SamTVR | MTRK
6.08K subscribers
95.9K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
KADASTR SOHASI ILM-FAN VA AMALIYOT UYGʻUNLIGIDA RIVOJLANADI
#xalqaro_konferensiya

Xabar berganimizdek Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida joriy yilning 20-21 may kunlari “Davlat kadastrlari tizimini takomillashtirishda ilm-fan va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish hamda innovatsion rivojlanish vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Moʻgʻuliston, Belarus, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridagi hamda yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, “OʻzDavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti hamda Kadastr agentligi vakillari ishitirok etdi.

Dastlab anjumanning yalpi majlisida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi E.Isakov, “OʻzDaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti bosh direktori R.Toʻrayev va boshqalar tadbirning maqsad va mohiyati, undan kutilayotgan natijalar haqida soʻz yuritdi.

“ – Mamlakatimizda hamda xorijda davlat kadastrlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va tajriba almashish, bu boradagi ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish mazkur anjumanning bosh maqsadi hisobalanadi. Shuningdek, yer resurslari, davlat kadastrlari hamda geodeziya, kartografiya, geoinformatika boʻyicha faoliyat yuritayotgan olimlarni tarmoqlararo ilmiy tadqiqotlarga yoʻnaltirish, davlat kadastrlari sohasida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarni xalqaro miqyosdagi jamiyatlarga jalb etishni kengaytirish, xalqaro akademik almashinuvchi kuchaytirish, ilm-fan va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish koʻzda tutilgan. Mamlakatimiz va xorijlik olimlarning maʼruzalari aynan shu yoʻnalishlarni qamrab olgan” – deydi SamDAQI v.v.b. rektori E.Isakov.

Konferensiyaning shoʻba yigʻilishlarida kadastr sohasi boʻyicha kadrlar tayyorlashning muammo, yechim va istiqbollari, qishloq xoʻjaligida yerlarni kadastr baholashning zamonaviy uslublari, davlat shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimi geoportali imkoniyatlari kabi mavzularda maʼruzalar tinglandi. Ushbu yoʻnalishlarda Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Moʻgʻuliston tajribasi toʻgʻrisida ushbu davlatlar olim va mutaxassislarining fikrlari eshitildi.

“ – Yurtimizda kadastr sohasi ham bugun tubdan isloh qilinib, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalar boʻyicha yer va yer bilan bogʻliq munosabatlar xalqaro tajriba asosada tartibga solinmoqda", – deydi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti oʻqituvchisi L.Ibragimov. “ – Bu boradagi boshqaruv tizimi ham takomillashib, kadastrlar palatasi, davlat soliq qoʻmitasi huzurida davlat kadastr agentligi tashkil etildi. Boshqaruvi oʻzgarishi bilan birga endi faoliyatni ham zamon talablari darajasida yoʻlga qoʻyish zarur. Bunda ilm-fan va innovatsiyalardan amaliyotda samarali foydalanish zarurati yuzaga kelmoqda. Konferensiyada aynan shu kabi masalalarda amaliyotchilar bilan fikrlashib oldik”.

Anjuman davomida ishtirokchilariga institutda mazkur soha boʻyicha kadrlash tayyorlash, agentlik bilan hamkorlik haqida batafsil maʼlumot berildi.


SamDAQI Axborot xizmati
@samdaqi_uz
#Yangiliklar
#Xalqaro_konferensiya

📌 Xabar berganimizdek, joriy yilning 5-11-sentyabr kunlari  Samarqand va Buxoro shaharlarida “Yetakchi akademiklarning xalqaro sammiti” o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Mazkur nufuzli konferensiyaning ochilish marosimi 6-sentyabr kuni Buxoro davlat universitetida tashkil etilgan.

Bugun, Isroil davlatidan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya a'zolari Samarqand shahriga yetib keldi va O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti direktori hamda mas'ul xodimlar tomonidan tantanali kutib olindi.

🏛
Xalqaro ilmiy konferensiya bugundan O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida o'z ishini davom ettiradi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🔗
uzfi.uz | Telegram | FacebookInstagram
#Xalqaro_konferensiya

📌 Samarqand davlat universitetida 11-oktyabr sanasida taniqli ma’rifatparvar olim, jurnalist va tarjimon Sayid Rizo Alizoda tavalludining 135 yilligi munosabati bilan "Said Rizo Alizoda – muharrir, tarjimon olim va ma’rifatparvar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi...

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Халқаро_конференция

ЧОРВАЧИЛИК МАҲСУЛОТЛАРИНИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ВА СИФАТИНИ ЯХШИЛАШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ

Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетида “Чорвачилик маҳсулотларини ишлаб чиқариш ва сифатини яхшилашда инновацион технологиялардан фойдаланиш” мавзусида халқаро илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.

👉БАТАФСИЛ ШУ ЕРДА
—————————————
#Xalqaro_konferensiya

CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA SIFATINI YAXSHILASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sifatini yaxshilashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish” mavzusida
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

👉BATAFSIL SHU ERDA

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar
#xalqaro_konferensiya

⚜️TDIU Samarqand filialida dolzarb masalalarni qamrab olgan ilmiy-amaliy konferentsiyada 16 dan ortiq davlatlardan xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida “Markaziy Osiyoda barqaror mintaqaviy rivojlanish” mavzusidagi II-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyadan video lavha.⤵️


TDIU Samarqand filiali matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa o‘zbekona an’ana – non, tuz va gullar bilan kutib olishdi.

Rektor mehmonlarga Universitet kirish darvozasi, bosh bino oldida o‘rnatilgan birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, universitet hayoti va faoliyatiga qisqacha to‘xtaldi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan an’ana va qadriyatlar, milliy liboslar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr