#Issiqxona
#Nazorat
#Samarqandviloyati
#Oqdaryotumani
▶️ Bugungi kunda aholi orasida sitrus mevalar va ularning qayta ishlangan mahsulotlariga boʻlgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida mashhurligi jihatidan birinchi oʻrinda turadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
🍋 Mamlkatimizda asosan limon, kamroq maydonlarda mandarin va apelsin yetishtiriladi. Shu bilan birga, himoyalangan joylarda mandarin yetishtirish uchun ham keng imkoniyatlar mavjud, lekin ular ham kasallik va zararkunandalardan holi emas.
✅ Shunday ekan, joriy yilning 12-noyabr kuni viloyatimizning Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY hududidagi “Qirqfarxon” qishlogʻida yashovchi Z.A xonadonidagi issiq xonasida yetishtirilayotgan mandarin oʻsimliklari va pishib yetilgan mevalari karantin nazoratidan oʻtkazildi. Nazorat davomida oʻstirilayotgan oʻsimliklarda hamda mevalarida kasallik va zararkunandalar aniqlanmadi, lekin issiqxona egalariga sitrus mevalarni zararlaydigan oqqanot, soxta qalqandor, oʻrgimchakkana hasharotlariga, un-shudring, zang, qora mogʻor kasalliklariga qarshi va profilaktika chora-tadbirlari borasida tushunchalar va tavsiyalar berildi. Issiqxonadan qoʻshimcha daromad olish uchun rediska ekishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Agronom entomolog: Sh.Olimov
Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati