SamTVR | MTRK
5.1K subscribers
95.6K photos
44.8K videos
434 files
57K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Yashilmakon
#Umummilliyloyiha

Daraxt ekish va parvarishlash orqali ekologik toza muhitni yaratish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ilgari surildi. Artrof-muhit tozaligiga e’tibor qaratish, yashil olamni saqlash va ko`paytirish, manzarali hamda mevali daraxtlar ekish dolzarb 40 kunligi e’lon qilindi.

Loyiha doirasida Samarqand viloyati transport boshqarmasi hamda Tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tomonidan Sattepo hududidagi tramvaylar so‘ngi bekatida ko‘kalamlashtirish ishlari olib borildi.
Bekat atrofini obodonlashtirish maqsadida mavjud ochiq maydonga 100 dan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Avtotransport sohasida faoliyat olib borayotgan barcha korxona va tashkilotlarda mevali va manzarali daraxt ekish ishlari davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati


https://t.iss.one/SamTvr