SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#kattaqo'rg'on_shahar

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 26 iyul kuni Kattaqoʻrgʻon shahar Nuroniylar Markazida mahalla yoshlar va kattalar oʻrtasida “Sportni sev sport bilan yasha!” shiori ostida sportning shashka turidan “Sektor rahbari” musobaqasi tashkil etib oʻtkazildi.

⚡️Ushbu musobaqada yoshlar oʻrtasida 1-oʻrinni Yakkabogʻ MFYdan Gʻulomjonov Muxammad, 2-oʻrinni Oq oltin MFYdan Shamsiddinov Shoxrux, 3-oʻrini Chordara MFYdan Qodirova Parizoda egalladi.

⚡️Kattalar oʻrtasida 1-oʻrin Zarifobod MFYdan Qarshiyev Azim, 2-oʻrin Doʻstlik MFYdan Jurayev Toir, 3-oʻrin esa Qoriravot MFYdan Murodov Nasirlarga nasib etdi

✔️Shahar Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi Axborot xizmati

https://t.iss.one/samarqandmahallavaoilaboshqar

#Kattaqo'rg'on_shahar
#Yoshlar_va_qonun
#Sektor_bosqichi

⚡️Bir necha yillardan buyon mamlakatimizda yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yoshlar va qonun” koʻrik-tanlovi tashkil qilinib kelinmoqda.

📌Ayni damda shahrimizdagi Axborot kutubxona markazi binosi zalida Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi, shahar xalq taʼlimi boʻlimi hamda shahar adliya bo'limi bilan hamkorligida “Yoshlar va qonun” huquqiy tanlovining 1-sektor bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda 14-18 yosh toifasida O'rikzor mahallasi yoshlar jamoasi🥇 va 18-30 yosh toifasida G'arb Machit mahallasi yoshlar jamoalari🥇g'oliblik qo'lga kiritishib keyingi bosqichga yo'llanma olishdi!

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Press_tur
#Kattaqo‘rg‘on_tumani

O‘tkir Boxorov asalarichilik bilan shug‘ullanib, daromad topmoqda

Asalarichilik insonlar sog‘lig‘i uchun foydali mashg‘ulot bo‘lishi barobarida kam harajat va serdaromad tarmoq hisoblanadi. Shuning uchun ham uni yetti hazinaning biri deyishadi.

Mo‘llako‘rpa mahallasi Talmaron qishlog‘ida yashovchi O‘tkir Boxorov asalarichilik faoliyatini 2014 yilda 2 ta asalari oilasini boqish bilan boshlagan. Hozirda u haqiqiy asalari mutaxassisiga aylanib ulgurdi.

200 ta asalari oilasi parvarishlanishi hisobiga yiliga 2 tonna asal olinadi. Yig‘ilgan asallarga haridorlar ham naqd. Xonadon egasi asaldan daromad olish bilan birga ari oilasini ham ko‘paytirib aholiga sotadi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan tashkil etilgan press-tur ishtirokchilar O‘tkir Boxorov hovlisida bo‘lar ekan, asalarilar haqida berayotgan ma’lumotlarini eshitib, uning asalarichilikning asl mutaxassisligiga guvoh bo‘lishingiz tabiiy.

https://t.iss.one/SamTvr
#Press_tur
#Kattaqo‘rg‘on_tumani

O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH: OILAGA QO‘SHIMCHA DAROMAD

Parrandachilik - yetti xazinaning biri ekani hammaga ma’lum. Bugungi kunda u chindan ham xazinaga aylangan.

Kattaqo‘rg‘on tumani Tavaron mahallasida ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ulardan biri Shaxobiddin Zokirov oilasi. Mahalla hokim yordamchisining ko‘magi bilan mazkur oila a’zolarining xohish-istagiga ko‘ra 32 million kredit asosida 300 tuxum yo‘nalishidagi tovuq olib berildi.

Qolaversa, oilalarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida mazkur yo‘nalishda tumanda rejali ishlar boshlab yuborilgan.

https://t.iss.one/SamTvr
#diqqat
#bugun
#jonli_efir
#kattaqo’rg’on_shahar

Bugun soat 20:00 da Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Kattaqo’rg’on shahar sektor rahbarlari va korxona tashkilotlar mas’ullari ishtirok etishadi.

Hurmatli Kattaqo’rg’on shaharliklar mavjud muammolar bo’yicha murojaatingiz bo`lsa 20:00 dan boshlab quyidagi
(66) 233-96-01
233-96-03
233-96-07
233-96-09
233-96-10
raqamlar orqali mas’ullarga savollaringizni yo’llashingiz mumkin.
#Kattaqo‘rg‘onda daraxtlarni sug‘orish tadbirlari o‘tkazilmoqda

Ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan tuman bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Daraxtlarni sug‘orish haftaligi" aksiyasi uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Hozirda, Samarqand shahri va shahar atrofidan o‘tuvchi yo‘l bo‘ylarida ekilgan daraxt va gulzorlarga, ichki va tashqi ko‘chalari, bog‘ va xiyobonlarda viloyat Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “yo‘l ko‘kalam” UK xodimlari bilan birgalikda daraxtlar sug‘orilmoqda.

Ayniqsa bu borada, Kattaqo‘rg‘on tumanida alohida jonbozlik ko‘rsatilib, tegishli korxona va tashkilotlar hamkorligida har bir mahallalar, korxona va tashkilotlarda hashar ko‘rinishida tashkil etib kelinmoqda.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr