SamTVR | MTRK
6.12K subscribers
95.5K photos
44.8K videos
426 files
57K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (93) 236-89-89
Download Telegram
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Ayni paytda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov hamda mas'ul idoralar vakillari ishtirokida o'tkazilayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida tuman hokimining qishloq xo'jaligi bo'yicha o'rinbosari B.Yoqubov o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, aynan yoshlar uchun ajratiladigan yer maydonlari bo'yicha ma'lumot bermoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Qizg'in davom etayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy ma'rifiy ishlar boʻyicha o'rinbosari D.Mamatqulov tuman yoshlarini otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash borasida qilingan ishlar bo'yicha ma'lumot bermoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Uchrashuvda mahallalardan kelgan yoshlar ishtirok etishib, o'z g'oya va tashabbuslari, murojaat va takliflarini bayon etishmoqda.

Samimiy ruhda kechayotgan uchrashuvda turli murojaatlar yo‘llanmoqda. Har bir murojaat yozib olinib, atroflicha o'rganib chiqish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Uchrashuvda tuman mutasaddilari yoshlarning bandligini ta'minlash, ularga yaratilayotgan sharoitlar, og'ir toifadagi yoshlarga ko'maklashish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan o'z taqdimotlari bilan tanishtirishmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

Ochiq muloqot tarzida oʻtayotgan uchrashuvda qator yoshlarning muammolari joyida hal qilinmoqda.

Xususan, Yangiqishloq mahallasidan kelgan Samandar, IT sohasini rivojlantirish istagida ekanligini aytib, sohani chuqurroq o'rganish maqsadida chet davlatga borishni so'rab qilgan murojaati qo'llab-quvvatlandi.

Tumanning yana bir faol yoshlaridan Jahongirning novvoyxona ochish bo'yicha qilgan murojaatini yaxshilab o'rganib chiqish uchun mutasaddilarga ko'rsatma berildi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

💎 Turli hududlardan kelgan yoshlar o'zlarining murojaat va takliflari qo'llab-quvvatlanishidan umidda. Aytilayotgan murojaatlarning hech biri rahbarlar e'tiboridan chetda qolayotgani yo'q.

🏖 Bulung'urlik yoshlarning dastlabki murojaatlaridan biri tumanda tashkil qilingan "Yoshlar bog'i"ni sug'orish tizimini yo'lga qo'yishda amaliy yordam so'rashdi. Bu masalaga joyiga borib o'rganilgan holda kerakli yordam berilishi aytildi.

➡️ Tumanning Gulobod mahallasidan kelgan Guljahon Sulaymonova xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash borasida tikuv sexi ochish uchun kredit so'radi. Guljahonning faoliyati yaxshilab o'rganilgan holda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish uchun kredit ajratiladigan bo'ldi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Jarayon
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

📢 Mehrjon mahallasidagi bekat "Book cafe"ga aylanadigan bo'ldi

📔 Uchrashuvga Mehrjon mahallasidan kelgan Umida O'ralova mahalla hududidagi bo'sh turgan bekatni "Book cafe"ga aylantirish taklifini berdi. Bu esa rahbarlar tomonidan birdek ma'qullandi.

🌟 Amir Temur mahallasining faol yoshlaridan biri Elbek esa IT sohasiga qiziqadigan yoshlar bilan Toshkent shahridagi IT markazlariga sayohat uyushtirishda ko'mak so'radi. Bu masala ham joyida hal etilib, mas'ullarga ko'rsatma berildi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Rahbar_va_yoshlar
#DXX

🎥 Bugungi bo'lib o'tgan yoshlar bilan uchrashuv ancha qiziqarli va qizg'in ruhda o'tdi. Negaki bulung'urlik yoshlar ancha faollik qilishdi.

🟤Hatto ayni kunlarda xorijda ishlab turgan Dilshod Mirzayev ham o'z murojaati bilan ishtirok etdi.
U yaqin kunlarda xorijdan qaytishini, mahallasida boks to'garagi ochish istagida ekanligini bildirib, bu borada sport jihozlari olish uchun amaliy yordam so'radi.
Uning murojaati qabul qilinib, o'z yechimini topadigan bo'ldi.

💭 Uchrashuv davomida 10 nafardan ortiq yoshlarning muammosi joyida hal etildi, vaqt talab etiladigan murojaatlar bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.

🤝 Uchrashuv so'ngida faol tashabbus ko'rsatgan yoshlarga kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.

https://t.iss.one/SamTvr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rahbar_va_yoshlar

🔤🔤🔤🔤🔤🔤
  🔤🔤 
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

➡️ DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida yoshlar muammolarini o'rganish va ularga joyida yechim topish maqsadida viloyatimiz bo'ylab muntazam ravishda o'tkazilayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvining bu galgisi Kattaqo‘rg‘on tumanida boshlandi.

🔗 Ayni damda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov tuman yoshlarining muammo va takliflarini tinglamoqda.

📎Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari H.To'xtayev, viloyat prokurori M.Eshnazarov, mutasaddi tashkilot vakillari hamda o'z murojaat va takliflari bilan kelgan yoshlar ishtirok etishib, yechimtalab muammolarni o'rganishmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Rahbar_va_yoshlar

⭕️ Navbatdagi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida kattaqo‘rg‘onlik yoshlarni qiynayotgan muammolar, murojaat va takliflar o'rganilib, yechimlari bo'yicha mas'ul tashkilotlar hamda sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.

⭕️ Uchrashuv yakunida faol yoshlarga kitoblar jamlanmasi topshirildi

https://t.iss.one/SamTvr
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuv

➡️Rahbar_va yoshlar_uchrashuvi

🏛TATU Samarqand filialida "Ilm-fan, ishlab chiqarish va bitiruvchilar-2024" forumi doirasida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi.

🔰Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Samarqand viloyati hududiy shoʻbasi boshlig‘i Dilmurod Xo‘jamberdiyev, TATU Samarqand filiali direktori Zayniddin Karshiyev, “Mirankul Construction Materials” MCHJ rahbari Nuriddin Hamroqulov, IT-Park Samarqand hududiy filiali rahbari Sherzod Yusupov so‘zga chiqdi.

📌Ushbu tadbirda ishtirok etganlar bitiruvchi talabalarga ularning qaysi sohada ish olib borishi ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik islohotlar bilan tanishtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar berildi.

🌐TATU Samarqand filiali axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

⚡️Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabida viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Rahmatullayev, viloyat hokimining ta'lim masalalari bo'yicha maslahatchisi Saydahmad Usmonov viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonkulovlarning bitiruvchi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi" shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

💫 Uchrashuvda bitiruvchi o'quvchilarning xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari, kelajakdagi rejalari, orzu istaklari haqida suhbatlashildi. Davra suhbati davomida mehmonlar o'quvchilarning kelajakdagi faoliyatlarida ulkan omadlar tilab esdalik sifatida kitoblar jamlanmasini hadya etishdi.

https://t.iss.one/SamTvr