hozir

Ayni paytda Oqdaryo tuman elektr tarmoqlari korxonasida jurnalist va blogerlar uchun press-tur bo‘lib o‘tmoqda.
Press-tur mobaynida jurnalist va blogerlar korxona faoliyati, elektr uskunalari va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati