Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.2K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
😎 Халқ депутатлари туман ва шаҳар Кенгашларидаги ЎзЛиДеПдан янги сайланган депутатлар фаолиятини ташкил этиш бўйича ўқув  - семинарлар ташкил этилмоқда

Қайд этилганидек, депутатлар аввало тадбиркорларни қўллаб-қувватлаши, учрашув ўтказаётганда жойларнинг котибияти ва маъмурияти билан маслаҳатлашган ҳолда муаммо ва масалаларни кўтариши лозим эканлиги, маҳалла паспортини яхшилаб ўрганиб, маҳалла еттилиги билан бирга иш олиб бориши кераклигини ва маҳаллалардаги муаммоларни ҳал қилишда фаол иштирок этиш, қонунларнинг ижро этилишини таъминлаш, айниқса, ёшларимиз ўртасида соғлом турмуш тарзини кенг тарғиб қилишга қаратилган партиявий лойиҳалар тўғрисида сўз юритилди.


🗣️ Шунингдек, йиғилишда мамлакатимиз ҳаётининг барча жабҳаларига тааллуқли долзарб мавзуларни кенг жамоатчилик эътиборига олиб чиқиш ва уларга ечим топишда яқиндан кўмакдош бўлаётган партиянинг бош нашри – “XXI аср” газетасини янада оммалаштириш масаласига алоҳида эътибор қаратилди.

#uzlidep #samarqand

https://t.iss.one/SamTvr
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul
#Samarqand

Bugun "Samarqand suv ta’minoti" AJ direktori Tolibjon Boboyev ishtirokida Tayloq tumani Xalq qabulxonasida "Sayyor qabul" bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, yangi tarmoqlar tortish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga doir murojaatlar kelib tushdi.
Ayrim murojaatlar tezkorlik bilan o‘z ijobiy yechimini topgan bo‘lsa, muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlarini olib borib, murojaatchiga yakuniy xulosa berish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

@SamTvr
👏4👍1👌1
#yoshlar_ittifoqi
#Turkiya #Grantlar #Samarqand

Ayni damda "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyaning eng nufuzli universitetlariga barcha yoʻnalishlar boʻyicha stipendiyalar yutib olish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtmoqda

🎓
 Turkiya davlat stipendiyalari: Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Pastdagi havola orqali toʻliq maʼlumotga ega boʻling!

➡️Batafsil

@SamTvr
🤣1
⚖️Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni⚖️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 3-qismiga binoan, ko‘ra, davlat va jamiyat bolalar va yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakat va xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga g‘amxo‘rlik qiladi.

Bugun, 19-fevral kuni Samarqand shahridagi 4-maktabda Samarqand viloyati sudining sudyalari ishtirokida “Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. mavzu yuzasidan sudyalar Sh. Ramazonov va F. Anarovlar o‘quvchilarga sud tizimi, sud jarayonlari va inson huquqlarini himoya qilishga oid muhim ma’lumotlarni tushuntirib berishdi.

Dars davomida, yoshlar bilan qizg‘in savol-javoblar o‘tkazilib, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

#InsonHuquqlari #SudTizimi #Samarqand #Vatanparvarlik #Huquq #Islohotlar


Telegram | Facebook | Youtube
#ishchi_guruh
#Samarqand_viloyati

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Samarqand viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, viloyatning Jomboy, Ishtihon, Narpay va Oqdaryo kabi olis hududlarda joylashgan tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Samarqand shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori oʻrinbosari Sevara Shakirova ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matonatli_yoʻl_35
#Samarqand_tumani

"Qiyinchilik boʻlsa ortga chekinmay oldinga harakat qilish kerak. Shunda yutuqqa erishasiz"

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan oʻz hayot yoʻli bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib oʻtayotgan yurtdoshlarimiz haqida “Matonatli yoʻl” loyihasini sizlarga taqdim etadi.

Loyihamizning navbatdagi qahramoni Samarqand tumanidagi “Andijoni” mahallasida istiqomat qiluvchi, tuman "Koʻzi ojizlar jamiyati" raisi Jumayev Manuchehr va turmush oʻrtogʻi Azizova Shahlo haqida.

You Tube orqali toʻliq va sifatli tomosha qilishingiz mumkin 👉

https://youtu.be/gzOPdJlQjl4?si=Iq3yZbqgOv1GBwyU

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛑 JARAYON
#SAMARQAND_SHAHRI
#OBODLIK_HASHAR

Xalqimizda “Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil”, degan naql bor.

🎗Ayni maqsadlar mushtarakligida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin G‘apparov tashabbusi bilan "Oqsaroy" mahallasi hududdagi "Shahid mozor" qabristonida yoshlar yetakchilari, mazkur manzil fuqarolari va ko‘ngillilar ishtirokida hashar tashkil etildi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navruz_2025
#Samarqand_shahri

"Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin -Navro‘z!"


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Президент Шавкат Мирзиёев Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди, бу ерда олиб борилаётган бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди. Имом Мотуридий мажмуасини қайта таъмирлаш лойиҳаси тақдимот қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухари и ознакомился с проводимой здесь созидательной работой. Был представлен проект реставрации комплекса Имама Мотуриди.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#YUNESKO
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Qozog‘iston_Respublikasi

💎 YUNESKOning Qozog’iston Respublikasi Karaganda viloyati mintaqaviy filialiga aʼzo maktabdan tashqari taʼlim yo‘nalishi rahbarlaridan iborat jamoa Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati hamda o‘quvchilar uchun tashkil qilingan to'garaklar faoliyati hamda muassasadagi barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
        
@SamTvr
👍1