SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
95.6K photos
44.9K videos
435 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#Ayni_vaqtda
Viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov kunlik belgilangan ish rejasiga asosan ayni vaqtda Jomboy tumanidagi “Sarichashma” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahallabay yoshlar balansini shakllantirish” borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Mahallabay yoshlar balansini sifatli tashkil etish bo‘yicha tuman va mahalla mas’ullariga o‘zining tavsiyalarini bermoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda
Bolalarga bering dunyoni

Viloyat hokimining o‘rinbosari X.Ochilov Jomboy tumanidagi 24-son DMTTda bo'ldi.
Bolajonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi bilan tanishib, bolajonlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.
Mas’ullarga o‘zining tegishli tavsiyalarini berdi.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda_81-maktabda

Belarus davlatidan kelgan mehmonlar Samarqand shahridagi 81- umumta'lim maktabi faoliyati bilan tanishishmoqda.


https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda

Sportning futbol va mini-futbol turi bo'yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" tuman bosqichiga start berildi. Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati Jomboy tuman bo'limi boshlig'i N.Toshtemirov, tuman hokimi o‘rinbosari J.Radjabov va mutasaddilar ishtirok etmoqda. Tuman bosqichida Kattaqishloq, Qangli, Saroy va Shirinkent mahallalari stadionda kuch sinashmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxanasi hamda viloyatdagi barcha axborot-kutubxona markazlarida "INFOLIB Oʻzbekiston-2022" XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.
⭕️⭕️⭕️⭕️

#ayni_vaqtda

Avval xabar berganimizdek Pastdarg‘om tumani 23-sonli musiqa va san'at maktabida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedovning pastdarg‘omlik yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Uchrashuvda yoshlarning IT sohasini rivojlantirish, mahallada sport to‘garaklarini ko‘paytirish, zakovat intelektual o‘yinlari, kutubxonalar faoliyatini ko‘paytirish borasidagi taklif va mulohazalari tinglanib, ijobiy yechimi bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda!

Jomboy tumanida sovrin jamg’armasi 880 mln so’mlik "Yoshlar ishlari agentligi kubogi"ning sektor bosqichi o'tkazilmoqda! G'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar musobaqaning tuman bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Eslatib o'tamiz: Respublika ochiq turniri 4 ta yo'nalishda o'tkaziladi:

1️⃣ Havaskor ayollar — FIDE reytingi yo‘q va FIDE reytingi 1500 dan kam bo‘lganlar.
2️⃣ Havaskor erkaklar — FIDE reytingi yo‘q va FIDE reytingi 1600 dan kam bo‘lganlar.
3️⃣ Professional ayollar — FIDE reytingi 1500 dan yuqorilar.
4️⃣ Professional erkaklar — FIDE reytingi 1600 dan yuqorilar.

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda

⚡️ Ayni vaqtda Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov ta’lim yoki mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijda bo‘lib turgan bulung‘urlik yoshlar bilan telegram messenjeri orqali video-muloqot qilmoqda.

Suhbatlar davomida dunyoning turli davlatlarida bo‘lib turgan yoshlar o‘z savol va takliflari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimiga murojaat qilishmoqda. Ayrim holatlar yuzasidan huquqiy tushunchalar berilayotgan bo‘lsa, ayrim murojaatlar ro‘yxatga olinib, kelgusi vazifalar kelishib olinmoqda.

https://t.iss.one/SamTvr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ayni_vaqtda

Qoʻshrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi.

Ayni paytda tumandagi tashkilot, idora xodimlari, nuroniylar hamda bir guruh yoshlar ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi tonggi yurish marafoni bo‘lib o‘tmoqda...

#Yoshlaroyligi

https://t.iss.one/SamTvr
#Yoshlar_festivali
#Ayni_vaqtda

⚡️ "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan Yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi institutida kitobxonlik tadbirlari o'tkazilmoqda...

Tanlovda Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalarining talabalari ishtirok etmoqda...

Bu haqida batafsil ma'lumot beramiz...

#Yoshlaroyligi

https://t.iss.one/SamTvr
#Ayni_vaqtda

Ayni damda Samarqand viloyat Kattaqoʻrgʻon shahrida “Energetika xavfsizligi” oyligi doirasida seminar o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshligʻining o‘rinbosari Baxtiyor Asrorov va shahar hokimi Gavhar Alimova hamda shahar sektor rahbarlari ishtirok etmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash, aholini energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish, shuningdek, qish mavsumini xavfsiz va betalofat o‘tkazishga yo‘naltirilgan.

Bunday tadbirlar, kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqarorligini ta’minlash va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

https://t.iss.one/SamTvr