⚡️ "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali | Rasmiy kanali
6.84K subscribers
24.8K photos
3.57K videos
43 files
15.4K links
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filialining rasmiy telegram kanali.

👉 Murojaatlar uchun:
Call center: 1154, (55) 707-60-60
https://t.iss.one/E_mamasoliyev
Download Telegram
⚡️JAZIRAMA KUNLARDA HAM UZLUKSIZ ELEKTR TA’MINOTI YO‘LIDA

Yozning jazirama kunlarida ham elektr taʼminoti tizimini mustahkamlash ishlari izchil davom etmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali xodimlari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida rejali ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlar iste’molchilarning barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, ayniqsa, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida olib borilmoqda. Yangi tayanch ustunlar o‘rnatilib, transformator punktlarida joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Issiq havo sharoitida xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratilib, mutaxassislar barcha ishlarni texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bajarmoqda.

Bu kabi sa’y-harakatlar tufayli aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasidan uzluksiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

https://t.iss.one/SamHETK
1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

159-transformator punktida kuzatilgan nuqson sababli Samarqand shahar, Kaftarxona mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha xodimlari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.iss.one/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

"Osmon" fiderining elektr uzatish tarmog‘ida kuzatilgan nuqson sababli Jomboy tumanidagi Xitoypoyon mahallasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni damda tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.iss.one/SamHETK
#Gender_tenglik

⚡️FIDOYI ENERGETIK AYOL

Elektr tarmoqlari sohasi – ilg‘or texnologiyalar va kuchli intellekt maydoni. Bugun esa bu maydonda ayollar o‘z o‘rnini tobora kengaytirmoqda. Ularning bilim, mehnat va ijodkorligi energiya dunyosini yanada yorqin va barqaror qilmoqda. Har bir kabel ortida, har bir tarmoqqa ulangan signal ortida ayolning fidoyiligi va qat’iyati yotibdi. Elektr tarmoqlari – endi nafaqat texnika, balki ayolning kuchi va ishonchi ramzi.

Suratlarda: Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta'minoti "Ingichka" ustachilik bo‘limi muhandisi Barno Qorayevaning ish jarayonidan.

https://t.iss.one/SamHETK
👍43🔥1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 14:30 dan 16:00 oralig‘ida "Charxin" fiderining havo elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Pastdarg‘om tumanidagi Turkman, Madaniy yurish, Yangisanoat mahallalaridagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.iss.one/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun 14:30 dan 16:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Bulung‘ur” podstansiyasining VT-10-2 tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Bulung‘ur tumanidagi Istiqlol, Mehrjon, Guliston, Samarqand, Bulung‘ur mahallalarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

https://t.iss.one/SamHETK
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi
“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–117-son, 25.07.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

🔹 hududlarda islohotlar natijadorligini o‘rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;

🔹 davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas'uliyatini oshirish;

🔹ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

🏛 Farmon bilan, Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

🔸Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;

🔸 ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

🔸 qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

📅 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo‘shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.
1
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Bugun soat 15:00 dan 18:00 oralig‘ida 232-transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV elektr uzatish tarmog‘ida ish bajarilishi sababli Samarqand shahar, Sadaf (Gagarin ko‘chasi) mahallasidagi mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.iss.one/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

85-transformator punktida kuzatilgan nuqson sababli Samarqand shahar, Dari Zanjir mahallasidagi mazkur transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda soha xodimlari tomonidan ushbu nuqsonni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

https://t.iss.one/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida "Malika" fideriga ulangan 1103-transformator punktining 10 kV elektr uskunasida (RLND) ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand tumanidagi Qavchinon, Gulobod, Dashtiobod, Shirinobod mahallalarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

https://t.iss.one/SamHETK
⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

Ertaga, 29-iyul kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli “Namozgoh” podstansiyasining T-1 transformatorida aniqlangan kamchilikni (yog‘ oqishini) bartaraf etish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Samarqand shahridagi Qavola, Mo‘liyon-1,2,3, Qo‘shchinor, Xo‘ja Abdu Darun (Sadriddin Ayniy ko‘chasi) mahallalarida va mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan tadbirkorlik subyektlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi.


https://t.iss.one/SamHETK