SamTVR | MTRK
5.07K subscribers
95.8K photos
44.9K videos
436 files
57.1K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#TATU_SF

🔻O'zLiDep Samarqand shahar Kengashi tomonidan TATU Samarqand filialida "Deputat va talaba-yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

📌Tadbirda Samarqand shahar kengashi deputatlari B. Raxmonov va F.G'aybullayevlar filalimizning Yoshlar masalasi bo'yicha direktor maslahatchisi N.Isomov va Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i O.Rajabovlar ishtirok etdi.

⚡️Deputatlar "21 oktyabr-O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan tashkil eltilgan tadbirda tilimiz sofligini saqlash, uni ommaviyligini ta'minlash borasida so‘z yuritishdi.

Shuningdek, Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

⭕️Ushbu tadbirda talaba- yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.


🏛TATU Samarqand filiali matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #live #TATU_SF

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining "Kompyuter injiniringi" fakultetida 400 o'ringa mo'ljallangan yangi talabalar turar joyi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.

🎤 Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Rustam Karimjonov ochib berib, talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari zarurligini ta'kidlab o'tdi.

🎉 Shuningdek, TATU rektori Baxtiyor Maxkamov hamda Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig'i Aziz Nasimovlar so‘zga chiqib o‘z ezgu tilaklarini bildirishdi. Shundan so'ng rahbarlar bochligida tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

📌Tadbirlar doirasida mehmonlar hududga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

TATU Samarqand filialiga TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich boshchiligida “Rektor va talabalar uchrashuvi” ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.