SamTVR | MTRK
5.27K subscribers
97K photos
45.7K videos
444 files
58.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
#tungi_reyd

➡️QONUN BARCHA UCHUN BAROBARDIR

Tabiat resurslari vazirligi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tungi reyd tadbiri davomida tumanning “Yovi” mahallasida yashovchi fuqaro X.N tomonidan o‘ziga tegishli texnika vositasi yordamida mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosiga olib boruvchi yo‘l yoqasidagi tuman hokimligi zahira yer maydoni hisoblangan hududdan noqonuniy tarzda qum-shag‘al aralashmasini kovlab olib, yuk tashuvchi texnika vositalariga ortib berayotganligi aniqlandi.

Shu bois, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 01-qismi bilan BX miqdorining 10 barobari miqdoridan ma’muriy jarima qo‘llanilib, tabiatga yetkazilgan 806400 zarar hisoblandi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#tungi_reyd

⁉️♻️QONUNGA RIOYA ETMAGANLIGI UCHUN JARIMAGA TORTILDI

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan tungi reyd tadbiri olib borildi.

Tadbir davomida tumanning Kattaming mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosining muhofaza qismida shu mahallada yashovchi fuqaro N.Sh tomonidan o‘zboshimchalik bilan o‘ziga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida yovvoyi holda o‘suvchi buta (yulg‘un, jiyda)larni tomiri bilan qo‘porib tashlashi oqibatida, o‘simlik dunyosiga jiddiy ziyon yetkazayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha qonunbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BXM 10 barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga
qo‘shiling👇👇

🕊
Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
#tungi_reyd

⁉️♻️QONUN BARCHA UCHUN BAROBAR

Bulung‘ur tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari va IIB xodimlari hamkorligida tuman hududida tungi reyd tadbirlarini olib bordi.

Tadbir davomida Aniqlanishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro S.I yuklovchi texnika vositasi yordamida hududdan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosi muhofaza qismidan qonunga xilof tarzda qum-shag‘al aralashmasini qazib olib yuk tashuvchi texnika vositalariga yuklayotganligi aniqlandi.

Shu bois, ushbu huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi asosan, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida jarima belgilandi. Texnika vositasi esa, jarima maydonchasiga qo‘yish uchun YPX xodimlariga topshirildi.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#tungi_reyd

🚯Shu kunlarda Ishtixon tumani bo’ylab kundugi va tungi kuzatuv reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Kuzatuv reydlar davomida oʻtgan uch kunda 10dan otiq turli ekologik huquqbuzarliklar aniqlandi.

Kuni kecha oʻtkazilgan tungi reyd davomida Ishtixon tumanida yashovchi fuqaro S.R o’zining shaxsiy transport vositasida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarni to’kayotganligi aniqlanadi.

Shu bois huquqbuzarga MJtKning 91-moddasi prim1-qismi binoan 680.000 so’m miqdorida jarima qoʻllanildi.

Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#tungi_reyd

Samarqand viloyati prokuratura va viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 9-fevral kuni viloyatning Ishtixon, Oqdaryo, Payariq va Jomboy tumanlarida tengi reydlar o‘tkazilmoqda. Reyd tadbiri davomida Samarqand viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon, Qoradaryo, Oqdaryo daryosi o‘zanidan qiluvchi 4 nafar fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekskovatorlarda tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatdan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-prim1-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilib, transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonlariga joylashtirildi.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati


https://t.iss.one/SamTvr
#tungi_reyd

Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish inspeksiyasi davlat inspektorlari navbatdagi tungi kuzatuv reyd tadbirini amalga oshirdi.

Nazorat davomida Kattaming MFY da yashovchi fuqaro Sh.M o‘z boshqaruvida bo‘lgan  ekskavator yordamida mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanidan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olayotganligi aniqlandi.

Huquqbuzar fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning  70-moddasi prim1-  qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, BHMning 30 barobari miqdorida jarima belgilandi.

Hozirda holat yuzasidan tabiatga yetkazilgan zararni aniqlash maqsadida, qonunda belgilangan talab va normalarga muvofiq o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#tungi_reyd

Ayni paytda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand tumani elektr tarmoqlari korxonasining tezkor dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishib, mas‘ullarga aholiga tezkor sifatli xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish, ta‘mirlovchi guruhlarni va telefon aloqa liniyalari sonini ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar bermoqda.

————

В данный момент исполняющий обязанности хокима области Адиз Музафарович Бобоев инспектирует деятельность оперативной диспетчерской службы Самаркандского районного предприятия электросетей. В беседе с ответственными лицами акцент делается на повышение качества предоставляемых услуг, устранение возникающих проблем и быстрое реагирование на обращения населения. Также говорится об увеличении телефонных линий и ремонтных бригад...